Istalgan fizik kattalikning o'rtacha qiymatini hisoblash uchun zarrachaning holatini tavsiflovchi to'lqin funksiya va shu fizik kattalikka mos keluvchi operatorni to'g'ri tanlab olish kerak. O'lchanayotgan fizik kattaliklar bilan operatorlar o'rtasidagi bog'lanishni to'lqin funksiyasi orqali ifodalash uchun ansambldagi L kattalikning o'rtacha qiymatini hisoblash formulasidan foydalaniladi. Kvant mexanikasida to'lqin funksiyasi orqali ifodalangan ansambldagi L chiziqli va o'z-o'ziga qo'shma operatorga mos keluvchi kattalikning L o’rtacha qiymati ushbu formula orqali aniqlanadi.