X U L O S A
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyatimizni sho’rolar tuzumidan, Kommunistik mafkura yakkahokimligidan og’ir meros bo’lib qolgan siyosiy loqaydlik, iqtisodiy qaramlik, ma’naviy inqirozdan olib chiqish, islohotlarni amalga oshirishdek murakkab vazifalarni hal etishda yuksak natijalarga erishdi. O’zbekiston o’zining buyuk kelajagi yo’lida Respublikamiz Prezidenti ta’kidlab aytganidek, “barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat vazifani bajarishga kirishdi”.
Barcha zamonlarda ham jamiyatning eng faol o’ylaydigan iste’dodli, tashabbuskor qismi, ayni vaqtda, o’qish, o’rganish bilan bo’lib, mustaqil hayotga endigina qadam qo’yayotgan, bir dunyo orzular bilan yashayotgan yoshlar ijtimoiy himoyaga olindi. Davlatimiz rahbari aytganidek, “naslimizning kelajagi-sog’lom avlod uchun kurash boshladik. Sog’lom deganda biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni ham ko’zda tutganmiz. CHunki har taraflama sog’lom avlodga ega bo’lgan xalqni hech qachon yengib bo’lmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog’imiz shart”.
Ammo jismoniy va, ayniqsa, ma’naviy sog’lom avlodni voyaga yetkazish murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. SHuning uchun ham yangi avlodni tarbiyalash bizdan davlat ishi, davlat faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qoldi.
Bu sohada qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyat hayotida, uning qonunlari bilan mustahkamlangan ijtimoiy adolatni qaror toptirish yosh avlodda mustaqil davlatimizning buyuk kelajagiga ishonch uyg’otib, uni yangi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlarni hal etishga safarbar etishning asosiy yo’nalishlari belgilanib, ishga kirishildi.
Ijtimoiy adolat yuksak ma’naviyatning ham asosiy talablaridan biridir. Ijtimoiy fanlarda ayniqsa, falsafa fanida ijtimoiy adolat muammolari barcha zamonlarda ham ilg’or mutafakkirlarning e’tiborini tortib kelgan. Ushbu risolada shu muammolarni o’rganish va tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga keldik.
1. Jahon falsafiy tafakkuri tarixida insoniyat jamiyatni taraqqiy ettirishda umuminsoniy qadriyatlardan biri-ijtimoiy adolatning o’rganilishi falsafaning eng muhim vazifalaridan biridir. Fikrimizning isboti shuki, eng qadimgi davrlardan hozirga qadar barcha faylasuflar ijtimoiy adolatni qaror toptirish muammolariga katta e’tibor bilan qaraganlar. Istiqlolimiz munosabati bilan bu muammolarni hal etishning ahamiyati yanada kuchaydi.
2. Qadimgi davr SHarq va G’arb uyg’onish davrlari mutafakkirlari Arastu, Epikur, Abu Nasr Forobiy, Tomas Mor, Tomazo Komponella ijtimoiy adolat muammolarini mukammal va adolatli jamiyat haqidagi orzular sifatida tahlil etganlar. Sal keyinroq, Ibn Sino ham “Donishnoma” kitobining “Jon haqida” bo’limida bu muammoga e’tibor bergan. SHular asosida xulosa chiqarish mumkinki, insoniyat tarixida mutafakkirlar, ayniqsa, SHarq faylasuflari ijtimoiy adolat muammolarini yosh avlod tarbiyasi, insonning axloqiy kamoloti, komil inson muammolari bilan bog’laganlar.
3. Adolat muammolari diniy manbalarda ham asosiy o’rinni egallaydi. Islom diniy ta’limotida ijtimoiy adolat tamoyillariga doim amal qilish zarurligi uqtiriladi. Qur’oni Karimda ijtimoiy adolat tamoyillari jamiyatda barcha odamlarning tengligi tarzida ifodasini topgan. Qur’on oyatlarida “Olloh huzurida barcha odamlar tengdirlar, ular faqat taqvodorligi darajasi bilan farqlanadilar” deyiladi. Muhimi shundaki, islom diniy qadriyatlarida barcha odamlarda, ayniqsa, muhtojlarga mehr, shafqatli, muruvvatli bo’lish ijtimoiy adolat talabi hisoblanadi. Hadisi SHariflarda ham kimki boshqalarga rahm qilmasa, Olloh ham unga rahm qilmaydi. “Ming soatlik ibodatdan, bir soatlik adolat yaxshi” deyilgani, ijtimoiy adolatning naqadar bebaho qadriyat ekanligini ko’rsatadi.
4. Mustaqil vatanimizda yangi demoratik jamiyat qurishda, ayniqsa, ijtimoiy adolatni qaror toptirish muhim ahamiyatga ega ekanligini Respublikamiz Prezidenti deyarli barcha nutqlari va asarlarida ta’kidlab keldi. “Hozir biz demokratik, adolatparvar jamiyat, qudratli iqtisodiy salohiyatga ega bo’lgan davlat qurish uchun yashayotgan va mehnat qilayotgan bir davrda bozor munosabatlariga qanday ma’naviy-ruhiy asosda o’tayotganligimizga befarq qaray olmaymiz, adolatga intilish xalqimiz ruhiyatining muhim xususiyatidir, ijtimoiy adolatni qaror toptirish bizning muqaddas orzuimiz bizning strategiyamizdir” .
5. Jahon falsafiy tafakkurida ming yillar davomida ijtimoiy adolat muammolariga bag’ishlab yozilgan asarlarni tahlil etish shuni ko’rsatadiki, ba’zi faylasuflar ijtimoiy adolatni noz-ne’matlarni, jamoa va ayrim shaxslar o’rtasida mehnatga yarasha haq taqsimlashning real jarayonlar va hayotiy shart-sharoitlar deb tushunadi. Ba’zi faylasuflar esa, ijtimoiy adolatni jamiyatda odamlarning o’zaro munosabatlari va ayrim shaxslarning qilmishlarini adolatli yoki adolatsiz deb axloqiy baholash, ya’ni ma’naviy qadriyat deb tushunadilar.
SHuni ham e’tiborga olish zarurki, turli davrlarda turli ijtimoiy sharoitlarda ijtimoiy adolat muammolariga turlicha ma’no berganlar. Ammo ba’zi tafovutlar bo’lishiga qaramay, barcha xalqlarning adolat tushunchasini yaxshilik va yomonlik, iymon-e’tiqod, halollik, rahm-shafqat kabilar belgilaydi.
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, ijtimoiy adolatning, mukammallikka da’vo qilmagan holda, quyidagi ilmiy ta’rifni beramiz: “Ilmiy falsafiy ma’noda ijtimoiy adolat tamoyillari jamiyat rivojining muayyan tarixi sharoitida fuqarolarning mehnat faoliyati yana bunyodkorlik mehnati va intilishlari bilan jamiyat va davlatning turli guruhlari, jamoalari va ayrim shaxslarning ularga javoban harakatlarining muvofiq kelishi mezonidir.
6. YOshlarning ma’naviy axloqiy qiyofasini shakllantirishda mahallalardagi adolatli milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyati ham juda kattadir. Xalqimizning mahalla tuzilmasida mujassamlashgan o’zini-o’zi boshqarishning o’ziga xos an’analari yoshlarning tarbiyasiga ham samarali ta’sir ko’rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent:-“O’zbekiston”, 2012. 8-20 betlar.
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent: “O’zbekiston”, 1996. 1 tom. 184-204 betlar.
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari, /Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir/. Toshkent: “O’zbekiston”, 1996. 3 tom. 10-41 betlar.
Karimov I.A. Bunyodkorlik – farovon hayot asosi. “Bunyodkorlik yo’lidan”. Toshkent: “O’zbekiston”, 1996. 4 tom. 167-183 betlar.
Karimov I.A. Halollik va fidoiylik faoliyatimizning asosiy mezoni bo’lsin. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. Toshkent: “O’zbekiston”, 1996. 2 tom. 96-281 betlar.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. Toshkent: “O’zbekiston”, 1995. 14-30 betlar.
Karimov I.A. Ijobiy ishlarimizni oxirirga yetkazaylik. Toshkent: “O’zbekiston”, 1994. 10-15 betlar.
Karimov I.A. O’zbekiston Mustaqillikka erishish оstanоnasida. T.: “O’zbekiston”. 2012. 200 b.
9. Karimоv I. Mamlakatimizda dеmоkratik islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirish kоntsеptsiyasi. T.: O’zbеkistоn, 2010.- 25 B.
Al-Farabi. Sotsialno-eticheskie traktat. – Alma-Ata “Nauka”, 1973.
Antologiya mirovoy filosofii. – M., 1969. –T. 1. – S. 360.
Aristotel. Nikomoxova etika. –Spb, 1908. –S. 93.
Aristotel. Sobr. soch. v 4-x tomax. –M: Msl, 1983. T.4. – S. 379 – 411.
Geldieva A.CH. Natsionalnaya kultura i lichnost. Tashkent: “Uzbekistan”, 1993.
Gertsen A.I. Sobr.soch. v 30-ti t. –M, 1956. –T. 10.
Grinberg L.G. CHto takoe spravedlivost? –L., 1968.
Davidjovich Ye.V. Sotsialnaya spravedlivost: ideal i printsip deyatelnosti. –M: Politizdat, 1989.
Ibn Sina. Izbranne filosofskie proizvedeniya. –M. 1983.
Kadirov R. Video i prestupnost. Tashkent, “Uzbekistan”, 1992.
Renan. Sobr. soch.-Kiev, 1922.-T.3. –S148.
Saxarov A. Mir, progress, prava cheloveka: stati i vstupleniya. M. 1990. Sovetskiy pisatel.
Solaev E.YU. Nauka i sotsialnaya spravedlivost. Baku. 1987.
Saidov A.X. Osnov musulmanskogo prava. –Tashkent. 1994. Akademiya MVD.
Urazaev SH. E. Rol prava a demokratizatsii ob’shestva i yego suverenizatsii Tezis dokladov mejdunarodnoy konferentsii “Demokratiya i pravo”. Tashkent. 1995.
Filosofskiy entsiklopedicheskiy slovar M. 1983. S. 213. Sovetskaya entsiklopediya.
Yuridicheskiy entsiklopedicheskiy slovar. M. 1984. Sovetskaya entsiklopediya.
Sotsialnaya spravedlivost i puti realizatsii v sotsialnoy politike. Kniga 2. M. 1982. S. 129-130-149.
Pargin B.D. Sotsialno-psixologicheskiy klimat kollektiva. Puti i metod izucheniya. L. 1981.
O’zbekistoning milliy istiqlol mafkurasi. Toshkent. “O’zbekiston”. 1993. 85-86 betlar.
Farobiy A.N. Fozil shahar odamlari.-T. “Meros” nashriyoti.
Ablulla Avloniy, “Turkiy Guliston yohud axloq”, T, “SHarq” kontserni, 1993 sax. 109.
G’azzoliy Z.M. Kimiey saodat. “Kamalak”, T. 1995.
Qur’oni karim.sax. 136.
Rogovin V.Z. Raspredilitelne otnosheniya, kak faktor intensifikatsii proizvodstva. Sotsiologicheyakie issledovanie.-1982. N 2. S.7.
Urganch Avlat Universiteti Tarix fakulteti “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” yo`nalishining 143-guruxi talabasi Bakiyev Diyornning “Ma’naviy tahdid va ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash zarurati” mavzusidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |