Mavzu: Avtomatik qurilma elementlari
Avtomatika elementi deb, kirish x signalini chiqish и signaliga aylantirib beradigan eng oddiy avtomatik moslamaga aytiladi. Kirish va chiqish bir nechta bo‘lishi mumkin. Signallarni o‘zgartirish miqdoriy (sonli), sifatli yoki axborotli bo‘lishi mumkin. Miqdoran o‘zgartirishda, x va и signallar bir xil o‘lchamga ega, ammo ko‘rsatkichlari (amplituda, chastota, faza va shulari) bo‘yicha farq qiladi. Miqdoran o‘zgartirgich elementlarga kuchaytirgichlar, transformatorlar, stabilizatorlar va boshqalar kiradi. Sifatli o‘zgartirishda x va и signallarning turi o‘zgartiriladi va ana shu sababli ular har xil olchamga ega bo‘lishadi. Bunday o‘zgartirishni datchiklar, dvigatellar, generatorlar va boshqalar bajarishadi. Axborotli o‘zgartirish – element kirishlaridagi holat haqi-dagi qandaydir axborot (ma’lumot), uni chiqishida aks etganida (namoyon bo‘lganda) yuzaga keladi. Bunday o‘zgartirishni mantiqiy elementlar bajarishadi. Ikkita diod va rezistorda bajarilgin element (3-rasm) YOKI mantiqiy funksiyani amalga oshiradi. Chiqishda manfiy и potensial bo‘lganida, ya’ni K1 yoki K2 knopka bosilganda, ya’ni x1 yoki x2 kirishlardan birida manfiy potensial paydo bo‘lsa, faqat shundagina chiqishda manfiy u potensial paydo bo‘ladi.
Avtomatikaning barcha elementlari ishlash prmsipiga, tuzilmasiga va fizikaviy jarayonlarning tabiatidan qat’i nazar, bir-biri bilan taqqoslashga imkon beradigan 342 umumiy tavsiflarga ega. Bunday tavsiflarga, masalan, mutlaq xatolarni ko‘rsatish mumkin. Mutlaq xato deb, chiqishdagi ut xato bilan, uning hisoblab topilgan ux qiymatlari orasidagi ayirma, ya’ni Δu= ut - ux tushuniladi. Mutlaq xato chiqish miqdorining o‘lchamiga ega bo‘ladi. Nisbiy xato deb, mutlaq xatoning chiqish miqdorining hisoblab topilgan qiymatiga nisbati, ya’ni = ∆ ⋅100% ux u δ tushuniladi. Nisbiy xato-o‘lchamsiz miqdor bo‘lib, turli elementlaming ishlash aniqligini taqqoslash uchun qulaydir. Elementlarning umumiy tavsifi, ularning sezgirligi k (uzatish koeflitsiyenti) hisoblanadi. Statik ish rejimida bu koeffitsiyent, и chiqish miqdorining kirish miqdoriga nisbati k=u/x bilan topiladi. Dinamik rejimda u (differensial sezgiriik), chiqish va kirish miqdorlarining orttirmalarini nisbati k=Δu/Δx sifatida aniqlanadi. Aniq elementlar uchun sezgirlik, ko‘pincha, maxsus nom, masalan, kuchaytirish koeffitsiyenti, transformatsiya koeffitsiyenti va shu kabilar bilan ataladi. Agar element teskari bog‘lanishga (5-rasm) ega bo‘lsa, unda uning tavsifi teskari boglanish β koeffitsiyenti hisoblanadi; bu koeffitsiyent chiqish u miqdorining qaysi qismi elementning kirishiga berilayotganini ko‘rsatadi β=xTA/u. Teskari bog‘lanish, musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Musbat teskari bog‘lanish, umumiy uzatish koeffitsiyentini kattalashtiradi. Manfiy teskari bog‘lanish kirganda umumiy uzatish koeffitsiyenti stabillashishga, ya’ni u, asosiy elementning k koeffitsiyentining og‘ishlarga kamroq qaram bo‘lishiga erishiladi. Barcha elementlarning muhim tavsifi, ularning 343 ishonchligi, ya’ni berilgan funksiyalarning o‘rnatilgan ishlash ko‘rsatkichlarini berilgan chegarada, mo‘ljallangan vaqt ichida saqlab ijro etish-xossasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |