Mavzu. Kreditlashni tashkil etish asoslari Reja: Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etish asoslari



Download 110,46 Kb.
bet6/7
Sana02.07.2022
Hajmi110,46 Kb.
#729517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-Mavzu (1)

3-rasm. Rejali iqtisodiyot davrida kredit mexanizmi.3
Rasmdan ko’rinib turibdiki, kredit mexanizmi uch qismdan iborat: kredit resurslarni jalb qiluvchi akkumulatsiya mexanizmi, kredit berish jarayonini o’z ichiga oluvchi kreditlash mexanizmi va iqtisodiy ta’sir mexanizmi.
Akkumulatsiya mexanizmi- kredit mexanizmining kredit resurslarini jalb qilishga oid qismi bo’lib, rejali iqtisodiyot sharoitida nisbatan rivojlanmagan. Chunki bu davrda yuridik shaxslar bo’sh mablag’lari banklarda majburan saqlanib turilgan.
Kreditlash mexanizmi- davlat mulkiga asoslangan korxonalarni reja bo’yicha kreditlashni to’liq o’z ichiga olgan. Shu davrda keng taraqqiy etgan.
Iqtisodiy ta’sir mexanizmi- kredit uchun o’rnatiladigan foizlarning o’rnatilishi va rejali iqtisodiyotda ular ishlab chiqarilgan tovarning tannarxini oshirib yubormaslikka qaratilgan.

  1. Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.

Respublikamiz tijorat banklari kredit operatsiyalarining rivojlanishi takomillashuvi shuningdek yuqori daromad keltirishi bilan birgalikda kam riskli bo’lishi zarur. Banklarda kredit operatsiyalarining joriy etilishi, kreditlash jarayoni va amaliyoti bilan bog’liq bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini o’z ichiga olgan, bir vaqtning o’zida kreditor va qarz oluvchining huquq va majburiyatlarini teng taqsimlaydigan qonun va qonun osti hujjatlar davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularning barchasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, chet el kapitali ishtiroki va boshqa sho’ba banklar va kredit operatsiyalari bilan shug’ullanuvchi moliyaviy tashkilotlarga birdek xizmat qilmoqda.
Quyida tijorat banklarimizning kreditlash jarayonida yo’l yo’riq bo’lib xizmat qiluvchi meyoriy hujjatlar va huquqiy asoslar keltirilgan:

  • O’zbekiston Respublikasining qonuni “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 1996- yil 25-aprel;

  • O’zbekiston Respublikasining qonuni “Bank siri to’g’risida” 2003-yil 30-avgust 530-II-sonli;

  • O’zbekiston Respublikasining qonuni “Ipoteka to’g’risidagi”2006-yil 4-oktabr O’RQ-58-son;

  • O’zbekiston Respublikasining qonuni “Iste’mol krediti to’g’risidagi” 2006-yil 6­may O’RQ-33-sonli;

  • O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga olingan №905-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yilgan talablar to’g’risidagi ” nizom;

  • O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda ro’yxatga olingan №1435-sonli “Tijorat banlarida kreditlarning buxgalteriyasini yuritish to’g’risidagi” nizom;

  • O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga olingan №906-sonli “O’zbekiston respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to’g’risidagi” nizom;

  • O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-martda ro’yxatga olingan №675-sonli “O’zbekiston respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlarga qisqa muddatli kreditlar berishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi” nizom;

Tijorat banklarida har yili bankning imkoniyatlari va o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda bank kengashi tomonidan kredit siyosati ishlab chiqilishi va amaliyotga berilishi zarur. Ushbu kredit siyosati O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga olingan №905-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yilgan talablar to’g’risidagi ” nizom orqali tartibga solinadi.
Bankning kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali
boshkarishga doir ko’rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart. Kredit siyosatining tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o’z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta'minlash uchun bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1- fevraligacha bo’lgan muddatda kayta ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Kredit siyosati bank faoliyati turlariga karab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo’lim bank maqomi va u joylashgan manzildan qat'iy nazar kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo’lgan umumiy masalalar ro’yxatini belgilab beradi. Bunda kredit siyosatining yo’nalishlarida berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o’rtasidagi nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag’larning qaytarilishini ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim. Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi: uzoq muddatli
investisiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta'minlash, likvidlikni saqlab turish, tavakkalchilikni diversifikasiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash, qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Kreditlashning strategik yo’nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi.
Kredit siyosati kredit berish jarayoniga jalb etilgan kredit xodimining lavozimi va vakolatlariga qarab ularning har biri uchun kreditlash to’g’risida qaror qabul qilish va kredit miqdorini cheklash tartibini belgilab beradi. Kreditlash uchun mas'ul bo’lgan barcha shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etiladi. Kredit qo’mitasi majlislari va uning bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab qo’yilishi kerak.
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo’yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qo’yilmalarni moliyalash va boshqalar. Kredit turlari bo’yicha: "kredit liniyalarini ochib va ochmay" kreditlash, lombard va veksel kreditlari va boshqalar. Kredit siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda mazkur bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bo’lmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va toifalari ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Kreditni to’lash muddati uni to’lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to’lashning ma'qul dasturlaridan iborat bo’lishi zarur. Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to’lash muddatining so’ngida va kredit to’lashning boshlang’ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish tartibini ham o’z ichiga olishi kerak. Kredit siyosati to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini ta'minlash, mablag’larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo’yicha qarzdorlikni undirib olish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi lozim.
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo’yiladigan talablarni o’z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan o’tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma'lumotlar bo’yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo’yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o’tish lozimki, banklar talab qiladigan ma'lumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga (MBXS) muvofiq taqdim etilishi kerak. Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtoriylik koeffisientlari, kapitallashtirish darajasi, garov ta'minoti ekspertizasi va boshqalar) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi zarur. Bundan tashqari, kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va bank kreditidan foydalangan holda ko’rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo’yicha talabni o’z ichiga olishi kerak.
Kredit siyosati muayyan turdagi qimmatliklar (ko’chmas mulk, avtomobillar va boshqalar) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o’z ichiga olishi hamda ta'minlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari to’plamini rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning uni berish vaqtidayok kreditni to’lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan ta'minlangan kreditlar bundan mustasno) hisoblangan yagona asosi bo’lmasligi belgilab qo’yilishi zarur. Kredit siyosati garovga olingan mulk turiga qarab garov mavziga nisbatan qo’yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o’z ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo’lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zarar o’rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur. Hujjatda garov mavzui mustaqil baholovchi va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar ko’rsatib o’tilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi lozim. Siyosat ko’chmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va iste'mol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan kreditlarni to’lash hisobiga qarzdor tomonidan bo’nak to’lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o’z ichiga olishi zarur.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim. Kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha ma'lum bo’lgan salbiy o’zgarishlar to’g’risida rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yo’qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari bo’yicha "to’lovsizlik" tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni o’stirmaslik mezonlari, shuningdek bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o’z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sog’lomlashtirish rejalari batafsil bayon etiladi. Kredit siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko’rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosati turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan omillarni o’z ichiga olishi kerak. Bunda hech bo’lmaganda resurslar qiymati, kredit bo’yicha xizmat ko’rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haki, ma'muriy sarflar, ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zahiralar va bank marjasi baholanishi zarur.
Kredit siyosati bank bilan bog’liq shaxslarga beriladigan kreditlar bo’yicha Markaziy bank talablariga muvofik keluvchi limitlarni o’z ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida bank bilan bog’lik shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bog’liq shaxslarga beriladigan kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qo’yilishi kerak.
Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari va bunday vositalar chiqarilishi mumkin bo’lgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qo’yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim. Balansdan tashkari majburiyatlarni berishda moliyaviy xisobotlar (hujjatlar)ni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan boshqa turlarini berishda foydalaniladigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil bo’lishi zarur. Tijorat akkreditivlari bo’yicha to’lovlarni o’tkazish, to’lov va yuk ortish hujjatlari (yuk xatlari), sug’urta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan qo’yiladigan qo’shimcha talablar qayd etilishi kerak. Siyosat bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar bo’lgan mansabdor shaxslar ro’yxatini belgilashi hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar minimal yuzaga keluvchi yo’qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab qo’yishi lozim. Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan, tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini ta'minlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tadbiri, moliyaviy tahlil, garovni rasmiylashtirish va baholash, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash, qonunchilik me'yorlariga rioya qilish.
Kredit siyosati bank xizmatlari va bo’linmalari tomonidan Bank Boshqaruvi va Kengashiga kreditlashning turli jihatlari bo’yicha topshiriladigan hamda kredit portfeli sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma'lumotlarni o’z ichiga olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim. Hisobotlar filiallar va bank bo’yicha umuman kreditlash vositalari va yo’nalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan hamda batafsil yoritilgan bo’lishi kerak.
Tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqqanlaridan keyin, kredit berish uchun maxsus hisob raqamlar bilan ishlashi kerak. Ushbu maxsus ssuda hisob raqamlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda ro’yxatga olingan 1435-sonli ” Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risidagi” nizomgaa asosan ochiladi va yuritiladi.
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va u qarzdorga berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi. Bank tomonidan kredit berilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 11900-15500 (tegishli ssuda hisobvarag’i)
Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro" (agar mablag’
oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko’rsatilsa), yoki
Kt - mablag’ oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i (agar mablag’ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko’rsatilsa) yoki
Kt - 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari" (kredit naqd pulda berilganda).
Kreditlarning qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i
Kt - Ssuda hisobvarag’i
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt - Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, yoki Dt
10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro (agar oluvchiga boshqa tijorat banki xizmat ko’rsatsa)
Kt - Ssuda hisobvarag’i
Kreditlar qarz oluvchi tomonidan naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari"
Kt - Ssuda hisobvarag’i.
Agar kreditga foiz o’stirmaslik maqomi berilmagan bo’lsa, unda kreditlar bo’yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i
Kt 16309 - "Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar"
Foizlarni o’stirmaslik maqomi berilgan kreditlar bo’yicha foizlar hisobi Foizlarni o’stirmaslik to’g’risida Nizom (ro’yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to’liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali hisobdan chiqariladi:
Dt - Kreditlar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar zaxirasi - Kreditning mos kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt - Ssuda hisobvarag’i.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlangan kredit qaytarilmasa yoki to’liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo’yilgan mol-mulk orqali undirish huquqiga ega. Undirib olish bo’yicha garovga qo’yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga qo’yilgan mol-mulkni sotishdan mablag’lar kelib tushganda:
Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro - debetlanadi
Kt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’i kreditlanadi.
Kreditlar bo’yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo’yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi: a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar"
Kt - Ssuda hisobvarag’i.
b) Asosiy qarz to’liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar"
Kt 41400-44600 - Kreditlar bo’yicha foiz daromadlari.

Download 110,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish