Aholining turmush darajasi
Millat, aholining farovonligi darajasini ifodalash uchun “turmush darajasi”, “xalq farovonligi”, “turmush sifati” kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi.
O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlarini qondirilish darajasini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo’llaniladi.
Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan u ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy - texnik taraqqiyot (ITT) darajasi, aholining madaniy - ma’rifiy saviyasi va tuzilmasi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’liq.
Turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, ularning qondirilganlik darajasi va jamiyatda bu ehtiyojlarning rivojlanishi va ularni qondirish uchun yaratilgan kompleks ijtimoiy- iqtisodiy kategoriyadir.
Inson taraqqiyoti - kishilarning jamiyat hayotida siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy madaniy jihatdan ishtirok etishida tanlash uchun imkoniyatlarni muttasil ravishda kengaytiruvchi jarayondir
Har bir inson hayotida bu kabi imkoniyatlarning ko’payishi, jamiyatning oliy maqsadiga aylanishi kerak.
Uzoq va sog’lom hayot kechirish, bilim olish va manbalardan foydalana olish imkoniyatlari munosib turmush darajasining uch asosiy shartini tashkil etadi, chunki bularsiz insonning ko’pgina boshqa narsalarga etishishiga imkon bo’lmaydi.
Aynan shu tufayli sog’liqni saqlash, ta’lim tizimlarining taraqqiyot darajasi va daromadlar miqdori kabi ko’rsatkichlar Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) ga eng muhim tarkibiy qismlar sifatida kiritiladi.
Jamiyat a’zolarining daromadlari darajasi shaxsning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini aniqlovchi, muhim farovonlik ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Biroq, bozor sharoitida daromadlarining notekis taqsimlanishi yuz beradi.
Davlat jamiyat hayotining ijtimoiy shart - sharoitlarini tartibga solish borasida o’z faoliyatini, ya’ni ijtimoiy siyosatni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish “aholini ijtimoiy himoyalash” tushunchasini joriy etishni qat’iy zarurat qilib qo’ydi.
Aholini ijtimoiy himoyalash - bu davlatning aholiga me’yoriy hayot sharoitlarini ta’min etuvchi to’g’ridan to’g’ri maqsadli kafolatlari tizimidir. Samarali ijtimoiy himoyalanganlik deyilganda, jamiyatning xar bir a’zosiga uning qobiliyatlarining rivojlantirish va undan foydalanish uchun zarur bo’lgan va uni yo’qotish hollarida ma’lum hayot darajasining minimal shart sharoitlarini kafolatlovchi iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
Ijtimoiy himoyani aniqlashtirishda uning tashkil etuvchilari quyidagilar bo’lib xisoblanadi:
-mehnatga qobiliyatlilar uchun ish joyi;
-mehnatga qobiliyatsiz aholi guruhlarini nafaqalar bilan ta’minlash;
-mehnat faoliyatidan daromad normal hayot darajasini ta’min etishi;
- uy joy, tibbiy va madaniyat xizmatlari bilan minimal teng imkonli tarzda ta’minlash;
-zamonaviy malakali ishchi kuchini shakllantirish uchun zarur bo’gan ta’lim olish.
Yuqoridagilarga mos tarzda davlat va uning boshqaruv tuzil-malarilari quyidagi vazifalarning hal etilishini kafolatlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |