Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet80/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Afrika xalqlari XIX asrda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichida yashardi. Chunonchi, Efiopiya, Misr, Funis, Marokash, Sudan va Madagaskar kabi davlatlarda feodal monarxiya qaror topgan bo‘lsa, ba’zilarida hamon ibtidoiy jamoa tuzumi saqlanib qolgan edi. Qabilalar ko‘chmanchi turmush tarziga ega bo‘lib, ularning kichik-kichik guruhlari o‘zlari uchun qat’iy belgilangan hudud chegarasidagina ovchilik va termachilik bilan hayot kechirardi.
Ular qishloq xo‘jaligini, metallga ishlov berishni va metall ish qurollaridan foydalanishni bilishmasdi.
G‘arbiy Afrikadagi Gana va Mali davlatlari eng qadimgi davlatlar hisoblanardi. Afrikada qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan xalqlar ham yashashardi. Ular, asosan, qahva, yeryong‘oq va kakao yetishtirardi.
Afrika ning bo‘lib olinishi. Katta tabiiy boyliklarga ega b o ‘lgan Afrika Yevropaning kuchli davlatlari e’tib orini tortmay qolmadi. Yevropa davlatlarining bosqinchiligi Afrika xalqlari hayotini keskin o‘zgartirib yubordi. An’anaviy savdo aloqalari uzildi. Mahalliy ishlab chiqarish vayron bo‘ldi. Afrikaliklarni qul qilib sotish XIX asr o‘rtalarigacha davom etdi. Buning natijasida qit’adan millionlab kishilar sotib yuborildi. Portugaliya mustamlakalari bo‘lgan Angola va Mozambik eng muhim qul savdosi bazalari edi.
XIX asrdan boshlab, qit’aning ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi. XIX asr oxiriga kelib, qit’a hududining 90 foizi mustamlakachilar qo‘liga o‘tdi. Faqat ikki davlat — Liberiya va Efiopiyagina o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi, xolos.
Afrikada mustaqil Liberiya davlati tashkil topishi. Uning tashkil topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog‘liq. 1816-yili AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi. Natijada , 1821-yili Gvineya qirg‘oqlaridan 13 ming km2 yer maydoni sotib olindi. Janubiy Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi. XIX asr boshlarida
Buyuk Britaniya Janubiy Afrikadagi Kap koloniyasini bosib oldi. Koloniya aholisi burlar (bur — dehqon) deb atalardi. Ular fransuz, nemis va gollandlarning avlodlari edi.
Burlar endi u yerdan ko‘chishga majbur bo‘ldilar. Ular yangi joyda ikkita davlat tuzdilar. Ulardan biri ozod Oranj Respublikasi, ikkinchisi esa Fransvaal deb ataldi. Burlar mahalliy aholiga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘ldilar. XIX asr Afrika qit’asini Yevropa davlatlari tomonidan mustamlakaga aylantirish davri bo‘ldi. Asr oxiriga kelib, Afrikani bosib olish, asosan, yakunlandi. O‘z vatanini va mustaqilligini himoya qilgan yuz minglab a frikaliklar mustamlakachilar bilan bo‘lgan tengsiz janglarda halok bo‘ldilar. Mustamlakachilar esa qit’aning tabiiy boyliklarini talash, aholisini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish natijasida cheksiz boyliklar orttirib, Yevropani yuksaltirishga hissa qo‘shdilar.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Afrika qit’asi xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda boshqa qit’a xalqlaridan orqada
qolib ketganligi sabablari haqidagi o‘z mulohazalaringizni daftaringizga qayd
eting.
2. Afrika qay tariqa mustamlakaga aylantirildi?
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O‘TIBDO‘: _______
Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish