Kreditning shakllari va turlari
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo'q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, aholi orasida kreditlarni berish va qaytarish bo’yicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog'liq bo'ladi. Kreditning asosiy turlari:
Bank krediti.
Davlat krediti.
Iste'mol krediti.
Tijorat krediti.
Lizing.
Xalqaro kredit.
Kredit mexanizmi va uning elementlari.
Mustaqillikka erishilgandan so'ng mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan iqtisodiysiyosat shakllanib, istiqbol yo'nalishlari belgilab olindi. Sobiq ittifoqning parchalanishi oqibatida O'zbekistonga o'ta markazlashgan, direktiv usul bilan boshqarilgan, mulkchilikning cheklangan turlariga asoslangan iqtisodiyot meros qilib qoldirilgan edi. Bu esa chuqur iqtisodiy inqirozga olib keldi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad ko'rsatkichlari pasayib ketdi.
Respublika Prezidenti va hukumati zudlik bilan qat'iy choralar ko'rish va eng avvalo yangicha iqtisodiy siyosat ishlab chiqildi. Uning negizigabozor iqtisodiyotiasos qilib olindi. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasidan, ayniqsa, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa qator Osiyo davlatlari namunalaridan to'g'ri foydalanilgan holda mumkin qadar tezroq,aholining hechbirtabaqasiga katta ziyon etkazmasdan bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakligi davlat siyosatining mazmunini tashkil qildi. Buning uchun har taraflama keng iqtisodiy islohotlar o'tkazish rejalashtirildi va respublikada bozor munosabatlariga o'tishning quyidagi nazariyasoslari va mezonlari aniqlandi:
iqtisodning mafkuradan xoli bo'lishi va uning siyosatdan ustuvorligi;
davlatning bosh islohotchi bo'lishi;
qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi;
xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish;
bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o'tib borish.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan rivojlanishning bu besh tamoyili amalda o'zining hayotiyligini to'la tasdiqladi. Amaliy ish jarayonida O'zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni o'tkazishni o'ziga xos yo'lini to'g'riligi va ta'sirchanligi tasdiqlandi. Bu tamoyillar jahon jamoatchiligi tomonidan ma'qullandi. Mazkur tamoyillarni amalga oshirib, respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, eng muhimi - bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma-bosqich ilgarilab borish ta'minlandi.
Bozor iqtisodiyotining qonunlari, talablari bir vaqtning o’zida ham tijorat banklariga ham xo’jalik yurituvchi subyektlarga ta’sirini o’tkazib, umuman yangi bir mexanizmni ishga tushirdi. Bank-moliya tizimi tubdan isloh qilinib tijorat banklari faoliyati erkinlashtirilar ekan, bank aktiv operatsiyalari asosini tashkil etuvchi kredit operatsiyalari foydasi va u tufayli yuzaga keladigan risklar banklar zimmasiga yuklandi. Shundan keyin yangi mexanizm joriy etilishi uchun talablar paydo bo’ldi.
1980-yillarga kelib rejali iqtisod davridagi kredit mexanizmi bir muncha ish bermay qoladi. 1990-yillarga kelib yangi mexanizm va ular bilan birgalikda kreditga layoqatlilik, garov, kafolat kabi yangi terminlar kirib kela boshlaydi. Tijorat banklari tomonidan kredit qo’yilmalarini yanada oshirishga ayrim muammolarning mavjudligi salbiy ta’sir qilgan. Banklardagi muddati o’tgan kreditlarning umumiy berilgan kreditlardagi ulushi ortib borgan. Shu tariqa kredit mexanizmi yangi elementlarga ehtiyoj seza boshlagan. Mulkchilik shakli o’zgarishi mamlakatimizda erkin sharoitda bozor qonun qoidalariga bo’ysunuvchi bozor iqtisodiyoti rivojlanish yo’li tanlanganidan keyin bank- moliya sohasida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Xususan rejali iqtisodiyot davridagi davlat banklari xususiylashtirishga berilib, raqobatbardoslilikni ta’minlash uchun bo’lib yuborildi. Markaziy bank tashkil qilinib barcha tijorat banklariga yangidan majburiyat va huquqlar belgilandi. Rejali iqtisodiyotdan farqli ravishda tijorat banklari reja asosida emas, balki tavakkalchilikni hisobga olgan holda o’zlari kredit berish huquqini qo’lga kiritdilar. Bozor iqtisodiyoti qonunlarini hisobga olgan holda kredit mexanizmi shakllanib, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi:
Do'stlaringiz bilan baham: |