Mavzu: Suv ta’minoti xo’jaligidagi telemexanika sistemasi
Avtomat grekcha so‘z bo‘lib, o‘zi harakatlanadigan ma’noni anglatadi. Avtomat, odatda, mustaqil, o‘zi harakatlanadigan (mashina, apparat, asbob, tizim), ya’ni berilgan topshiriq yoki insonni bevosita ishtirokisiz 339 dastur bo‘yicha energiya, material yoki axborotni qabul qilish, o‘zgartirish, uzatish, ishga solish kabi ishlarni bajaradigan qurilmadir. Avtomatika deb insonning bevosita ishtirokisiz ishlaydigan texnik vosita (jarayon) laming boshqaruv tizimlarini barpo etish nazariyasi va prinsiplarini o‘z ichiga oladigan fan va texnika sohasiga aytiladi. Avtomatik boshqaruv deb insonning bevosita ishtirokisiz, malum maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan texnik obyektni boshqarishga aytiladi. Bunda insonning vazifasi avtomatik boshqarish tizimining (ABT) ishlashini kuzatish, uni ishga tushirish va o‘chirishdan iborat bo‘ladi. Agar boshqarish vazifalarini inson qisman bajaradigan bo‘lsa, bunday tizimlarni avtomatlashtirilgan deb ataladi. Avtomatik boshqarish tizimi (yoki avtomatik tizim), o‘zaro hamkor ishlaydigan boshqariladigan obyektdan va avtomatik boshqarish qurilmasidan (ABQ) tashkil etiladi. Qandaydir texnik jarayonni bajaradigan qurilmaga, boshqariladigan obyekt (BO) deb ataladi. Bu jarayonni to‘g‘ri bajarish, ishlash algoritmi deb ataladigan, ko‘rsatma (yo‘1-yo‘riq) lar to‘plami bilan aniqlanadi. BO ishlash algoritmini bajarishi uchun ABQ ga tashqaridan maxsus tashkil etilgan ta’sirlar bo‘lishi kerak. Bu ta’sirlarning xususiyati, boshqaruv algoritmi deb ataladigan ko‘rsatmalarning to‘plami bilan belgilanadi. Telemexanika – bu uzoq maxsus kodlangan signallarni masofaga yuborish orqali, obyektlarni boshqarish haqidagi texnik fanlarning bir sohasidir. Telemexanik tizim (1-rasm) boshqarish va nazorat organlariga (BNO), boshqariladigan obyektlarga (BO), shuningdek, boshqariladigan obyektlarni boshqarish va nazorat 340 qilinishini hamda katta miqdordagi axborotning aloqa liniyasidan uzatilishini ta’mmlaydigan kodla digan (KQ) va dekodlaydigan (DQ) qurilmalarga ega. Ko‘pincha telemexanika tizimi ABT ning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Avtodis-petcher» tizimida, telemexanika tizimi–bu dispetcherlik markazlashtirishning o‘zidir.
Har qanday avtomatika, telemexanika va aloqa tizimi ayrim elementlardan tashkil etilgan. Tizimning xususiyatlari, uning ishonch-ligi va ishlash qobiliyati, tuzilish prinsipi va xizmat qilish uslublari, uning tuzilmasiga, ya’ni elementlarning xossalariga bog‘liqdir. Shu sababli, avtomatika, telemexanika va aloqaning nazariy asoslarini, bu tizimlar qurilgan elementlarni o‘rganishdan boshlash kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |