Mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari Reja: Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari



Download 110,46 Kb.
bet1/7
Sana02.07.2022
Hajmi110,46 Kb.
#729517
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu (1)


Mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari
Reja:

  1. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari.

  2. Kredit mexanizmi va uning elementlari.

  3. Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.

Jamiyat taraqqiy etib evolutsion yo’l bilan asrlar davomida bugungi kundagi rivojlanish bosqichiga erishgan bo’lsa, bank-moliya sohasining rivojlanishida ibtidoiy jamoa davrida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, shuningdek ortiqcha iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi muhim turtki bo’lib xizmat qilgan. Bugungi kundagi jamiyatga xizmat qilayotgan iqtisodiyot asrlar davomida ishlov berilib, sayqallanib kelgan. Shunga qaramasdan iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslar bilan cheksiz ehtiyojlarni qondirish masalasi murakkabligini yo’qotmagan.Yer yuzida integratsiyalashuv va globallashuv jarayonining rivojlanishi bilan savdo aloqalari kengayib ishlab chiqaruvchilar qo’lida ortiqcha mablag’lar paydo bo’lgan. Ortiqcha mablag’lardan foydalanish va uning qiymatini saqlab qolish zarurati yuzaga kelgan. Dastlab Italiyada Jirobanklarning paydo bo’lishi pul ayriboshlash operatsiyalarning rivojlanishiga sabab bo’lgan bo’lsa, keng ma’noda bank-moliya sohasining rivojlanishiga asos bo’lgan. Shu tariqa iqtisodiyotga ssuda tushunchalari kirib kelgan. Ssuda tushunchasi kredit tushunchasidan oldin paydo bo’lgan bo’lib, ko’rinish jihatdan tovar va pul shaklida bo’lgan. Kredit tushunchasi paydo bo’lish tarixiga ko’ra ssuda tushunchasidan “o’sib” chiqqan bo’lib bozor iqtisodiyotiga xos tushunchadir. Jamiyatda tovar-pul munosabatlaridan keying vujudga kelgan muhim ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit pul kabi iqtisodiy kategoriya bo’lib, pul mablag’larining samarali ishlashiga, xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning ortiqcha vaqt va pul sarf qilmasdan qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirishda ayniqsa muhimdir. Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so’zi lotincha “creditium”- ssuda, qarz so’zidan paydo bo’lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni anglatishini qayd etishgan. Albatta kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan tomonlarning bir birlariga bo’lgan ishonchi muhim omil hisoblanadi. Bu yerda kreditor, kreditni berishda asosiy masala kredit oluvchiga nisbatan “ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va qarz oluvchi o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtayi nazardan qaraydigan bo’lsak, kreditorning ushbu munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya’ni kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir.
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishining asosida tovar ishlab chiqarish, chuqurroq ma’noda aytadigan bo’lsak, kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Kreditning mohiyatiga bir qator olimlar o’zlarining turli ta’riflarini berishgan. Jumladan, V. A Shegorsova: “Kredit - qaytarish va to’lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablag’i yoki moddiy buyum ko’rinishida berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir”1.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, bu borada olimlarning fikrlari har xil va turli yondashuv asosida yuzaga kelgan. Kreditning mohiyatini to’liqroq ochib berishda uning subyektiv va obyektiv mohiyatiga alohida e’tibor berish lozim. Kreditning sub’yektiv mohiyati bir - biriga bog’liq bo’lgan “kreditor” va qarz oluvchining munosabatlari namoyon bo’ladi.

Download 110,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish