Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: AQSH iqtisodiy taraqqiyoti. Mustaqillik yillarida AQSHda sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanib, XIX asrning 30-yillarida sanoat inqilobi
boshlandi. XIX asr o‘rtalarigacha AQSH, asosan, qishloq xo‘jaligiga asoslangan mamlakat edi. Mamlakat shimolida qishloq xo‘jaligining asosini fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Fermerlikning asosini yollanma mehnat tashkil qilib, ular pomeshiklarga qaram dehqonlarga nisbatan ko‘proq tovar sotish va sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Amerika
qishloq xo‘jaligiga xos bu xususiyatlar AQSH iqtisodiyotining tez rivojlanishiga yordam berdi.
Plantatsiya x o ‘jaligi. AQSHda xo‘jalik yuritishning ikki tizimi uzoq vaqt davom etib keldi. Fermerlar xo‘jaligi rivojlangan shimoliy shtatlarda qulchilik XIX asrning boshlaridayoq bekor qilindi. Janubiy shtatlarda esa qulchilikka asoslanuvchi plantatsiya xo‘jaligi hukmronlik qilardi. Janubning tabiiy sharoiti paxta yetishtirish uchun
qulay edi.
Buyuk Britaniya va AQSHda sanoatning tez rivojlanishi paxtaga bo‘lgan talabni tobora oshirib bordi. Buyuk Britaniya fabrikalari AQSHdan paxta xarid qilishni k o ‘paytirib borganlari sari qullarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu zulm shafqatsizligi jihatidan krepostnoylikning eng ayanchli shakllaridan ham dahshatli edi.
Ayni paytda ko‘pgina oq tanli kishilar, ishchilar, fermerlar, ziyolilarning ilg‘or qatlamlari qulchilikning bekor qilinishi uchun kurash olib bordilar. Shu tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi.
AQSHda qulchilikka nafrat bilan qarovchi kishilar soni tobora ortib bordi. 50-yillarning oxirlarida atoqli abolitsionist, oq tanli fermer Jon Braun Virjiniyada qullar qo‘zg‘olonini ko‘tarishga urinib ko‘rdi. U Allegan tog‘ida joylashib olib, bu yerdan qo‘zg‘olonni plantatsiyalarga yoyishni umid qilgandi. Braun tuzgan qurolli guruh
22 kishidan iborat bo‘lgan. Guruhda 5 nafar qora tanli kishi ham bor edi. Yomg‘irli tunda u qurol-yarog‘lar saqlanadigan kichik omborni bosib olishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra Braun qo‘shni plantatsiyalardagi qullarni ozod qilish va quldorlarni garov sifatida qo‘lga olish uchun o‘z odamlarini yubordi. Ammo Braun umumiy qo‘zg‘olon ko‘tarishga muvaffaq bo‘lolmadi.
Tez orada hukumat qo‘shini Braunning qurolli guruhini tormor etdi. Og‘ir yarador bo‘lgan Braun esa qamoqqa olindi va osib o‘ldirishga hukm qilindi. Quldorlar isyoni. Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim ham to‘la shakllanib bo‘lgan edi. Respublikachilar partiyasining xalq orasida eng obro‘li arbobi Avraam Linkoln (1809—1865) edi. Linkolnning qulchilikka qarshi chiqishlarini ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilg‘or qismi qo‘llab-quvvatladi. A. Linkoln saylov oldi kompaniyasini «O‘zingizga yer olish uchun ovoz bering!» shiori ostida tashkil qilib, yerlarni fermerlarga bepul tarqatish to‘g‘risida qonun qabul qilishga va’da berdi
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. AQSHda yuz bergan fuqarolar urushining sabablarini tartib bilan daftaringizga
yozing.
2. Nega Shimol uchun fuqarolar urushiga kirish AQSHning ikkiga b o ‘linib
ketishidan ustun qo‘yildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |