Iqlim sharoitining noqulayliklariga chidamlilik.
a) Qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasi deganda o‘simliklarning nam yetishmasligiga bardosh berib, hosildorligini va mahsulotning sifatini keskin pasaytirmaslik xususiyati tushuniladi. Bu belgi irsiy bo‘lib, tashki muxit sharoitida biroz uzgarib turadi. Boshlang‘ich material sifatida qurg‘oqchilik noxiyalarda shakllangan maxalliy va seleksiya navlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda qurg‘oqchilik davri o‘simlikning qaysi o‘suv fazasiga to‘g‘ri kelishini hisobga olish kerak. Urta Osiyo regionida joylashgan Davlatlarda bu davr asosan, g‘alla ekinlari boshoq chiqarishi don quyilishiga to‘g‘ri keladi.
Qurg‘oqchilikka chidamlilik borasidagi seleksiya ishlari asosan tur ichida duragaylash orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich ashyolardan biri albatta qurg‘oqchilikga chidamli bo‘lishi kerak. Ayniksa, pakana navlar yaratish muxim. Chunki bu navlar oddiy navlarga nisbatan somon uchun kamrok, don uchun ko‘prok suv va ozuqa sarflaydi. Bahori bug‘doyning Albidium 43, Saratovskaya 29, 42, 46 ,Melyanopus 36 navlari; tariqning Saratovskaya 853, Skorospelaya 56:-kuzgi bug‘doyning Odecskaya 26, Qizil-Shark:-ba-horgi arpaning Yujno‘y va boshqalari qurg‘oqchilikga chidamli hisoblanadi. O‘simlikshunoslik institutida Xindiston, Kanada, AQSh va boshqa davlatlardan keltirilgan qimmatli nus’halar bor.
b) Qishga chidamlilik. Kuzgi ekinlar bahorilarga nisbatan ancha serhosil bo‘lgani uchun eqishga ishlatilishi bo‘yicha keng tarqalgandir. O‘simliklarning qishga chidamliligi deganda ularning kech kuz, kish va erta bahorda ruy beradigan noqulay ob-xavo sharoitlariga bardosh berish va bunda mo‘l hosil berishi ko‘zda tutiladi. Qishda qor kam bo‘lsa sovuq urishi, kor ko‘p bo‘lsa dimiqishi, qish iliq va xavosi tez-tez o‘zgarib tursa muz qatlami hosil bo‘lishi tufayli ildizi uzilib nobud bo‘lishi mumkin.
Qishga chidamli navlarni yaratishda tur ichida duragaylash asosiy usul hisoblanadi. Shuningdek, yovvoyi va yarim yovvoyi nus’halar hamda maxalliy navlardan ham keyingi yillarda keng foydalanilmoqda. Kuzgi bug‘doyning maxalliy navlaridan olingan Albidum 114, Ulyanovka, Odesskaya 3, Odesskaya 26. Mironovskaya 808, Priboy, Rostovchanka navlari bor. Kuzgi javdarning Saratovskaya 4, Vosxod 1. qishga chidamli navlarni yaratishda turlararo, avlodlararo, poliploidiya kabilar muxim bo‘lib, bug‘doyni javdar, bug‘doyning duragaylari muximdir. (Sitsin yaratgan Grekum 114).
v) Sovuqka chidamlililik- bahorgi bug‘doy, tariq, makkajo‘xori, grechixa kabi erta bahorda ekiladiganlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Chunki ko‘p rayonlarda ularning maysasi bahorgi sovuqdan qattiq zararlanadi va sovuqda usishi sekinlashadi. Shimoliy rayonlarda pishish davrida sovuqka kolib ketadi. Seleksiya ishlarida maxalliy navlar va chetdan keltirilganlaridan, hamda duragaylardan foydalanish mumkin. Makkajo‘xorining sovuqka chidamliligi bo‘yicha tengi yo‘q Bukovinskaya 3 duragayi, Germaniya va Gollandiyadan keltirilgan navlar qo‘llanilmoqda.
g) Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik. Kasalliklar xosidorlikni keskin kamaytirib, yoppasiga tarqalganda 20-25% va 50% gacha bo‘lishi mumkin. Jumxuriyatimiz uchun ayniqsa keng tarqalgan va g‘o‘zaning eng xafvli kasali bo‘lgan vilt (ok kapalak) har yili katta miqdorda zarar yetkazadi. Bundan tashqari g‘o‘zada gommoz, G‘alla ekinlaridagi turli zamburug‘li kasalliklar ham hosildorlikni keskin kamayishi va mahsulot sifatini yomonlashishiga olib keladi. Kasallikka va xashoratlarga chidamli navlarni yaratish uchun ularning biologiyasini, xillarini, irklarini va x. k. bilish kerak. Bundan tashqari o‘simlik bilan kasallik kuzgatuvchi orasidagi munosabatni yaxshi tushunish kerak. Chunki, bu munosabat ancha murakkab bo‘lib, o‘simliklarda immunitet to‘liq immunitetdan juda sust chidamlilikkacha darajada bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |