Mavzu. Ma’naviy ideal va uning mohiyati. Reja kirish i-bоb. I. Bоb. Ma`naviy idealning islom dinidagi ta`limoti


II.Bоb. YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY ADOLATNING O’RNI



Download 169,5 Kb.
bet4/7
Sana20.06.2022
Hajmi169,5 Kb.
#685479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Бакиев Диёр Тайёр

II.Bоb. YOSHLAR DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY ADOLATNING O’RNI.
2.1. Yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirish omillari.
Mustaqil davlatimiz har doim muhtoj oilalarga faol yordam berib kelmoqda. Avvalo fuqarolarga o’zini-o’zi boshqarish organlari-mahallalar orqali ijtimoiy moddiy madad berish usuli yo’lga qo’yildi. SHuni ham aytish zarurki, nafaqalarning so’nggi ikki turi eng kam ish haqi miqdori bilan bevosita bog’liq bo’lib, miqdorning o’zgarishi nafaqalar ana shu turlari miqdorining o’z-o’zidan ko’payishiga olib keladi.
Oilaga madad berishning biz amalga oshirgan yangi yo’li o’zaro yordam va bir-biriga madad berish kabi milliy an’analarni to’laroq hisobga oladi va foydalanadi. Moddiy yordam ko’rsatish to’g’risida qaror qabul qilish demokratizmni va oshkoralikni ta’minlaydi1.
Ammo faqat davlatning ijtimoiy yordamiga ishonib harakatsiz turish yaramaydi. Hamma o’zi iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun o’zi urinishi va g’ayrat bilan mehnat qilishi zarur.
Davlat berganiga, ota-onalarning topganiga, ya’ni tayyorga o’rganib qolish yoshlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. YOshi o’ttizga yetsa ham, o’zi ishlab topmay, ota-onaga boqimanda bo’lgan yoshlar ham bor. Ammo ko’pchilik yoshlar boriga qanoat qilmaydi, ko’ngli ham to’lmaydi. Ota-bobolari kabi o’rta hol yashashga ham ko’nmaydi, ularning yaxshiroq yashagisi keladi. Bu tabiiy tilak, albatta. Ammo buning uchun ko’proq mehnat qilishi kerak. YAxshiki, mehnatsevar, tashabbuskor yoshlarga bizda hozir yangi iqtisodiy sharoitlar vujudga keldi, yangi imkoniyatlar ochildi. Ishbilarmonlik hozir rag’batlantirilmoqda. Ammo barcha yoshlar ham sharoitlardan qanday foydalanishni bilmaydi. Ba’zan yaxshi, o’ziga to’q oilalardagi bolalar peshona teri to’kib mehnat qilib topilgan boylik qadriga yetmaydilar.
Ayrim yoshlarning nazarida ularning otalari bekorga ter to’kib ishlashgan, ishlamasdan yengil yo’l bilan ham boyish mumkinligini ular bilmagan. Gohi yoshlar, ota-onalarimiz topib turibdiku, bizning nima g’amimiz bor deyishadi va ularning moddiy yordamiga o’rganib qolishadi.
Ba’zi ota-onalar boylik orttirish payida bo’lib, farzandlarini mehnatsevar qilib o’stirmaganlar, ular uchun hamma narsalarni muhayyo qilib qo’yganlar. Bolalari ishlayman desa, hali yoshsan, biz bormizku, deganlar. Bunday yoshlar, mabodo ota-onalaridan uzoqlashsa, guyoki yosh boladek nima qilarini, qanday kun kechirishni bilmay qoladilar. Ayrim oilalarda esa ota-onalar “Bolalarimiz pulga o’rganmasin, buziladi deb ularni mehnatdan qaytarishadi. YOshlarning tabiati shundayki, nimaga ruxsat berishmasa, nimani ta’qiqlashsa, shunga qiziqadilar...1”.
SHu ma’noda yoshlar muammosi haqida jiddiy kitob yozgan B.M. Levin va M.B. Levinlarning mulohazalari qiziqarlidir: «Hayotda shundayki, - deb yozadi ular-ko’pchilik yoshlar mustaqil yashay olmaydilar, mas’uliyatni his etmaydilar, o’z hayotlaridan ko’ngli to’lmaydi. Kattalar olamiga kirishga ular uchun yo’llarni to’sib quyishgan. Bu mumkin emas, tezlikni oshirma, o’ngga burilma, chapga burilma, baland ovoz chiqarma!-degan yo’l qoidalariga o’xshash ta’qiqlarni ko’paytirib yuborishgan. YOshlar esa, tezlikni, omadni, qiziq taassurotlarni yaxshi ko’radilar. Ulg’ayguncha uzoq kutishga, sabr toqatlari yetishmaydi. Ana shu sabrsizlik tufayli yoshlar hayotdagi tezlik o’rniga (hayotdan huzurlanish o’rniga) uning o’rnini bosuvchi «dorilar»ga – alkogolga, narkomaniyaga, g’ayriqonuniy, axloqsiz ishlarga beriladimi». SHunday bo’lmasligi uchun yoshlarga mehnat qilib topilgan boylikning, yaxshi mazmunli hayotning gashtini surishga o’rgatgan ma’qul.
Mana shu ijtimoiy muammolarni tahlil qilar ekanmiz, ikkita xatodan ehtiyot bo’lishimiz kerak. Biri, bu muammolar haqidagi haqiqatni yarmini yashirib, yarmini aytish, hadiksirash. Ikkinchisi, jamiyatda yoshlar o’rtasidagi illatlarni bo’rttirib, faqat bir yoqlama qora bo’yoqlarda tasvirlash. Ikkala xato ham haqiqatni aks ettirmaydi.
Bizningcha, eng muhimi, yoshlar bilan bog’liq salbiy hodisalarning, ba’zi yoshlarning ishi yurishmasligiga sabab bo’luvchi to’siqlarni o’rganishga va ularni bartaraf etish yo’llarini topishga intilish yaxshi samaralar beradi. Masalan, biz yomon ishlayotgan yoshlarni doimo qoralaymiz. Aslida mutaxassislarning takliflariga quloq solib, ular nima uchun yomon ishlayotganligi sabablarini aniqlaylik. CHunonchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish bo’yicha yaxshi mutaxassis P.N. Kerjentsev deydi: “Biz falonchi yomon xodim,-der ekanmiz buning ma’nosi shuki, uni o’z o’rniga qo’ymaganmiz. Balki u boshqa ishda o’zini ko’rsatar. U nima ishni yaxshi bajarishini va yoqtirib ishlashini bilib olish va uni o’sha ishga o’tkazish zarur1”.
Ijtimoiy adolatni qaror toptirish bilan bog’liq kadrlar siyosatining asosiy vazifalaridan biri ham mana shundadir. YOshlarning kasb orientatsiyasi, ya’ni turli kasblarga qiziqtirish, mehnatda o’sish zinalarini tashkil etish, kadrlarni tik va yotiq chiziq bo’yicha (vertikal va gorizontal) qayta o’rinlashtirish, ularning malakasini oshirish va qo’shimcha malaka hosil qilish uchun sharoit tug’dirish, har bir xodimning mustaqil ishlashiga yo’l berib, mas’uliyatli ishlarni topshirish zarur. Agar mana shu ishlar yo’lga qo’yilmasa, yoshlar va umuman, har qanday odam o’zligini topishi qiyin. SHular bo’lmasa ijtimoiy adolat ham bo’lmaydi.
Agar inson qobiliyatlarini rivoj toptirish uchun shart-sharoitlar vujudga keltirilmasa, faqat kun kechirish uchun ishlash, mardikor bozorida ishlab mehnat haqi olganday, odamni ma’nan ruhlantirmaydi. Bu holda inson o’z qadrini topmaganday, adolatsizlik ko’rganday his etadi o’zini. CHunki u o’zini ko’p ishlarga qobiliyatli sezadi ammo bu qobiliyatlarini to’la namoyon qilishga yo’l yo’qdek ko’rinadi.
Ijtimoiy adolat qaror topishi uchun yoshlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga yo’l ochib berish zarur.
YOshlarning qobiliyatlari faqat mehnatdagina emas, ularning turmushda, oilada, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishida ham namoyon bo’ladi. Mana shu sohalarda ham ularning qobiliyatlari ochilishiga zarur shart-sharoitlar yaratish kerak.
Tabiiyki, sport yoshlarning sevimli mashg’uloti, ular musobaqalarda qatnashadilar yoki tarafdorlik qiladilar. Masalan, biror korxonada yaxshi ishlayotgan ilg’or ishchiga, olimga, vrachga yoki o’qituvchiga, xizmat qilgan veteranga emas, balki faqat mahalliy futbol komandasining yosh hujumchisiga yangi kvartira berilsa, bu adolatsizlik bo’lib ko’rinadi. Qobiliyatli yoshlarni rag’batlantirish yaxshi, ammo bu ishda adolat qilinmasa astoydil ishlaydiganlar emas, yuzaki ishlaydiganlar rag’batlantiriladi, degan yanglish fikrlar tug’ilishi mumkin. YAna shunisi ham borki, aqliy mehnat devalvatsiyaga uchrab qadrsizlanib, olim, pedagog, avtobus haydovchisi yoki bankda ishlovchi farroshdan ko’ra bir necha barobar kam haq olishi ham adolatli emas1.
SHu sababli, davlatimiz shu ahvolni nazarda tutib vrachlar va o’qituvchilarning ish haqini oshirib, kommunal xizmatlarga to’lovlar sohasida bir qancha imtiyozlar ko’rsatildi.
Uy-joylarini tekin xususiylashtirishga imkoniyat berildi. Ziyolilar mehnatini qadrlab, Respublikamiz Prezidenti Oliy Majlisning IV sessiyasida bunday dedi: “Farzandlarimiz va yoshlarimizga nafaqat zamonaviy kompyuterlar va ta’limning texnik vositalari, balki birinchi navbatda ona zaminga va uning buyuk kelajagiga sodiq bo’lgan yuksak malakali pedogoglar, ustozlar kerak. Har birimiz o’qituvchilik kasbini, pedagogning og’ir mehnatini o’ta muhim va olijanob ish sifatida qadrlashimiz zarur.
Men hozirgi sharoitda, ayniqsa, qishloqdagi o’qituvchilarga, tibbiyot xodimlariga, madaniyat o’choqlari va ularning xodimlariga yordam berishingizni iltimos qilaman. Toki bu yordam xalq va jamiyat yordami, har bir mahalla tadbirkorlik tuzilmasi va mehnat jamoasi yordami bo’lsin”2.
Imtiyozlar masalasiga kelsak, bu narsa o’rinsiz bo’lsa, ko’pincha ijtimoiy adolatsizlikni keltirib chiqaradi. Sotsiolog va publitsist A. Vaksberg bu haqda shunday yozgan edi: “SHaxs erishgan izzat-hurmat, shaxsning iste’dodi mehnati bilan bog’liq bo’lmay, amal mansabga, falon guruh odami bo’lganligiga qarab beriladigan har qanday imtiyozlar inson qadrini, jamiyat obruyini tushiradi. Sport maydonida boshqalardan tezroq yuguradigan, aniqroq otadigan, chaqqonroq bo’lgan odamlarga, imtiyoz berilishi ham uyat, ham kulgilidir. Bu narsalar axloqiy ma’naviy mezonlari soxta qadriyatlar hisobiga buzilayotgani alomatidir”1.
YUqorida aytganimizdek, Respublikamiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy mustaqillikka erishganligi jamiyatimiz hayotiga ko’pgina ijobiy o’zgarishlarga olib keldi. Ammo har qanday ijobiy o’zgarishlar ham, agar xatoga yo’l quyilsa, yaxshi natija bermasligi mumkin.
Jamiyatimiz tuzumi, mafkurasi demokratiyalashgach, fuqarolar ancha erkin nafas olayotgan hozirgi yangi jamiyatimizda, jamoat tuzilmalari, o’zgarishga muvofiq yoshlar bilan ishlash mazmuni va shakllari ham o’zgarishi tabiiydir. Agar davlatimiz yangi sharoitlarda yoshlar hayotini adolat asosida tashkil etmasa, yoshlar o’zlarining norasmiy tashkilotlarini tuza boshlaydilarki, bu doimo ham yaxshilikka olib bormaydi.
To’g’ri, norasmiy tashkilotlarning vujudga kelishi jamiyatimiz demokratiyalashuvining alomati bo’lib, u har doim salbiy hodisa bo’lavermaydi. Ba’zi norasmiy tashkilotlar ijtimoiy foydali bo’lishi ham mumkin (masalan, yoshlarning qiziqishlariga qarab tuzilgan klublari, to’garaklar, ekologik
irlashmalar, sport guruhlari va hokazo). Ammo ba’zilari jamiyatga foydasiz, yoshlarni aynitadigan (papkalar, metallistlar, xippilar, rokkerlar va hokazolar) va jamiyatga qarshi ruhda (bezorilar yoki jinoyatchilik guruhlari, mafiyalar) bo’lishi mumkin.
Jamiyat hayotidagi demokratiyalashuv jarayonlaridan tashqari, ma’muriy buyruqbozlik, byurokratiya oqibatida tuziladigan norasmiy tashkilotlar ham borki, ular faol yoshlarning juda ko’pchiligini o’z saflariga jalb etishi mumkin.
Ammo mahalliy hokimiyatdagi ba’zi byurokratlar yoshlarning norasmiy tashkilotlari maqsadlari va talablarini o’rganib, ko’rib chiqib hal etish o’rniga, qoralansin, ta’qiqlansin, qabilida buyruqbozlik qiladilar. Hokimiyatning bunday vakillari yoshlar bilan bevosita muloqot qilish o’rniga ularni muxolif kuchlarga aylantiradilar2.
XX asrning 80-yillarida norasmiy, xalqona xavaskorlik jamiyatlari va tashkilotlarining ko’payib ketishi bir tomondan, davlat hokimiyati organlari, ikkinchi tomondan, faylasuflar, ruhshunoslar, sotsiologlar, pedagoglar tomonidan turlicha baholandi.
Bu yangi ijtimoiy hodisani tushunish qiyinligi sababli ular bir-biriga o’xshamaydigan turli guruhlarni bir nom bilan aytaverdilar. Masalan, tabiatni muhofaza qiluvchi “YAshillar” guruhini ham, ba’zi xalq harakatlari komitetlarini ham, o’smirlarning norozi guruhlarini ham, hatto axloqi buzuq guruhlarni ham norasmiy guruh deb atamoqdalar. YOshlar orasidagi turli ijtimoiy guruhlarning mazmuni, mohiyatini aniqlash, ularni ta’riflash metodologiyasi ham ishlab chiqilmagani uchun qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Aslida bu juda muhim va mas’uliyatli ishdir. Afsuski, norasmiy guruhlar haqida matbuot sahifalarida chiqib turgan ko’pchilik maqolalar metodologik jihatdan asossiz, bir yoqlamalik bilan ularni yalpi qoralovchi maqolalar bo’lib qildi. Bu maqolalarda inson huquqlarini hurmatlash madaniyati yetishmadi.
Fikrimizcha, buning sababi yangi, shiddatli ijtimoiy hodisalarni tahlil qiluvchi jamiyatshunoslik, sotsiologiya sohasidagi bilimlarning yetishmasligidandir. Olimlarimiz bu yangi ijtimoiy hodisalarining mohiyatini tushunishga intilish o’rniga marksizmning tayyor qoidasini dastak qilib oldilar. YA’ni ular “faylasuflar shu vaqtincha olamni turlicha izohlab keldilar. Ammo gap uni o’zigartirishdadir” degan mashhur formulani bayroq qilib olib, olamni tushuntirish mas’uliyatidan o’zini chetga oldilar.
Bizningcha, norasmiy guruhlarni jamiyatning muayyan ijtimoiy tabaqalari sifatida tatqiq etish yo’li samaralidir. Bu guruhlar yoshlarning yangicha ijtimoiy munosabatlarining murakkab shakllanish jarayonida qatnasha boshlashini ko’rsatadi. Bu jarayonda ba’zi yigitlar va qizlar boshi berk ko’chaga kirib qolsa, boshqalari ijtimoiy islohotlarning ilg’or saflariga qo’shilib, ko’pgina yutuqlarga erishishi mumkin1.
Ayni vaqtda, norasmiy guruhlar, uyushmalarga yoshlarning ortiqcha bino qo’yib, ishonishlari ham unchalik to’g’ri emas. Iqtisodiy tengsizlik, ijtimoiy o’zgarishlar sharoitida yoshlar jamiyatning eng himoyasiz guruhlari bo’lib qolganligi tufayli, jamiyatimiz ularga faol yordam ko’rsatish yo’llarini izlab topishi kerak. CHunki hozirgi vaqtda avval amal qilgan kollektivchilik qadriyatlari bilan birga har bir odamning individual qadrini topish zarur bo’lib qoldi. Ko’pchilik yoshlarning jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklari ishlab chiqarish sohasidan chetga surib chiqarilishi tufayli o’zlarini himoya qiluvchi o’z tashkilotlarini tuzishga majbur bo’ldilar.
Demak, yoshlarning norasmiy guruhlariga, kuch ishlatish yo’li bilan ta’sir qilishga urinish teskari natijalarga olib kelishi mumkin. Norasmiy guruhlarning a’zolari davlatdan yordam va g’amxo’rlik ko’rmaganlaridan keyin jamiyat bizga nohaqlik qilmoqda degan fikrga kelib, ular ham noto’g’ri usullarga o’tishi, alkogol va narkotiklarga berilib, yashirin va ba’zan jinoiy guruhlarga qo’shilib ketishi mumkin. Jamiyat, davlat buning oldini olishi kerak.
YAxshiki, O’zbekistonda qadimdan amal qiluvchi islomiy an’analar, milliy tarzi yoshlarni halol, mehnatsevar, hayo-andishali, iymon-e’tiqodli bo’lishga o’rgatadiki, bu qadriyatlarimiz mustaqillik sharoitida yangi, adolatli, demokratik jamiyat qurishda bizga juda qo’l keladi. YOsh avlodni ana shu milliy qadriyatlar ruhida yashashlarini, halol mehnatga intilishlarini rag’batlantirish uchun davlatimiz ijtimoiy adolatni qaror toptirishga jiddiy e’tibor berishi juda muhim ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Amir Temur kabi allomalarimiz, davlat va jamiyat rahbarlari bizni ijtimoiy adolatni sevishga, uni qadrlashga o’rgatgan. Ovrupa va rus olimlarining fikri ham shunga hamohangdir1.
Moddiy va ma’naviy hayot taraqqiyoti adolatga bog’liqligi bugun ko’pchilikka kunday ravshandir. Inson xalq, jamiyat burchlarini, mas’uliyatini yaxshi anglashi va ado etishi uchun unda adolat tuyg’usi rivojlangan bo’lishi kerak.
Ammo adolat tuyg’usi va tushunchasi nasliy emas, balki u tarbiya, hayot saboqlari jarayonida shakllanadi. Inson tarbiya jarayonida, ma’naviy madaniyatini oshirish jarayonida adolat tuyg’usi teranlashib boradi.
O’zbekistonda sodir bo’layotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jarayonlar yosh avlodning jamiyatdagi o’rni masalasiga yangicha yondashishni taqozo etadi. YAngilanish va taraqqiyot yo’liga qadam qo’ygan davlatimiz yoshlar tarbiyasi muammolariga yangicha qarashi zaruriyat bo’lib qoldi. Prezidentimiz aytganidek, davr xalqimiz dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida isloh qilishni qat’iy talab qilmoqda. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir. “SHunday ekan, milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi, amaliy tarbiyani yo’lga qo’yish jamiyatimizda sog’lom muhitni saqlash bilan barobar ekanini anglashimiz darkor”1.
Bu fikrga qo’shilmaslik mumkin emas, chunki inson shaxs sifatida shakllanishi uchun ta’lim va tarbiya berish jarayoni uning ma’naviy kamoloti bilan yosh avlodning ijtimoiy hayotida munosib o’rin egallashi, mustaqil hayot yo’lini tanlashi, hayotiy maqsadlarini aniqlashi uchun zarur bo’lgan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan chambarchas bog’liq bo’lishi zarur. YOshlarda munosib axloqiy sifatlarni shakllantirish vazifasi chindan ham umuminsoniy axloq talabi bo’lib qolmoqda.

Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish