Makroiqtisodiy muvozanatsizlik: bozor iqtisodiyotining siklli rivojlanishi
Bozor iqtisodiyotida siklli rivojlanish, ishsizlik, narxlarning inflyasion o’sishi bilan ifodalanuvchi iqtisodiy beqarorlik holatlari mavjud bo’ladi.
Iqtisodiy sikl, qoidaga muvofiq yuksalish, tushkunlik, turg’unlik va jonlanish fazalaridan iborat bo’lsada, biroq uning shiddatligi, davomiyligi u rivojlanayotgan aniq shart sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tavsiflash uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishini ifoda etuvchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishning ortda qolishi ishlab chiqarishning imkon darajasi bilan haqiqatdagi ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi farq sifatida baholanadi. Ishlab chiqarish hajmlarining o’zgarishi inflyasiya va ishsizlik darajalarining o’zgarishi bilan uzviy bog’liqdir.
Odatda, iqtisodiy sikllarning quyidagi ko’rinishlari farqlanadi:
- Kondrat’evning katta sikllari (48-55 yil);
- Katta sikllar (8-10 yil);
- Kitchinning kichik sikllari (2-3 yil);
- Mavsumiy (yarim yil) va hokazo.
Odatda barcha iqtisodiy ko’rsatkichlar quyidagi turlarga ajratiladi:
• Ilgarilovchi, ya’ni sikl fazasi kirib kelguncha o’zgaruvchi ko’r-satkichlar;
• Kechikuvchi yoki ortda qoluvchi, ya’ni sikl fazasidan so’ng o’zga-ruvchi ko’rsatkichlar;
• Mos tushuvchi ko’rsatkichlar, ya’ni o’zgarish sikl fazasiga mos tarzda yuzaga chiqadi;
• Prosiklik, ya’ni yuksalish fazasida o’suvchi, tushkunlik fazasida pasayuvchi ko’rsatkichlar (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, narxlar darajasi, pul aylanish tezligi);
• Kontrsiklik, ya’ni tushkunlikda o’suvchi, yuksalishda pasayuvchi ko’rsatkichlar (ishsizlik darajasi);
• Asiklik, sikl fazalariga (yuksalish, tushkunlik) bog’liq bo’lmagan ko’rsatkichlar (eksport hajmi).
Iqtisodiy sikllar:
- yangi texnik ishlanmalar va ilmiy ixtirolar;
- urushlar;
- aholi ko’chishi kabi omillar natijasida yuzaga chiqadi.
Ishsizlik siklik, friksion, tuzilmaviy shakllarda rivojlanadi. Friksion va tuzilmaviy ishsizlik bozor tizimining amal qilish nuqtai nazaridan ma’qul ko’rinish hisoblanadi.
Shuning uchun to’labandlik, hisoblashda friksion va tuzilmaviy ishsizlik hisobga olinuvchi ishsizlikning tabiiy darajasi bilan mos tushadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi odatda 5-6 % ni tashkil etadi.
To’labandlik sharoitida mumkin bo’lgan ishlab chiqarish hajmi, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini ifoda etadi. Siklik ishsizlikning rivojlanishi uning ishsizlikning tabiiy darajasidan ortiq bo’lishiga va o’z navbatida YaMM haqikiy hajmining YaMMning imkon darajasidan ortda qolishiga olib keladi. Uning o’lchamlari Ouken qonuni asosida hisoblanadi. Ouken qonuniga ko’ra ishsizlikning o’z tabiiy darajasidan 1 % yuqori bo’lishi, YaMMning o’z potensial hajmidan 2-2,5 % ortda qolishiga olib keladi.
Inflyasiya narxlar darajasining o’sishida namoyon bo’ladi. Inflyasiya darajasi, uning rivojlanish vaqti davrlari - inflyasion jarayonning asosiy tavsiflaridir.
Inflyasiya sabablarini aniqlay borib, ayrim iqtisodchilar uni birinchi navbatda ortiqcha talabning paydo bo’lishi bilan bog’lasalar, boshqa bir iqtisodchilar esa - mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi bilan bog’laydilar.
Odatda, iqtisodiyotda qisqa, o’rta va uzoq muddatli vaqt oraliqlari farqlanadi. Vaqt omili yordamida inflyasiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlik tahlil etilganda, qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyasiya o’rtasida teskari bog’liqlik, uzoq muddatli davrda esa to’g’ri bog’liqlik mavjudligi ko’zga tashlanadi. Inflyasiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil etishda Filips egri chizig’idan foydalaniladi.
I qtisodchilar inflyasiyaning ishlab chiqarishga ta’sirini turlicha baholaydilar. Talab inflyasiyasi tarafdorlari evida bo’ladigan inflyasiya iqtisodiyot o’sish su’ratlarining o’sishini yuzaga chiqaradi deb ta’kidlasalar, xarajatlar inflyasiyasi tarafdorlari, bunga teskari tarzda uning rivojlanishi ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi deb ta’kidlashadi. Biroq ikkala tomon ham giperinflyasiya iqtisodiyot va moliya tizimini barbod bo’lishiga imkon yaratishini tan oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |