Foiz o’stirmaslik.
Banklar kreditlar, qarz qimmatli qog’ozlari va boshqa moliyaviy vositalar bo’yicha foizlarni hisoblab borishni quyidagi hollarda to’xtatadi:
aktivlar Markaziy bank normativ hujjatlariga muvofiq substandart, dargumon va ishonchsiz turlarga tasniflanganda;
aktiv MHXS ga muvofiq qadrsizlanganda;
asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to’lash muddati 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yilgacha bo’lgan foizli aktivlar bo’yicha);
asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to’lash muddati 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda (qaytarish muddati bir yildan ko’p bo’lgan foizli aktivlar bo’yicha);
Aktivlarga "o’stirmaslik" maqomini bergan paytdan boshlab, banklar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to’xtatiladi;
barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlar balans hisobvaraqlaridan ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o’tkazilishi lozim va aktivga "o’stirmaslik" maqomi berilgandan so’ng keyingi foizlar hisoblanishi ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi;
ushbu aktivlar bo’yicha barcha keyingi to’lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa kreditning asosiy summasini qoplashga yo’naltiriladi.
Kredit hujjatlari yig’ma jildi tarkibi umumiy holatda.
Qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo’yilgan, kreditdan foydalanish maqsaddati bayon etilgan va kredit ta'minlangan holda garov mavzui ko’rsatilgan ariza;
Qarz oluvchining ta'sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari mas'ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan bo’lishi shart;
Biznes-reja (iste'mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart bo’lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);
Agar shaxs qarzdorning vakili bo’lsa, qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;
Tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;
Qabul qilingan buxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar, jumladan balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar, zarurat tug’ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va bankning konsultasion bo’limining mas'ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart;
Bank kredit qo’mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o’z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |