Mavzu. Ma’naviy ideal va uning mohiyati. Reja kirish i-bоb. I. Bоb. Ma`naviy idealning islom dinidagi ta`limoti


Islоm dinida adоlat va ideal tushinchasi



Download 169,5 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2022
Hajmi169,5 Kb.
#685479
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Бакиев Диёр Тайёр

1.2. Islоm dinida adоlat va ideal tushinchasi

Adolat muammosi o’tmishdagi barcha dinlar, ayniqsa, islom dini vakillarini qiziqtirib kelgani tabiiydir. Negaki, adolat yuqorida aytganimizdek, iymon, insof masalasi bilan uzviy bog’liqdir. Islom dini jamiyatda adolat va tenglik zarurligini, odamlarni har qanday jabr, zulmdan, ozod qilish kerakligini anglab yetgan. Bir qulni ozod qilish savob ishlarning eng oliy martabalaridan hisoblangan. Og’ir gunoh qilgan odam ham qullarini ozod qilsa, gunohi kechirilishi Hadisi sharifda aytiladi. Qur’on oyatlarida: “Barcha odamlar Olloh oldida tengdir, ular faqat taqvodorligi (xudojo’yligi, fazilatlari) bilan farqlanadilar”, - deyilsa, Rasulliloh hadislarida esa “Kimki o’zgalarga rahm shafqat qilmasa, Olloh unga rahm qilmaydi”, “Sadaqa avval Xudo dargohiga borib, keyin faqirning qo’liga tegadi”, “Bir soatlik adolat bir yillik ibodatdan afzaldir” kabi hikmatlarning mavjudligi islom dinining adolat masalasiga katta e’tibor berilganini ko’rsatadi3.


Islomda o’g’rilik, tekinxo’rlik, yulg’ichlik, munofiqlik, yolg’on guvoh, zinokorlik, odam o’ldirishga og’ir gunoh sifatida qaralishi, vafo, sadoqat, mehr-shafqat, or-nomus, halollik, to’g’rilik, saxovat, sabr-qanoat, kechirimlilik go’zal fazilat sanalishini kim inkor qila oladi? Hech kim inkor qila olmaydi. CHunki bular umuminsoniy qadriyatlardir. SHunisi e’tiborga loyiqki, islomiy milliy qadriyatlar musulmonlar tug’ilgan kunidan boshlab ularga hamrohdir. CHaqaloqlarga o’g’il tug’ilsa – Odil, qiz tug’ilsa Adolat deb ism beradilar va kelgusida bu yigit-qizlar el-yurtga xizmatda bo’lsin, odamlarga adolatliligi, mardligi bilan tanilsin deb yaxshi niyat qiladilar.
Qur’oni karimning ko’pchilik suralarida adolat haqida ko’plab hikmatli so’zlar mavjudki, ularning chuqur mazmuni allomalarimiz tavsiflarida o’z aksini topgan. Qur’onning “YUnus” surasida shunday so’zlarni o’qiymiz: “SHubhasiz, Olloh insonlarga biror zulm adolatsizlik qilmas. Balki insonlar o’zlari bir-birlariga zulm qilurlar” (44 oyat) “Har bir millat uchun payg’ambar bo’lur. Bas qachonki, payg’ambarlari kelganida (o’sha millatlarga) zulm qilinmagan holda, ularning ishlari adolat bilan hukm qilinur”.
Adolat haqidagi bu ilohiy so’zlarning ahamiyati hech qachon yo’qolmaydi, ular barcha insonlar uchun ibrat namunalaridir. Prezidentimiz I.A. Karimov O’zbekiston Oliy Majlisining birinchi sessiyasida aytganidek: “Agar biz adolatli davlat, erkin jamiyat qurmoqchi bo’lsak, shuni esda tutishimiz kerakki, bu olijanob maqsadni amalga oshirish yo’llari ming yillik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lozim. Bu muqaddas maqsad yo’lida, kerak bo’lsa, jonimizni fido qilish zarur deganimizda aynan adolatli davlat va dinning ildizlari mushtarak ekanligini unutmaylik”1.
To’g’ri, adolat muammosini faqat axloqiy qadriyatlar doirasida har tomonlama tushuntirish qiyin. Modomiki, inson siyosatning ob’ekti va sub’ekti bo’lar ekan, biz faqat axloqiy tushunchalar bilan cheklanib qololmaymiz. Adolatning axloqiy tomonlari bilan davlat siyosati hamisha ham muvofiq kelavermaydi. Ba’zi siyosiy rahbarlar maqsadlariga erishish uchun adolat va axloq talablariga rioya etavermaydilar.
Donishmandlar aytishicha, siyosiy rahbarlar uch holda adolatga amal qilishlari mumkin: 1) milliy manfaatlar adolat talablariga mos kelsa; 2) siyosat sub’ekti (ya’ni siyosiy rahbar) tabiatan adolatli, odil bo’lsa va uni ruyobga chiqara olish quvvatiga ega bo’lsa; 3) agar manfaatlar va maqsadlarga erishish vositalari axloqiy poklik tamoyiliga muvofiq kelsa. SHunday hollardagina dono siyosatchilar adolatli yo’l bilan maqsadlariga erishishlari mumkin.
To’g’ri, hayotda doimo ayrim shaxslarning o’zaro munosabatlari adolatli bo’lavermaydi. Frantsuz faylasufi J. Labryuyer shu ma’noda aytadiki: “Or-nomus, oq ko’ngillik, vijdon-maqtovli xislatlardir, ammo ko’pincha, bu fazilatlar foyda bermaydi. SHunday ham bo’ladiki, halollik ishga xalaqit beradi”1. Albatta bu so’zlar donishmandning emas, siyosatchining so’zlaridir. Donishmandlar, ayniqsa, SHarq allomalari hech qachon bu fazilatlarni keraksiz deb hisoblamaydilar. Bunday fikrlarga, hatto zadogonlarga xos emas, balki faqat shaxsiy foydani o’ylovchi xos fikrlashdir. Burjua odami bilan ritsar-bahodirni taqqoslagan polyak olimasi bu haqda shunday deydi: «Mansabga ko’tarilish maqsadida saroyga yangi ishga kirgan odamdan adolatni, samimiyatni, birovlarga yordam va xayrixohlikni kutish qiyin». Bu achchiq haqiqat, afsuski, faqat shaxsiy foydani ko’zlaydigan ijtimoiy toifalarning qiyofasini ravshan ko’rsatadi.
To’g’ri, tarixda tinchlik va adolatga amal qilgan rahbarlar ham ko’p uchrab turadi. Hazrati Umar davrida islom davlati kuchayib Arabiston yarim orolining barcha taraflariga zafarli yurishlar borayotgan vaqtda Hijoz shimolidagi qadimiy davlat Nabotiya amiri ham islom diniga kiradi. U o’zini aslzoda hisoblagani, qullarni odam qatorida ko’rmagani uchun haj mavsumida bir qulni qattiq qamchilaydi. O’sha qul Hazrati Umar qoshiga kelib: “Dindoshim menga zulm qildi”, deb shikoyat qiladi. Hazrati Umar endi islom diniga kirgan Nabotiya amirini toptirib, adolat asosida jazoga hukm qiladi, ya’ni qulning qo’liga qamchi berib, amir-podshohni qamchilashni buyuradi. Bunday xo’rlikka chiday olmagan amirning jahli chiqarib: “Qul amirga qo’l ko’tarishga qanday jur’at qiladi?-deb so’raydi. Hazrati Umar aytadiki: «Islom dinida qul ham, podshoh ham tengdir. Sen amir ham, qulni o’zinga teng bilib, unga qo’l ko’tarmasliging kerak edi agar bu adolatga chidamasang, islom dinidan chiqasan»,- deydi. Amir “Jazoni ertaga qoldiring, iltimos, men bu kecha bo’lgan voqeani o’ylab ko’raman”,- deydi. Hazrati Umar amirga ruxsat beradi. Nabotiya amiri islom dinidan yuz o’giradi va musulmonlar davlatidan qochib, Vizantiya imperatori huzuriga boradi va boshpana so’raydi. Islom lashkarlari Vizantiyani etgan faht janglarda Nabotiya amiri o’lib ketadi. Hadislarda va tarix kitoblarida keltirilgan bu hikoya islom dinida adolatga qanday qat’iy amal qilinishining ajoyib namunasidir. SHuningdek, Umoviya xalifasi Umar ibn Abdulazizning adolatli ishlari haqida ham nodir hikoyatlar bor. Zayniddin G’azzoliy “Kimiyoi saodat”da keltirilishicha, xalifa Umar ibn Abdulaziz kechasi davlat ishini bajarayotganida davlat shamini, oilaga kelgan mehmon bilan suhbatlashayotganda shaxsiy shamini yoqar ekan. Movarounnahr davlatining asoschisi Xitoydan Bog’dodgacha bo’lgan yerlarda adolatli, farovon hayot qurishga intilgan buyuk bobokolonimiz Amir Temur ham shunday adolatparvar rahbar edi1. U xatoga yo’l qo’ygan, fuqoroga jabr-zulm qilganlarni jazolashda-farzandlarini ham ayamas edi. Faqat SHarqdagina emas, G’arb davlatlarida ham ko’p zamonlar adolat yuksak qadrlangan. XVIII asr davlat arbobi AQSH mustaqillik Deklaratsiyasini tuzgan mualliflardan biri Benjamen Franklin “Tarjimai hol”ida 13 fazilat haqida yozadi va “adolat” tuyg’usini birinchi o’ringa qo’yadi. “Rus tilining izohli lug’ati”ni tuzgan I.S. Ojegov adolat tushunchasini shunday ta’riflaydi: “Odamlarning xolisligi, ularning haqiqatga muvofiq harakat qilish qobiliyati”. Ammo bunday xolislik fazilati hammaga ham nasb etavermaydi va unga birdaniga erishib bo’lmaydi, bunga erishish uchun inson ma’rifatli bo’lishi zarur.
Italiya mutafakkiri L.B. Albertning axloqga doir asarlarida adolat, tinchliksevarlik, o’zini tiyish (bosiqlik), kamtarlik hayotda muvaffaqiyat qozonishning garovi deb biladi.
SHunisi muhimki, jamiyatning turli ijtimoiy demografik va milliy tabaqalari ongida adolat turlicha tasavvur qilinadi. Bu tabaqalardan birining manfaatlari boshqalarning manfaatlariga zid kelib qolganida turli adolatsizliklar kelib chiqadi. Vaqtli matbuot saxifalarida bunday adolatsizliklar ko’p tanqid qilinadi. Ammo, “aybdor” hisoblanganlar bu tanqidlarni adolatsiz deb o’ylaydilar. SHunday ekan barcha uchun umumiy adolat mezonlarini topish o’tmish tajribalarini ko’p o’qish va o’rganishni talab qiladi.



Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish