A) xarajatlar bo'yicha etakchilik strategiyasi mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlarini kamaytirishni o'z ichiga oladi.
B) keng differensiatsiyalash strategiyasi kompaniya mahsulotlariga raqobatchi firmalar mahsulotlaridan ajratib turadigan o'ziga xos xususiyatlarni berishga qaratilgan;
C) optimal xarajatlar strategiyasi firmaga o'z mijozlariga past xarajatlar va keng farqlash kombinatsiyasi orqali ko'proq aniq qiymat taklif qilish imkonini beradi. Muammo raqobatchilarning o'xshash mahsulotlariga nisbatan maqbul (iloji boricha past) xarajatlar va narxlarni ta'minlashdan iborat;
D) past xarajatlarga asoslangan, xaridorlarning tor segmentiga yo'naltirilgan yo'naltirilgan yoki bozor strategiyasi, bu erda kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi tufayli raqobatchilardan ustundir;
E) yo'naltirilgan strategiya yoki mahsulotni differentsiallashtirishga asoslangan bozor strategiyasi tanlangan segment vakillarini ularning didi va talablariga eng mos keladigan tovarlar va xizmatlar bilan ta'minlashga qaratilgan.
3.Kompaniya holatining tahlili.
Tahlil yunoncha - «analisis» so'zidan olingan bo'lib, ajratish, bo'laklash, parchalash kabi ma’nolarni anglatadi. To'liqroq qilib aytganda, u makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotda sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisa va jarayonlarni bo'laklarga, qismlarga bo'lib va ajratib o'rganishni bildiradi. Korxonalar xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1) tahlil obyekti va predmetini tanlash va rejasini (dasturini) tuzish; 2) tahlil uchun zarur bo'lgan hisobot materiallarini у ig'ish; 3) ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va taqqoslash holatiga keltirish; 4) ko'rsatkichlarni taqqoslash, tahlil qilish, natijalarini baholash, o'zgarish sabablarini aniqlash va omillar ta’sirini hisoblash; 5) tahlil natijalarini umumlashtirish, xulosa va takliflar berish. Tahlilning obyekti va predmetini tanlash va rejasini tuzish bosqichi xo'jalik nomi, tahlil mavzusi, o'tkazish muddatlari, ijrochilari, tahlil vazifalarini qamrab oladi. Tahlilning ikkinchi bosqichi tahlil uchun zarur bo'lgan ma’lumotlarni yig'ish, ularni o'zaro bog'liqligini, haqqoniyligini tekshirib ko'rish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Tahlilning uchinchi bosqichida ko'rsatkichlarni tanlash, qayta ishlash, ular orasidagi bog'liqlikni belgilash, tahliliy jadvallar tuzish, ma’lumotlar bazasini taqqoslash holatiga keltirish vazifasi bajariladi. Tahlilning to'rtinchi bosqichida ko'rsatkichlarni taqqoslash va tahlil qilish asosida xo'jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Biznes rejaning bajarilishi o'rganiladi. Qo'rsatkichlar dinamikasi tahlil etiladi. Erishilgan natijalar, ularning o'zgarish sabablari, omillarning ta’sir etish doiralari hajmi tahlil qilinadi. Tahlilning yakuniy bosqichida tahlilning natijalari umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi. Tahlil yakuni qisqa, lo'nda, tushunarli tarzda bayonnoma, ma’lumotnoma shaklida ifoda etiladi. Tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim yakuniy bosqichi bo'lib hisoblanadi. Ushbu bosqichda tahlil natijalari umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi. Tahlil natijalarini umumlashtirishda o'zaro ta’sir va uslubiy ketma-ketlik asosida korxona biznes-rejasining bajarilishi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari hamda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanish darajasiga 19 baho beriladi. Xo'jalik faoliyatida yo‘l qo'yilgan kamchiliklar va ularning sabablari, ichki imkoniyatlar va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar beriladiKompaniya strategik pozitsiyasini baholashuslubi.Bu mavzuda kompaniya holati tahlilining uslubiyatini ko’rib chiqamiz. Bu 5 ta savolga kelib taqaladi
1) Amaldagi strategiya qay darajada samarali?
2) Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?
3) Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?
4) Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?
5) Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?
Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy asbobdan foydalaniladi: SWOT -
Do'stlaringiz bilan baham: |