Mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari Reja: Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari



Download 110,46 Kb.
bet2/7
Sana02.07.2022
Hajmi110,46 Kb.
#729517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu (1)

Kreditor - kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Kreditor bo’sh turgan mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi. Bunday subyektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo’lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beriladigan pul mablag’larini o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar evaziga shakllantiradi. Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablag’larni kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali real sektorning zarur bo’lgan bo’g’inlariga joylashtiradi. Bu jarayon vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’lardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
Kredit oluvchi - kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etuvchi shaxs. Kredit oluvchi sifatida aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar qatnashishi mumkin. Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy foydani aniq foiz ko’rinishida undirsa, qarz oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarishni kengaytirish orqali ko’zlagan iqtisodiy foydasiga erishadi.
Kreditning mohiyati uning funksiyalarida yanayam aniqroq namoyon bo’ladi. Kreditning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha usulda va miqdorda keltirilgan. Ayrim adabiyotlarda kreditning funksiyalari ikkita deyilsa, boshqalarida beshta funksiyadan iborat deyilgan. Iqtisodchi olimlarning fikrlariga tayangan holda quyida kreditning funksiyalari keltirilgan:

  1. qayta taqsimlash funksiyasi;

  2. muomala jarayonini tezlashtirish;

  3. pullarni muomalaga chiqarish va naqdlashtirish;

  4. pul kapitalini jamg’arish va markazlashuvini jadallashtirish;

Kreditning funksiyalari ichida qayta taqsimlash funksiyasi asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi. Kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali ssuda kapitali iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida, qaytarish sharti asosida joylashtiriladi.
Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funksiyasi mamlakat pul muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi.
Kapital to'planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to'planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo'jalik yurituvchi subyektning o'z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta hajmdagi mablag'ga ega bo'lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag'lar bilan ta'minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
Muomalaga to'lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to'lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashqi bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o'rin tutadi.

Download 110,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish