Biologik xilma-xillik



Download 17,77 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,77 Kb.
#248600
Bog'liq
2- amaliy Biologik xilma


“Biologik xilma-xillik” deganda yerda, dengizda va boshqa ekotizimlarda yashaydigan va o‘sadigan hamma jonli organizmlar tushunilib, ushbu tushunchaga bitta tur doirasidagi, turlararo va ekotizimlar xilma-xilligi ham kiradi (Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasi).

Bugungi kunda bioxilma-xillikka xavflar qatorida yashash joylarining degradatsiyasi, shu jumladan yashash joylarining (shu jumladan mavsumiy yashash joylari) qisqarishi, parchalanishi, ozuqa saqlovchi va boshqa funksiyalarning pasayishi; turlarning yashash joylaridan ruxsat etilgan me’yordan ortiq ov qilinishi; to‘g‘ridan- to‘g‘ri yo‘q qilish (tasodifan va/yoki qasddan yo‘q qilish); ifloslanish (tabiiy, kimyoviy, biologik); invaziv (begona) turlar (antropogen, tabiiy);  iqlim o‘zgarishi kabi omillar sanab o’tilishi mumkin.

Kritik muhim yashash muhiti – bu muhim ahamiyatli biologik xilma-xillikka ega hudud, shu jumladan: (i) yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yoki yo‘qolib borayotgan turlar uchun  katta ahamiyatga ega bo‘lgan yashash muhiti; (ii) endemik va/yoki chegaralangan arealdagi turlar uchun katta ahamiyatli yashash muhiti; (iii) sayyora miqyosida ahamiyatli ko‘chib yuruvchi va/yoki gala-gala bo‘lib yashaydigan hayvonlar turlarining to‘planishini saqlaydigan yashash muhiti; (iv) jiddiy tahdid ostidagi va/yoki noyob xususiyatlarga ega ekotizimlar; (v) muhim evolutsion jarayonlar  bilan bog‘liq hududlar.



Respublikamizdagi Ustyurt platosi ba’zi yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi va yo‘qolib borayotgan turlar uchun kritik muhim yashash muhiti deb sanaladi. Shu bilan birga, mineral resurslariga, ayniqsa uglevodorodlarga boy Ustyurt platosi hududida neft va gaz sanoati tez sur’at bilan rivojlanib, bioxilma-xillikka ma’lum salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bioxilma-xillikka salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy muassasalar tomonidan Ekvator Tamoyillari (ET) qabul qilindi. ET xavflarni boshqarish tizimi sifatida loyihalar doirasidagi ekologik va ijtimoiy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish uchun qo‘llaniladi.

Moliyaviy institutlar tomonidan ETni qabul qilishdan maqsad – moliyalashtiriladigan loyihalarda ijtimoiy talablar va ekologik boshqaruvning eng yaxshi tajribalari aks ettirilishiga kafolat berishdan iborat.  Shu bilan birga, kreditni ajratish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, ishlab chiqarishda Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha Faoliyat Standartlariga muvofiqligi darajasi e’tiborga olinadi. Yangi loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy muassasani jalb etishda hamda amaldagi loyihalarni kengaytirish yoki modernizatsiyalash maqsadida ularga sezilarli ekologik va ijtimoiy xavflar yoki ta’sirning xususiyati va miqyosi o‘zgarishi bilan bog‘liq tuzatishlar kiritishda ETdan foydalaniladi.

Muayyan loyiha doirasida ET tatbiq etilganda, moliyaviy muassasa tomonidan, avvalo loyiha doirasidagi ekologik va ijtimoiy xavflar darajasi o‘rganilib, unga xavf darajasi nuqtai nazardan ma’lum kategoriyani berish talab etiladi. Xavf darajasi yuqori bo‘lgan loyiha oldida miqdoriy ekologik ko‘rsatkichlardan foydalangan holda atrof-muhitga ta’sirni baholash va natijalarni mahalliy aholiga e’lon qilish vazifasi qo‘yiladi. Kredit sarmoyasini ajratish sharti doimo hisobot va nazorat bo‘lishini talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida Ekvator Tamoyillariga amal qilayotgan xalqaro institutlar va kompaniyalar ekologik va ijtimoiy baholash tartibini (protsedurasini) Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning Ijtimoiy va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha Faoliyat standartlariga hamda Butunjahon bankining Atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liq va xavfsizlik bo‘yicha tashkilotlar guruhi yo‘l-yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkazmoqda. Baholash tartibi loyihada amaldagi standartlarga rioya qilinishi yoki undan voz kechilishi sabablarining har tomonlama asoslanganini talab etadi. Amaldagi standartlar o‘zida minimal talablarni ifodalaydi, biroq qo‘shimcha talablar ham qo‘llanilishi mumkin.
Download 17,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish