Mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari Reja: Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari



Download 110,46 Kb.
bet5/7
Sana02.07.2022
Hajmi110,46 Kb.
#729517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu (1)

1-rasm. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit mexanizmi.67

67 S. Norqobilov, H. Ortiqov “Kredit mexanizmi va uning elementlari ““ Farg’ona “ nashriyoti 2012y. 24-bet.
Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos kredit mexanizmiga to’xtaladigan bo’lsak, uning akkumulatsiya mexanizmi sifatida bank resurslarining jalb qilinishi tushuniladi. Bozor iqtisodi sharoitida akkumulatsiya mexanizmi ikki elementdan tashkil topadi:

  1. Tijorat banklarining o’z mablag’lari;

  2. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari;

  1. depozit mablag’lar;

  2. nodepozit mablag’lar;

Bank resurslarining asosiy manbasini jalb qilingan mablag’lar egallab, ular bank resurslarining 80-90 foizini tashkil etadi. Jalb qilingan mablag’lar aktiv operasiyalarni, avvalo kredit operasiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo’lgan ehtiyojni qoplaydi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan foydalanish orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo’jaligining va aholining qo’shimcha aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi. Banklar mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo’lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turadi. Jalb qilingan mablag’lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag’lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me'yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyindagi normativlar: kapital etarliligi, bir kredit oluvchiga to’g’ri keladigan maksimal risk miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar.
Depozit siyosatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri tijorat banklari tomonidan muddatli va jamg’arma depozitga to’lanadigan foiz stavkalarining shakllantirish hisoblanadi. Bu albatta bankning kredit siyosati bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Tijorat banklari depozit siyosatiga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil Markaziy bankning majburiy zahira siyosati hisoblanadi. Majburiy zahira stavkasining o’zgarishi bank resurslari likvidligiga ham ta’sir o’tkazadi. Hozirgi kunda bu stavkalar respublikamiz bank amaliyotida muddatlarga qarab takomillashtirilgan:
1 yilgacha muddatda - 15%
1 yildan 3 yilgacha muddatda - 12%
3 yildan uzoq muddatga - 10,5%
Bu siyosatni ishlab chiqilishi ustidan bevosita Markaziy bank o’z nazoratini amalga oshiradi.
Jalb qilingan mablag’larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklarda maksadlarni amalga oshirish uchun pul mablag’larini qo’yilmalarga jalb qilish operasiyalari depozit operasiyalari deyiladi. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko’pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo’jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo’sh pul mablag’larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo’lib hisoblanadi. Bankning “Oltin qoidasi”ga ko’ra, bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bu qoidaga rioya qilib, banklar joriy hisobraqamlar bo’yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki mijozlar ularni hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Va’holanki, mijozlar, odatda, o’z mablag’larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul zahirasi omonatlarga nisbatan shakllanadi.
Bankning o’z mablag’lari deganda, ustav fondidan tashqari moliyaviy barqarorlikni, xo’jalik faoliyatini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan turli jamg’armalar, joriy va o’tgan yildagi faoliyat natijasidan olingan sof foydani tushunish kerak.
Bank kapitalining shakllanishi va uning har yili oshirib borilishi nafaqat akkumulatsiya mexanizmi, balki bankning boshqa operatsiyalari shuningdek nufuzi, banlararo raqobatbardoshligi, mijozlarning ishonchini qozonishi va inqirozlarga chidamli bo’lishi uchun xizmat qiladi. “Kapitalning yetraliligi” termini bankning ishonchliligini va riskni bajarish darajasini aniqlaydi. Bu yerda yetarlilik tamoyili kelib chiqadi: o’z kapitali hajmi risk bo’yicha hisoblangan aktivlar hajmiga mos kelishi kerak.
Bunda kapitalning riskka tortilgan aktivlar miqdoriga nisbatan bank kapitali sifatida olinadi. O’zbekiston respublikasi tijorat banklariga qo’yilgan kapital yetalilik darajasi Bazel qo’mitasi talablaridan biroz farq qilib, respublikamiz tijorat banklarining o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda belgilangan. Markaziy bankning 2000-yil 26-apreldagi 422-sonli nizomiga muvofiq bank umumiy kapitali yetarlilik darajasi minimal miqdori 10 foiz, asosiy kapital yetarlilik darajasi minimal miqdori 5 foizni tashkil qiladi. Bankning ustav kapitalidan tashqari qo’shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda kabi o’z mablag’lari jalb qilingan mablag’lar miqdorining va sifatining oshishiga bevosita ta’sir qiladi.
O’zbekistonda banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish va mustahkamlash borasida ko’rilgan chora tadbirlar natijasida tijorat banklarining umumiy kapitali 2010- yilda 4 trillion 100 milliard so’mga yetgan. Shu yili banklar kapitalining yetarlilik darajasi 23,4 foizni tashkil etgan va Bazel qo’mitasining banklar kapitalining yetarlilik darajasi minimal miqdoridan qariyb uch barobar ko’pdir.2 Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bankka jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Bu operatsiyalar yordamida tijorat banklari passivlarining qariyb 90 foizini tashkil qilib oladilar. Ularning asosiy qismini talab qilib olinguncha depozitalar tashkil qiladi. Qolgan qismi esa muddatli va jamg’arma depozitlariga tegishlidir.
Tijorat banklari resurs bazasi ya’ni o’z va jalb qilib olingan mablag’lari birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’ziga xos shakllangan kredit mexanizmining akkumulatsiya mexanizmi asosiy elementlari bo’lib hisoblanadi. Bu elementlarning har birining rivojlanishi va ko’payishi kelajakda rejalashtirilgan kreditning manbasi bo’lib xizmat qiladi. Tijorat banklari resurslar bazasini yanada to’liqroq aniqlashtirish maqsadida yuqorida rasmda keltirilgan. “Kreditlash mexanizmi” tushunchasining o’ziga alohida ta’rif beradigan bo’lsak, kreditlash shart-sharoitlarini belgilovchi elementlarning yig’indisi tushuniladi. U o’z mazmun jihatdan “Kredit mexanizmi” tushunchasiga qaraganda bir muncha “tor” ma’noni anglatadi. Shu bilan birga, kredit mexanizmining tarkibiga kiradi va bu fikr ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan ham tan olingan.“Kredit mexanizmi” va “Kreditlash mexanizmi” tushunchalarining chegarasi R. G. Olxovada fikrlarida ko’rinadi. Uning fikricha kreditlash mexanizmi kredit mexanizmining bir elementi bo’lib, o’zida quyidagi bo’g’inlarni birlashtirgan bo’lishi zarur: o’z va qarz aylanma mablag’larini chegaralash tamoyillari, kreditlash uslublari, ssuda schoti turlari, kreditlash obyektlari, kreditni rejali boshqarish uslublari, kreditdan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish metodlari va turlari. Kredit mexanizmining mazmunini o’rganishda uning tarkibiy elementlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu elementlar adabiyotlarda ayrim hollarda umumlashtirib, ba’zan esa alohida holda beriladi. Professor O. K. Iminovning kredit mexanizmining tarkibiy qismlari to’g’risidagi fikri alohida e’tiborga molikdir. Uning fikricha, kredit mexanizmi kredit mablag’laridan unumli foydalanish, boshqarish shakli va usullari tizimidan iboratdir. Kredit munosabatlari, kredit muassasalari va kredit mexanizmi birgalikda kredit tizimi ni tashkil qiladi. Kredit mexanizmi tarkibi har xil mulkchilikka asoslangan davrlarda turli ko’rinishda aks etsada tub mohiyati o’zgarmagan. Quyida rejali iqtisodiyot davrida mavjud bo’lgan kredit mexanizmi chizma ko’rinishida berilgan.



Download 110,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish