Immunitet- O‘simliklarning o‘ziga kasal yuktirmaslik xususiyati. Madaniy O‘simliklarda ularning anatomo-morfologik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari bilan bog‘lik. Seleksiyaning amaliy ishida asosan o‘simliklarning chidamliligi bilan ish yuritiladi.
Chidamlilik- deganda ularning uz tanasiga kirgan va tarqalgan kasallik kuzgatuvchi parazitning zararli ta’siriga qarshi ko‘rashishi va shu tariqa hosilning kamaytirmasligi tushuniladi. O‘simliklarning kasallikka chidamliligi asosan xujayra shirasi osmotik bosimining yuqori bo‘lishiga va ayrim hollarda ularning bioximiyaviy xususiyatlariga bog‘lik bo‘ladi.
O‘simliklarning chidamliligi o‘sishsharoitiga qarab uzgarsada, aslida u irsiy xususiyat bo‘lib nasldan-naslga muayyan konuniyat-lar orqali beriladi. Bug‘doyning qo‘ng‘ir zang kasalini 90 dan ortiq, sariq zang kasalini 30 dan ortiq, poya zang kasalini esa 150 dan ortiq irklari aniqlangan. Kasalliklarga chidamli navlar yaratish seleksiyasida tur ichida geografik uzoq shakllarni duragaylash, turlararo, avlodlararo duragaylash asosiy va samarali usullardan hisoblanadi.
Sholida ham kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi borasida ancha yutuqlarga erishilgan. Sholining pirikulyarga qarshi immunitetga ega navlari yo‘q, ammo unga chidamli navlar ko‘p uchraydi (Krasnodarskiy 424, Gorizont, Kuban). Kartoshkaning fitoftora, rak va virusli kasalliklariga chidamli navlarini yaratish ham seleksiyaning muxim masalalaridandir. Meksikada usadigan bir necha yovvoyi kartoshka turlari fitoftoraga uta chidamliligi aniq-langan bo‘lib, ulardan seleksiya jarayonida keng foydalanilmoqda.
Kartoshka rakini kuzgatuvchi zamburug‘ sporalari xayotchanligini 10 yilgacha saqlab koladi. Shunga ko‘ra, bu kasallikka chidamli navlar yaratishda turlararo duragaylashdan keng foydalanilmoqda. Virusga chidamli bo‘lgan ko‘plab navlar va yovvoyi shakllar ham topilgan va seleksiya jarayonida ishlatilmoqda.
d) Mexanizmlar yordamida parvarish qilishga chidamli navlar yaratish. Bu borada yaratilayotgan G‘alla ekinlari navlarining mexanizatsiyalar yordamida yetishtirishga yaroqliligi, ular poyasining yotib qolishga chidamliligi, hosilining pishganda to‘kilib ketmasligi, oson yanchilishi xususiyatlar bilan belgilanadi. G‘o‘zada yotib qolmaydigan, ko‘saklari ochilganda paxtasi tukilmaydigan, bargi tabiiy tuqiladigan. Kartoshkada mexanizmlar yordamida qazib olishda tugunaklari guj joylashgan navlar katta ahamiyatga ega. Bularning hammasi duragaylash va mutagenez yordamida olib boriladi.
ye) Mahsulot sifati yuqori bo‘lgan navlar. Bug‘doy va javdarning un tortish -non yopish sifati yuqori bo‘lgan, sholining ezilmaydigan, ko‘p gurunch beradigan, g‘o‘za va kanopning ko‘p tola beradigan navlarini yaratish kerak. Bug‘doyda 28% (kleykovina) yelimlik, 14% proteini (oqsil) bo‘lganlari kuchli hisoblanadi. (Bezostoya 1, Mironovskaya 808, Saratovskaya 29, 38, Bezenchukskaya 98 va b).
Seleksiya zimmasida turgan eng muxim masallar jumlasiga ekologik plastik, tezpishar, kasalliklarga va xashoratlarga chidamli navlar, mexanizatsiya yordamida yetishtirishga moslashgan va mahsulotining sifati yuqori bo‘lgan navlar yaratish hamma ekinlar seleksiyasida juda dolzarb yunalishlardir. Aloxida ekinlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak g‘o‘za navlari uchun tezpisharlik, viltga chidamlilik va tolasining texnologik sifatlari yuqori bo‘lishlari asosiydir. Bug‘doyda tezpishar, intensiv tipdagi, poyasi yotib qolmaydigan, kasalliklarga (ayniqsa zamburug‘li kasalliklarga) chidamli, doni oqsilga va kleykovinaga boy navlar yaratish muximdir.
Arpada serhosil, doni tukilmaydigan kasalliklarga chidamli, pivo sanoati uchun doni yirik va sifatli shira beradigan, ozuqa uchun esa doni oqsilga, aminokislotalarga boy navlar kerak. Sholida yuqoridagi sifatlardan tashqari pirikulyarioz kasaliga chidamli, past buyli va tezpishar navlar yaratish muximdir.
Ishlab chiqarish talablariga har tomonlama javob beradigan intensiv tipdagi nav va duragaylarni yaratish uchun seleksiyaning hamma usullari samarali hisoblanadi. Keyingi yillarda tur ichida duragaylash anchagina uz imkoniyatlaridan foydalanib bo‘lgani tufayli turlararo duragaylash va poliploidiya kabi istiqbolli usullar yordamida talab darajasidagi navlarni yaratish ayniqsa keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari amaliy mutagenez, gaploidlar seleksiyasi, biotexnologiya va gen injenerligi yordamida kerakli xossalarga ega o‘simliklarni yaratish va ko‘paytirish imkoniyatlari ham seleksionerlar zimmasidagi vazifalarni xal qilishda samarali usullardan hisoblanadi.
Umuman olganda keyingi yillarda jumxuriyatimizda ekiladigan ekin navlari hosildorligi, mahsulotining sifati va boshqa xossalari bo‘yicha avvalgilariga nisbatan ancha yaxshilandi. Misol tariqasida ayrim ekinlar seleksiyasida erishilgan yutuq-larni keltirish mumkin:g‘o‘zada-ingichka tolali navlardan, Karshi-8, Qarshi-9, Surxan-6, Termez-32;urta tolali g‘o‘za navla-ridan:S-6532, S-9070, Yulduz,Buxora-6,, AN-402, Toshkent-6,Far-gona-5, Okdaryo-5 va x. k. Yumshoq bug‘doy navlari: Sanzar-4, San-zar-6, Sanzar-85, Unumli bug‘doy, Tezpishar, Ulugbek-600. qattiq bug‘doyning Leukurum-3, Aleksandrovka kabi serhosil va kasal-liklarga chidamli navlari yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |