Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Eron XIX asrda ham mutlaq monarxiya bo‘lib, shoh cheklanmagan huquqqa ega edi. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Shoh huzurida maxfiy kengash tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga sadri a’zam, amin-ad-davla, vazir, hakimboshi va shayxulislom kirardi. Davlat viloyatlarga bo‘lingan, ularni beklarbegi boshqargan. Taxt vorisiga Ozarbayjon ham berilgan bo‘lib, uning qarorgohi Tabriz shahrida joylashgan edi.
XIX asrga kelib, Sharqda hukmronlikni o‘z qo‘llariga olish uchun kurash olib borayotgan Buyuk Britaniya va Fransiyaning Eronga qiziqishi kuchaydi. Kavkazda o‘z hukmronligini o ‘rnatish uchun Rossiya bilan 1826—1828-yillari bo‘lgan urushlarda Eron mag‘lubiyatga uchradi va Kavkazga b o ‘lgan da’vosidan voz kechdi.
Eronning Buyuk Britaniya bozoriga aylanishi. Rossiya bilan urushdagi mag‘lubiyat va uning oqibatlari Eron hukmron tabaqalari o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqardi. Oqibatda, Eronning qator viloyatlarida yirik yer-mulk egalari boshchiligida shohga qarshi isyon ko‘tarildi. Buyuk Britaniya Eronning og‘ir ahvolidan foydalanib, uni teng bo‘lmagan shartnomani imzolashga majbur etdi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya Eron bilan savdo-so tiq ishlarida katta imtiyozlarga ega bo‘lib oldi.
Oqibatda, u Eron bozorlarini o‘zining yengil sanoati mahsulotlari bilan to‘ldirib tashladi. Bu esa, o ‘z navbatida, mahalliy dehqonlarni, hunarmand va savdogarlarni xonavayron qildi. Shu tariqa Eron yirik mustamlakachi Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotiladigan bozoriga aylanib qoldi. Bu mamlakatda pulga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi.
Natijada, davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib olish nihoyatda kuchaydi. Viloyat hokimlari, katta-katta yer-mulk egalari davlat xazinasiga soliq to‘lamay qo‘ydi. Bu omillar mamlakat mehnatkash qatlamlari orasida keskin norozilik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va oxir-oqibat, 1848-yilda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.
Bu qo‘zg‘olon tarixga «Bobiylar qo‘zg‘oloni» nomi bilan kirdi. Afg‘oniston — Eron munosabatlari. Qisqa vaqt ichida Qandahor qudratli xonlikka aylandi. U 1722-yili Eron poytaxti Isfahonni ham egalladi va Mir Vaysxonning o ‘g‘li Mir Mahmud o‘zini Eron shohi deb e ’lon qildi. Endi Eron mustaqillik uchun kurash boshladi. Bu kurashga Eron qo‘shini qo‘mondonlaridan biri Nodir Quli boshchilik qildi. Eron afg‘on bosqinchilaridan to‘la ozod etildi. 1736-yili Nodir Quli Nodirshoh nomi bilan Eron shohi deb e ’lon qilindi. U ayni paytda katta bosqinchilik urushlari ham olib bordi. Afg‘onistonni ham bo‘ysundirdi. Afg‘onistonni itoatda tutib turish uchun Erondan ko‘plab jangchilarni oilalari bilan Kobul va boshqa shaharlarga ko‘chirtirib keltirdi.
XIX asrda Eron kuchli milliy armiyaga, markaziy davlat apparatiga va yagona soliq tizimiga ega emasdi. Eron Rossiya va Buyuk Britaniyaning mintaqadagi bosqinchilik intilishlariga qarshilik qila olmadi.
Mamlakat ichkarisidagi islohotlarga diniy mutaassiblik va unga asoslangan davlat tuzumi, ijtimoiy institutlarning kam taraqqiy etganligi xalaqit berayotgan edi. Natijada, Eron kuchli davlatlarning yarim mustamlakasiga aylantirildi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Eronning davlat tuzumi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Qanday omillar bobiylar qo ‘zg ‘olonini yuzaga keltirdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |