boshqarish tizimi25
Kichik biznes korxonalarini iqtisodiy nochorlikka qarshi moliyaviy boshqarish tizimi
|
|
|
|
Iqtisodiy nochorlik holatlarini oldindan aniqlash
|
|
Iqtisodiy nochorlik holati darajasini aniqlash
|
|
Iqtisodiy nochorlikning asosiy omillarini aniqlash
|
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
25 Izlanishlar natijasida muallif tomonidan tayyorlandi.
Bunda eng muhimi, iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin bo’lgan holatlarni oldindan aytib berish va bartaraf etish bo’lib, agar nochorlik holati paydo bo’lsa, u bilan kurashishning samarali usullarini tavsiya etishdan iborat. Boshqarishning qaror qabul qilish qismi esa albatta korxona egasi tomonidan amalga oshirilishi darkor.
Kichik biznes korxonalari faoliyatining barqarorligini oshirishda yuqorida ko’rib o’tilgan tashkiliy, huquqiy va moliyaviy masalalarning o’z vaqtida va to’g’ri hal etilishi o’z navbatida sohadagi ishlab chiqarish samaradorligining o’sishi va barqaror rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon bu yerda 12 ta korxona qurilib, foydalanishga topshirildi. 2012-yilda ular tomonidan qariyb 80 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Akkumulyator simlari, avtomobil gaz ballonlari, mobil va statsionar telefonlar, modemlar va internet uchun qo’shimcha moslamalar ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar tashkil etish kabi yuqori texnologiyalar asosidagi yana yettita loyiha amalga oshirish bosqichida turibdi26.
Kredit muassasalari tomonidan tadbirkorlarga kredit mablag’larini ajratish va taqdim etishdagi quyidagi asosiy tamoyillar aniqlandi: kredit ajratish va berish muddatining oldindan aniqligi va bu borada tadbirkorning ham habardor etilishi; kredit berilishi to’g’risidagi xulosaning qisqa muddatda chiqarilishi; kredit berish to’g’risida qaror qabul qilinib, bu borada tadbirkorga xabar etkazilgandan so’ng, kredit ajratish to’g’risidagi xulosa noto’g’ri ekanligi aniqlangan taqdirda, buning kredit oluvchiga zarar etkazmasligi; kredit berish belgilangan muddatdan cho’zilgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan kreditorga ta’sir ko’rsatish orqali «jazolash» dastagining qo’llanishi.
26 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish – T.: O’zbekiston. 2013. – 10 b.
Davlat dasturini, ushbu dasturga jalb etilgan davlat va nodavlat tuzilmalarini samarali muvofiqlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo’yicha Departament tuzish va unga tegishli vakolatlarni yuklatish zarur. Barcha darajadagi hokimiyatlar qoshida, vazirlik, davlat korporatsiya va kontsernlarida respublika rahbariyatining Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha qarorlarini bajarish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan ish olib boruvchi bo’linmalar tashkil etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |