Mehnat iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat munosabatlarini boshqarish
Mehnat insonning moddiy va nomoddiy boyliklar ishlab chiqarishdagi maqsadga muvofiq faoliyati bo’lib, har qanday hayotiy faoliyatining asosidir. Binobarin, mehnat mavjud tabiiy, moddiy, ma’naviy, shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar uchun kerakli mahsulotni yaratishda faqat insongagina xos foalyaitidir.
Ayni vaqtda mehnat - bu murakkab ijtimoiy psixologik jarayon bo’lib, u kishilarning yashashi uchun shart bo’lgan abadiy tabiiy zaruratdir.
Bozor munosabatlari sharoitida inson-mehnat sub’ekti o’z mehnat salohiyatini o’zini-o’zi band qilish asosida, ya’ni u o’z mahsulotini bozorda sotadigan mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi, ish beruvchi, mulk sub’ektiga tavsiya etadigan yollanma ishchi sifatida amalga oshirishi mumkin.
Mehnat munosabatlari mehnat bozorida vujudga keladi va rivojlanadi. Mehnat bozori bozor iqtisodiyoti tuzilmasining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Mehnat bozorida ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi va natijada ishchi kuchiga talab, taklif va ishchi kuchi narxi qaror topadi.
Mehnat bozorining aosiy sub’ektlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
- ishlab chiqarish omillari egalari va ularning manfaatlarini himoya qiluvchi muassasalar;
- yollanma xodimlar va ularning manfaatlarini aks ettiruvchi tashkilotlar;
- ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida vositachi sifatida davlat.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori bir qator ijobiy tavsiflarga ega bo’ladi, jumladan:
- bugungi kun talablariga javob bera oladigan ishchi kuchini takror yaratishda muhim o’rin tutadi;
- tarmoq va hududlar o’rtasida ishchi kuchining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’min etadi;
- ishchi kuchi safarbarligini faollashtiradi;
- mehnat unumdorligi o’sishini rag’batlantiradi.
Mehnat munosabatlari muammosi davlat islohotchiligida alohida o’rin tutadi. Mehnat sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
• sermahsul mehnat motivi va rag’batlarini kuchaytirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni yaratish;
• mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xodimlarning oylik maoshlarini tartibga solish tizimini yaratish;
• mehnat moddiy texnik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish bo’yicha davlat dasturlarini ishlab chiqarish;
mehnat qonunchiligini takomillashtirish;
• mehnat munosabatlariga oydinlik kiritish maqsadida davlat-ning kasaba uyushmalari bilan hamkorligini kuchaytirish;
• aholi bandligini oshirish bo’yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• demografik vaziyatni bashoratlash va mehnat salohiyatini shakllantirish.
Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi deyilganda, birinchi navbatda, mehnat faoliyatini tashkil qilish, mehnatga haq to’lash, mehnat sharoiti va mehnat unumdorligi muammolari, mehnatni tashkil etishning ijtimoiy omillari tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |