Sakkizinchidan, respublikaning turli mintaqalaridagi kichik biznes korxonalar faoliyati barqarorligini reyting usulida baholash shuni ko’rsatadiki, 2012 yil davomida kichik biznes korxonalari faoliyati barqarorlik darajasi bo’yicha Qashqadaryo viloyati eng yuqori reytingga ega bo’lgan. Buning asosiy sababi – viloyatda barcha 5 ta ko’rsatkich bo’yicha eng yuqori natijalar qayd etilgan. Toshkent shahri o’zining juda katta iqtisodiy salohiyatga ega ekanligiga qaramay, reyting bo’yicha juda past ko’rsatkichga ega. Buning asosiy sababi Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatmayotgan va tugatilayotgan kichik biznes korxonalari salmog’ining nisbatan yuqori ekanligi hisoblanadi.
To’qqizinchidan, tadqiqot davomida Adliya vazirligi tomonidan hududiy xo’jalik sudlarining faqatgina viloyat markazlarida joylashtirish amaliyotidan voz kechib, tumanlararo xo’jalik sudlarini tashkil etish amaliyotini qo’llashlari maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Mazkur xo’jalik sudlari viloyatning turli chekka joylari uchun nisbatan yaqin bo’lgan tuman markazlarida tashkil etilib, ular masofa jihatidan yaqin bo’lgan bir necha tuman tadbirkorlariga xizmat ko’rsatishlari mumkin.
O’ninchidan, sub’ektlar moliyaviy holatni baholash borasidagi bilim va malakaning etarli darajada emasligi sababli o’zlarining moliviy holatlarini
doimo ham to’g’ri nazorat qilib bora olmaydilar. Shunga ko’ra, Savdo-sanoat palatasi yoki maxsus konsalting firmalari tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlari moliyaviy holatining doimiy nazoratini yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi. Bunda eng muhimi, iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin bo’lgan holatlarni oldindan aytib berish va bartaraf etish bo’lib, agar nochorlik holati paydo bo’lsa, u bilan kurashishning samarali usullarini tavsiya etishdan iborat.
O’n birinchidan, tadbirkorlarni binolar va ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlashda bo’sh turgan binolar, inshootlar, ombor va savdo joylarini vaqtincha foydalanishga topshirish mexanizmining quyidagi asosiy tamoyillari aniqlandi: iqtisodiy dastakning ustuvor ahamiyat kasb etishi; mazkur jarayonning amalga oshishidan eng avalo mulk egasining manfaatdor bo’lishi, shunga ko’ra, uning bo’sh turgan mol-mulk uchun xaridor - tadbirkorni qidirishi lozimligi; ayni paytda, mulkni ijaraga topshirish tanlov asosida amalga oshirilishi; mulk egasi va tadbirkor o’rtasidagi ijara shartnoma o’zaro teng manfaatli asosda tuzilishi; mulk davlatniki bo’lsa, uni ijaraga berishda tariflarning quyi chegarasi qat’iy o’rnatilib, yuqori chegara har bir holatdan kelib chiqqan holda kelishuv asosida belgilanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |