Mavzu: makro iqtisodiyot


Byudjet kamomadi va davlat qarzi



Download 222,07 Kb.
bet3/12
Sana04.02.2022
Hajmi222,07 Kb.
#430187
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
REFERAT SOHA

Byudjet kamomadi va davlat qarzi
Har qanday zamonaviy davlatning iqtisodiy tuzilmasini o’rganish moliyaviy munosabatlar va ularni tartibga soluvchi institutlarning umumiyligini aks ettiruvchi moliyaviy tizim tahlilisiz mumkin emas. Moliyaviy mexanizm orqali davlat o’zining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalaridagi vazifalarini amalga oshirish uchun pul mablag’lari fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi.
Davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni davlat byudjeti egal-laydi.
Davlat byudjeti mamlakat hukumati tasarrufida bo’lgan markaz-lashtirilgan pul mablag’lari fondlarini ifoda etadi.
Byudjet mablag’lari:
- yalpi talabni oshirish maqsadida davlat xaridlari:
- transfert to’lovlari to’lash;
- ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish;
- ilmiy texnik tadqiqotlar o’tkazish;
- harbiy xarajatlarni moliyalashtirish;
- asosiy kapitalga investisiya qilish uchun sarflanadi.

Daromadlar va xarajatlar nisbatidan kelib chiqqan holda, byudjet profisit yoki defisitga ega bo’lishi mumkin. Odatda, tuzilmaviy va siklik byudjet kamomadi farqlanadi.


Byudjet kamomadi davlat xarajatlarining daromadlaridan ortiq bo’lishi okibatida vujudga keladi. Bu esa davlat qarzi - o’tgan yillar davomida to’planib qolgan byudjet kamomadlari umumiy summasining o’sishiga olib keladi. Davlat qarzlarining o’sishi natijasida iste’mol va jamg’armalar hajmi qisqaradi, foiz to’lovlari keskin o’sib boradi.
Davlat byudjeti kamomadini qoplash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- qo’shimcha pul chiqarish (pul emissiyasi);
- ichki qarzni oshirish (davlat qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish);
- tashqi qarzni ko’paytirish (xalqaro kredit).

Byudjet kamomadi real milliy mahsulotning o’sishi, soliq stavkalarining pasaytirilishi jarayonida qisqarib boradi.


Byudjet daromadlarining shakllanishida soliqlar alohida o’rin tutadi. Soliqlar- bu, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlatga majburiy to’lovlarini ifoda etadi. Soliqlar odatda, to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlar har qanday daromad manbaidan undiriluvchi soliqlar bo’lib hisoblanadi, masalan jismoniy shaxslarning daromad solig’i, foyda solig’i. bugungi kunda respublikamiz byudjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarning ulushi etarlicha kattadir. Egri soliqlar tovar yoki xizmat narxiga qo’shilib, uning yakuniy to’lovchisi iste’molchi bo’lib hisoblanadi. Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, oborot solig’i, aksiz solig’i, bojxona poshlinalari kiradi.
Davlatning soliqlar va byudjet borasidagi siyosati odatda, fiskal siyosat deb yuritiladi. Fiskal siyosatni amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad, inflyasiyani jilovlash, iqtisodiy tebranishlarni yumshatishdir.
Byudjet jarayoni davlat daromadlari va xarajatlarini tenglashtirish (muvozanatlash) ni taqozo etadi. Biroq, ayni paytda deyarli barcha mamlakatlarda davlat xarajatlarining sezilarli tarzda davlat daromadlaridan ortiq bo’lishi kuzatiladi. Bu esa byudjet kamomadining tez sur’atlarda o’sishiga olib keladi. Buning sabablarini davlat zimmasidagi vazifalarning ko’payib borishi, davlat boshqaruv xodimlari sonining o’sishi, harbiy xarajatlarning ortib borishi kabi omillar bilan izohlash mumkin.



Download 222,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish