Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet59/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Iqtisodiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari. Chor Rossiyasida krepostnoylik tartiblari jamiyat taraqqiyotiga katta g‘ov bo‘lib qoldi.
G‘arbiy Yevropa davlatlari va AQSHda mashinalashgan sanoat rivojlanayotgan bir davrda, Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron edi. Qishloq xo‘jaligida esa hamon O‘rta asr krepostnoylik tartiblari yetakchilik qilardi va u taraqqiyotning asosiy to‘sig‘iga aylangan edi.
Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash. 1812-yilgi Fransiya — Rossiya urushida erishilgan g‘alabadan keyin ham chor Rossiyasida samoderjaviye boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi saqlanib qolaverdi. Ushbu holat chor Rossiyasining ilg‘or fikrli kishilarini harakatga chorladi. Ular o ‘z vatanini Yevropaning yetakchi davlatlari
qatorida ko‘rishni istardilar. Vatanidagi mavjud tuzumni o‘zgartirmay turib, o‘z orzularining ro‘yobga chiqmasligini ham yaxshi bilar edilar.
Ular samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshladilar. Bu
kurash Rossiya tarixiga «Dekabristlar harakati» nomi bilan kirgan. Dekabristlar zodagonlarning farzandlari edilar. Ularning bir guruhi Rossiyada Respublika o ‘rnatish tarafdorlari bo‘lsa, ikkinchisi konstitutsiyaviy monarxiya o ‘rnatish istagida edi Dekabristlar ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar. Ulardan biri «Janubiy jamiyat» , ikkinchisi
«Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini yaratdi. «Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan arbobi Vatan urushi qatnashchisi Pavel Pestel edi.
U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyihada samoderjaviye, krepostnoylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada Respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutildi. Hamma fuqarolar u ch u n teng saylov h u quqi asosida saylanadigan «Xalq vechesi» Rossiya parlamenti b o ‘lishi belgilandi. «Shimoliy jamiyat»da Nikita Muravyov tayyorlagan konstitutsiya loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilishni ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan ikki palatali Xalq Pavel Pestel
Vechesi oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi (parlament) bo‘lishi kerak edi.
Dekabristlar o‘z maqsadlariga qo‘zg‘olon ko‘tarish orqali erishish mumkin deb hisoblab, unga tayyorlana boshladilar. Qo‘zg‘olon vafot etgan imperator Aleksandr I o‘rniga ukasi Nikolay I ning taxtga o‘tqazilishi marosimi o’tkaziladigan kunga belgilandi. Qo‘zg’olon dekabristlarga sodiq harbiy qism to monidan amalga oshirilishi lozim edi. Qo‘zg‘olon 1825-yilning 14-dekabr kuni bo sh landi, biroq u muvaffaqiyatsizlikka uchradi va imperatorga sodiq harbiy kuchlar tomonidan bostirildi.
Dekabristlar harakatining rahbarlaridan besh kishi, shu jumladan, P. Pestel va N. Muravyov dorga osildi, qolgan ko‘pchiliklari esa Sibirga surgun qilindi. Biroq dekabristlar harakati behuda ketmadi. Ular ilgari surgan g‘oyalar Rossiya jamiyatining ilg‘or qatlamini uzoq vaqtgacha samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurashga ilhomlantirib keldi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Dekabristlar harakati o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi?
2. Rossiyada hukm surgan reaksiya haqida nimalarni bilib oldingiz?

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish