Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bu mavzu bo’yicha ko’pgina оlimlarimiz tadqiqоt ishlari оlib bоrganlar. Jumladan, X. M. Latipov, S.A. Jo’raev, S. Bozorov, S. CHoriev, M. Eshmatov, B. Saidov, A. Po’latovlar 1 tadqiqоt ishlari оlib bоrganlar.
Mavzuni yoritishdan asоsiy maqsad va vazifalar. Ijtimоiy adоlat tamоyillari va uning islоm dinida namоyon bo’lish хususiyatlarini o’rganish va uni tarkib tоptirishga yo’naltirilgan ilmiy-mеtоdik tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuning maqsadidan kеlib chiqqan хоlda quyidagi vazifalar bеlgilandi.
YOshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirish omillarini o’rganish va umumlashtirish.
Islоm dinida adоlat muammоsini o’rganish va tahlil etish.
Оilaviy munosabatlarni shakllantirishda ijtimoiy adolatning rolini ko’rsatib bеrish.
Ishning amaliy ahamiyati. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, Ijtimоiy adоlat tamоyillari va uning islоm dinida namоyon bo’lish хususiyatlari to’g’risida ko’plab ma’lumоtlarni оlish va sinf hamda darsdan tashqari jarayonlarda ularni turli tadbirlarda kоmil insоnni ma’naviyatini shakllantirishda va ma’rifatini rivоjlantirishda ular tasavvurini ma’naviy mеrоsimiz, milliy madaniyatimizga оid qarashlar bilan bоyitishda muhim ahamiyatga egadir.
Ishning tarkibi.
Bitiruv malakaviy ish “Kirish”, ikkita bоb, оltita paragrafni o’z ichiga оlgan uch bоb, “Хulоsa” hamda “Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yхati”dan ibоrat.
I.BОB. IJTIMOIY ADOLAT MUOMMOSI VA UNING MЕTОDОLОGIK ASОSLARI.
1.1 Ijtimоiy adоlat tushunchasining tahlili.
Falsafiy tafakkur tarixida ijtimoiy adolat tamoyillari tadqiqotchilarning eng ko’p e’tiborini tortadigan tushunchalardan biridir. SHunga qaramay bu sohada juda ko’p hal etilmagan masalalar bor. Jumladan falsafiy adabiyotlarda haligacha “Ijtimoiy adolat” tushunchasining barcha e’tirof etgan ta’rifi ishlab chiqilmagan. Barcha tadqiqotchilar, filosoflar, ham sotsiologlar ham, axloq va huquq olimlari ham ijtimoiy adolat muammolarini tadqiq etar ekanlar, bu qaysi fanga va ijtimoiy ongning qaysi shakliga aloqador tushuncha?-degan masalaga murojaat qiladilar. SHu bilan birga, deyarli hamma mutaxassislar ijtimoiy mo’’jiza bo’lgan ijtimoiy adolat axloqiy ma’naviy tushunchadir, ammo ayni vaqtda u faqat axloq sohasi bilangina cheklanmaydi, degan fikrdalar. Aristotel “Katta etika” asarining birinchi kitobida axloqning o’zi qaysi sohaga tegishli ekanligi haqidagi bahsga munosabat bildirib, “Menimcha axloq-siyosatning tarkibiy qismidir”. «CHunki inson muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo’lmay turib, munosib odam bo’lmay turib, ijtimoiy hayotda biror (yaxshi) ish qilish sira mumkin emas – degan edi»1.
Aristotel shu asarining yana bir o’rnida axloq fazilati ijtimoiy adolat tuyg’usi haqida ta’kidlaydiki: “Ijtimoiy adolat nimada ko’rinadi va u qaysi sohaga kiradi? Avvalo, adolatning o’zi nima? Adolat (tushunchasi) ikki xil (ma’noda) dir2. Birinchisi – qonunga muvofiqlik (ma’nosi): qonun talab qilgan narsa adolatlidir. (Aristotel bu yerda ilohiy qonunni nazarda tutadi, qadimda davlat qonunlari ilohiy ko’rsatmalar asosida tuzilardi-T.T). Qonun (har bir fuqarodan) mardona, oqilona, umuman, fozil odamlarga xos ish tutishni talab qiladi. SHu ma’noda adolat - barkamol (go’zal) fazilatdir”. Hozirgi zamon olimlari ham adolatni axloqiy ong unsuri ekanini ta’kidlash bilan birga, uni axloqiy, huquqiy va siyosiy ong tushunchasi ham degan fikrlarni aytadilar.
Bu o’rinda biz faqat adolat tushunchasiga o’zaro jiddiy farqlanuvchi ikki xil qarashni ko’rib chiqamiz. Demak, ba’zi olimlar “Ijtimoiy adolat” deganda tabiatda bor yoki jamiyatda ishlab chiqarilgan noz-ne’matlarining mehnatga muvofiq taqsimlanishi yoki ayribosh qilishni tushunadilar.
«Adolat deb boshqalarning mol va nomusini hurmat qilmakni aytilur,-deb yozadi XX asr o’zbek mutafakkiri Adbulla Avloniy Adolat yaxshi xulqlarning amal qilinishi, zulmning muqobili (zidi) dur. Adolatli va marhamatli kishilar o’ziga loyiq ko’rmagan ishni o’zgalarga ravo ko’rmas... Adolatni himoya qilgan kishilar hech bir kishiga jabru zulmni istamas. Aql va shariatga muvofiq ish qilur… Har bir millatning taraqqiy va tamoyili (yuksalishi), davlat va hukumatlarning uzoq yashamog’i adolatga bog’liqdir. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lib, tarix sahifalariga faqat ismlari qolganligi bilgulidir»1.
Har kim mehnatiga yarasha degan tamoyilga amal qilinadigan jamiyat adolatli jamiyatdir. Ko’p mehnat qilgan kambag’allashib, mehnat qilmay tekin boylik orttiradiganlar boyib boradigan jamiyatda esa adolatsizlik hukm suradi2.
Ijtimoiy adolat tushunchasi ilmiy nazariy jihatdan ob’ektivdir, ya’ni uni har kim o’zi xohishiga qarab o’zgartira olmaydi. SHuning uchun olimlar ijtimoiy adolatning ob’ektiv ma’nodagi ta’rifini berishga intiladilar. Falsafiy ma’noda ijtimoiy adolat-jamiyat rivojining muayyan tarixiy sharoitida fuqarolarning mehnat faoliyati, ya’ni bunyodkorligi va intilishlari bilan jamiyat va davlatning, turli guruhlari, jamoalari ayrim shaxslarning javoban harakatlarining muvofiq kelish mezonidir. Adolat ayrim shaxsning jamiyat farovonligini oshirishga qo’shadigan hissasi bilan uning jamiyatdan oladigan haqiqiy yoki jinoyat qilgan shaxslarga beriladigan jazoning muvofiqligi va mutonosibligidir. Ijtimoiy adolatning har bir davrdagi mavjud tizimi shaxsni, uning huquqlarini ijtimoiy zulmdan kafolatlashi, himoyalashi zarur.
Ba’zi olimlar ijtimoiy adolat deganda axloqiy qadriyatlarni, odamlarning o’zaro talablari va faoliyatlarini, qilmishlarini axloqiy jihatdan baholash mezonini ko’zda tutadilar1.
Ijtimoiy adolatni bunday tushunishda sub’ektivlik, jamoaviy ong va individual ong unsurlari ishga tushadi. Bunday ijtimoiy adolat jamiyat noz-ne’matlarining taqsimlash yoki ayriboshlashda ayrim odamlarning bahosiga ham asoslanishi nazarda tutiladi, ya’ni har bir shaxs ongida ijtimoiy adolat haqida o’zicha tasavvur bo’lishi ham mumkin.
Ijtimoiy adolat bu ikki ta’rif bilan cheklanib qolmaydi. Ikkala ta’rif ijtimoiy adolatning ikki jihati ob’ektiv talab va sub’ektiv sharoitni aks ettiradi. Ijtimoiy adolatning mana shu ikkala jihatini hisobga olish, hozirgi yoshlarning ongida adolat va adolatsizlik haqida to’g’ri tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
Muammoning yana bir muhim jihati shundaki, ijtimoiy adolat umuminsoniy ma’naviy qadriyat va ehtiyoj bo’lishi bilan birga, har bir davrda ijtimoiy hodisalarga baho berilganida, muayyan tarixiy davr xususiyatlarini ham nazarga olish kerak bo’ladi. CHunki ijtimoiy adolat muammosi qadimgi zamonlardan toki hozirgi kungacha barcha mutafakkirlarni qiziqtirib keladi.
YUnon mutafakkiri Aristotel adolat muammosini birinchilar qatorida va har tomonlama tadqiq qilgan. Bu sohada Aristotel kashf etgan axloqiy tamoyillar hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan2. Alloma o’zining “Nikomah etikasi” asarida adolatli huquqiy munosabatlar insonparvarlikka asoslanishi zarurligini uqtiradi.
Buyuk faylasuf aytgan ediki, odamlar o’rtasida qanchadan qancha qarzni undirish bo’yicha nizolar, yolg’on guvohlik berishda ayblovlar, boylarga xushomadgo’yliklar qilish mulkning umumiy emasligi oqibatidadir. Bunday sharoitda “xususiy mulk egalarining axloqiy buzuqliklari kelib chiqadi”. Bir qarashda Aristotelning bu fikrlari “kommunistik ruhda” bo’lib ko’rinadi. Ammo, xulosa chiqarishga shoshilmaylik. U iqtisodiy samaradorlikda jamoat mulkini ham eng yaxshi deb hisoblamagan. Biror mulk o’zinga tegishli ekanini anglash odamga qanchalik rohat bag’ishlaydi2. Aristotel bu ikki xil mulk shakllarini uyg’unlashtirish fikrini bildirdi. Bunday uyg’unlik maqsadga muvofiq variant ekanligini hozirgi islohotlarimiz ham ravshan ko’rsatmoqda. Bizda hozir xususiy mulk egalari bilan bir vaqtda turli shirkatlar, assotsiatsiyalar, jamoat mulkiga adolatli ravishda, tenglik asosida kollektiv egalik qiluvchilar ham ko’payib bormoqda. Aristotel adolatli davlat haqida fikr yuritar ekan, adolat mezoni bo’lib xizmat qiluvchi huquq (ya’ni adolatli qonun) siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi norma bo’lishi lozim, degan edi1.
Aristotel adolatni inson erkinligi muammosidan keltirib chiqarishi qiziqarlidir. Inson tabiat farzandi sifatida jamiyat qonunlari tomonidan qulga aylantirilishi yaxshi emas. Tabiatan barcha odamlar tengdirlar. Xojaning qul ustidan hukumronligi notabiiydir... va zo’ravonlikka asoslanganligi uchun adolatsizdir, -deb yozadi Aristotel. SHundan so’ng mutafakkir urushlar natijasida kelib chiqadigan qullikni ham qoralab «Urush tamoyilining o’zi ham adolatsizlikdir, chunki qullikka sazovor bo’lmagan odamning qul bo’lishga majbur qilishlik – adolatsizlikdir»1 - deydi.
Aristotel fikricha, adolat o’rnatish uchun adolatsizlik qilganlarni jazolash va tanbeh berish kerak, boshqacha aytganda, adolatsizlik qiluvchilar (zolimlar) va adolatsizlikni boshdan kechiruvchilar (mazlumlar) o’rtasida adolat hakam bo’lib turadi.
Garchi buyuk allomaning ba’zi fikrlari munozarali bo’lsa-da, tan olish kerakki, qadim yunon falsafasida va keyinchalik ham adolat kontseptsiyasini hech kim Aristotelchalik har tomonlama va mukammal ishlab chiqmagan. U o’zining uchta “Etika” kitobida (“Nikomax etikasi”, “Yevdim etikasi”, “Katta etika”) va “Polemika” (“Munozara”) asarida adolat muammosining turli qirralarini xilma - xil ko’rinishlarda tahlil qilgan. Aristotel fikricha, adolat “me’yorini saqlash” bilan hosil bo’ladigan (buni sharqona “insof” so’zi bilan ifodalash mumkin. CHunki sharq mutafakkirlarining asarlarida bu so’zlar, ko’pincha, “Insof, adolat ” deb birgalikda qo’llaniladi-T.T.). YA’ni Aristotel fikricha, nimaiki me’yorida bo’lsa, adolatlidir.
Aristotel adolatni qonuniylik va barchaga teng qarash (odillik) qo’shilishidan tug’iladigan fazilat degan tushunchani fanda birinchi marta ilgari surgan edi. SHu fikrdan kelib chiqib, u ajratuvchi va taqsimlovchi adolatni – siyosatga, teng qarovchi adolatni iqtisod va huquqga aloqador deb biladi.
SHunisi ahamiyatliki, Aristotel adolatni ikki adolatsizlik o’rtasidagi narsa deb biladi. YA’ni bir adolatsizlik qonunbuzarlik, ikkinchisi – teng huquqli odamlarga birday, teng deb qaramaslik. Bu ikkala adolatsizlikdan teng uzoqlikda joylashgan o’rtadagi hodisa bu-adolatdir. Boshqacha aytganda, bir-biriga qarshi ikki hissiyot (masalan, qo’rqoqlarcha yumshoqsupurgilik va botirlarcha qo’pollik) o’rtasidagi me’yor-fazilat bo’lgani kabi, adolat ham o’rtalikdagi “oltin me’yordir” (ruscha-zolotaya seredina)12.
Qadimgi yunon mutafakkiri Epikur asarlarida ezgulik va yovuzlik, go’zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik kabi ma’naviy axloqiy muammolar haqida so’z boradi. Jumladan, u adolatning ikki qirrasi haqida gapiradi: 1) adolat tabiiy asosga ega; 2) adolat huquqiy va axloqiy normalar-me’yorlar bilan mustahkamlangan insoniy munosabatlarni belgilaydi, nazorat qiladi3.
SHunisi e’tiborliki, barcha zamonlarda adolat, asosan, hayot noz-ne’matlarini taqsimlash bilan bog’liqdir. Bu g’oya shu qadar keng tarqalganki, xalq ijodi (fol’klor), an’analar, aqida, e’tiqodlar tarixi noz-ne’matlarni taqsimlashning u yoki bu usulda belgilashni adolat talabi bilan bog’laydi2.
Hatto, qadim yunon mifologiyasida adolat va haqiqat ma’budasi Femida noz-ne’matlarini (yoki to’g’rirog’i, gunoh va savoblarni) totib, salmog’ining og’irligini aniqlashda hammaga birday qarash uchun ko’zlarini ro’mol bilan bog’lab, to’sib olgan holda tasavvur qilinadi.
Demak, hamma zamonlarda xalq ongida barcha insonlarni ibtidoiy tenglashtirish tabiat (haq taolo) oldida barcha insonlarning tengligi tamoyilidan kelib chiqqan. SHu ma’noda, chindan ham barcha insonlar oziq-ovqat, kiyim kechak, dam olish, ko’ngil ochish ehtiyojlarida tengdir. Ammo, adolatning boshqa talabi (yoki qonuniga) ko’ra, kim ko’p mehnat qilsa, hayot ne’matlari ham o’sha odamga ko’proq berilishi kerak. Bu esa adolat talabidir. Islomiy qoidalarda odam har qancha boy badavlat bo’lsa, kamtarin yashashi va boyliklarini kambag’al muhtojlarga zakot, xayr sadaqa sifatida berishni farz qilib qo’yilgani, ham hayot ne’matlarining adolatli taqsimlanishi hisoblanadi.
Xuddi shu ma’noda adolat va ta’limotlarning ikkinchi bosqich xristianlik (masixiylik), islom va boshqa diniy e’tiqodlarda adolat talabi kelib chiqadi. O’rta asr sharq falsafiy merosida adolat tamoyillarini qaror toptirish borasida juda ajoyib fikrlarni uchratamiz. Bu davr sharq mutafakkirlari ijodida adolat – xuddi iymon, e’tiqod kabi markaziy muammolardan biri hisoblanadi. CHunki, SHarqning allomalari fikricha, boshqa barcha masalalar iymon, e’tiqod va adolat muammosining qanday hal etilishi bilan bog’liqdir. Afsuski, g’arb nazariyotchilari sharq falsafasining bu xususiyatini asossiz ravishda inkor qilib keldilar. Masalan, Ernest Rennanning yozishicha, SHarq falsafasi hozirgi ijtimoiy hayot sharoitlarini yaxshilashga va jamiyatning eng muhim ehtiyojlarini to’laroq qondirish masalalariga qiziqmaydi, Uning barcha SHarq mutafakkirlari shunday fikrlaydilar1. Afsuski, bunday qarash insoniyat madaniyat taraqqiyotining ovrupoparastlik nazariyalariga xos xususiyat bo’lib, SHarq falsafiy merosini yaxshi bilmaslik oqibatidir. XX asrdagi ko’pchilik G’arb olimlarini ta’kidlashicha, ovrupa falsafasi va madaniyati Messiya (Isoning yana bir marta yer yuziga osmondan tushib baxtli hayot qaror toptirishi) haqidagi va guyo SHarq falsafasining bu madaniy taraqqiyotga moslasha olmasligi haqidagi yanglish fikrlarga asoslanadi. Angliyalik U. Xaas, G’arbiy Germaniyalik L. Fon-Vize kabi faylasuflarning asarlarida shunday fikrlar uchraydi. «SHarq falsafasining chuqur mistik ruhi (g’oyibotning sirli bilimlariga asoslanishi) tufayli – deb yozadi Leopold fon Vize, - u insoniyatning ozod bo’lishiga yordam bera olmaydi. Bu ishni Osiyoga xos odam emas, balki Ovrupo va Amerikaga xos fazilatli odamgina amalga oshira oladi»1.
Aslida shundaymi? YO’q, albatta. SHarq faylasuflari inson ma’naviy kamoloti yo’llarini ko’rsatishda g’arbliklardan qolishmaydilar, Aksincha, ko’pchilik mumtoz G’arb faylasuflari R. Dekart, D. YUm, G. Gegel va boshqalar SHarq mutafakkirlari Forobiy, G’azzoliy, Ibn Arabiy, Ibn Tufayl, Ibn Rushid va boshqalarni o’zlariga ustoz deb biladilar.
Aflotun va Arastu (Aristotel) asarlarining sharhlovchisi Abu Nasr Forobiy (870-950) o’zining “Arogu ahli madinatul fozila” (Fozil odamlar shahri aholisining fikr-ra’ylari) asarida Tomas Mor va Tommazo Kompanelladan ko’p asrlar ilgari adolatli jamiyat haqidagi ta’limotni yaratgan edi. “Inson hayotining maqsadi oliy baxt-saodatga yetishmoqdir, -deb yozadi Forobiy shu asarida, buning uchun esa, inson baxt-saodat o’zi nimaligini bilishi, shuni maqsad qilib, shunga intilishi zarur. YAna shuni ham bilish zarurki, inson baxt-saodatga yetishishi uchun nimalar (qanday ishlar) qilishi kerak?”1 Abu Nosir Forobiy odamlar yalpi adolatli jamiyat qurish va unda baxtiyor yashashlari uchun bunday shahar-davlatning ideal hokimiyati qanday bo’lishini, qanday fazilatli odamlar bu hokimiyatni boshqarishga loyiq ekanini tushuntiradi. Forobiyning bizgacha yetib kelgan bebaho asarlarida adolatli jamiyat haqidagi turli-tuman qarashlarning dialektik mohiyati ochib beriladi. Allomaning “Fuqarolik siyosati” degan fundamental asarida adolat tushunchasining muayyanligi ta’kidladi.
Buyuk alloma jon haqida yozganida ham, bu tushunchani mavhum shaklsiz bo’shliq holida emas, balki, muayyan, aniq ravshan ma’naviy axloqiy asos-nafsi-nomus g’oyasi bilan to’ldiradi, nomus esa vijdon iymon so’ziga ma’nodoshdur, vijdon, iymon bor joyda esa adolatsizlikka o’rin yo’q2. Mutafakkir adolatning vazifasini jamiyatning turli toifalarini boshini qovushtirib, jamiyatga birlashtirishda va jamiyatning osoyishtaligini himoya qilishda, deb biladi. Uning fikricha, adolatning axloqiy negizi mehr shafqat, muhabbatdir. “Agar bir odam o’ziga tegishli noz-ne’matlardan olmasa-adolatsizlikdir, - deydi Forobiy - Ammo, buning aksi agar bir odamning noz-ne’matlarini olishi shaharga (jamiyatga) zarar keltirsa, bu ham adolatsizlikdir”1.
Forobiyning bu fikri Aflotunning quyidagi fikrlariga hamohangdir. Aflotun «Davlat» asarida adolatning axloqiy mezonlari haqida fikr yuritib, inson ilm-fanni egallashda og’ir, vazmin va sabr-bardoshli bo’lishi, ilmni va olimlarni, adolatni va odil odamlarni sevishi, o’z istak-xohishlarida badbinlik va xudbinlik qilmasligi, yeyish ichishda badnafs, ochko’z bo’lmasligi, tabiatan shahvatparastlikdan, dirham va dinorlardan va shu kabi (boylikka ruju quyish)dan hazar qilish kerak. Iymon, e’tiqodli inson yaxshi tarbiya ko’rgan, yaxshilik va adolatga buysunadigan, yovuzlik va adolatsizlikka oson berilmaydigan, g’oyat oqilona fikrlaydigan odam bo’lishi lozimligini uqtirdi24.
Do'stlaringiz bilan baham: |