4. Pedagogik kengash – ishini tashkil etishdagi roli.
Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko`rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, metodik maxorat maktabi va ilg`or tajriba minbaridir.
Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengashga kuyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni xal qilish yo`llarini izlash; muassasa ish praktikasiga pedagogika fanining yutuqlari va ilgor pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilarning pedagoglik maxoratini oshirish, ularning ijodiy aktivligini rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash: xalq ta’limi Vazirligi, Xalq ta’limi Davlat komitetining maktabgacha tarbiya bo`yicha buyruq, instruksiya, nizom va boshqa normativ hujjatlarini; maktabgacha muassasaning yillik ish planini; bolalar sogligini mustahkamlash tadbirlarini; xar bir yosh gruppasi bo`yicha «Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya programmasi»ning sifatli bajarilishi jarayonini; ish praktikasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilarning ilgor tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishning aktual masalalarini, tarbiyachilarning nazariy va metodik tayorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muxokama qiladi.
Pedagogik sovetlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi tematikaning kengligini aktualligini ta’minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik sovetda ish muxiti xukm suradi, masalalar muxokamasi sermaxsul va aktiv bo`ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga: katta tarbiyachi, tarbiyachilar, muzika raxbari, maktabgacha muassasaga xizmat kursatuvchi vrach, katta xamshirasi, partiya tashkilotining sekretari, kasaba uyushma komitasining raisi, ota-onalar komitetining raisi kiradi. Pedagogik kengash yig`ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar ukituvchilari, maktabgacha muassasada tarbiyanuvchilarning ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish planiga kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan plan bo`yicha ishlaydilar.
Pedagogik kengash ishning muvafaqqiyat ko`p jixatdan pedagoglar jamoasi muxokamasiga qo`yilgan masala qanchalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bogliq bo`ladi.
Pedagogik sovetning yigilishi ikki oyda bir marta chaqiriladi, zaruriyat tugilganda navbatdan tashqari yigilish chaqirilishi mumkin. Muxokamaga ko`pi bilan 2-3 masala qo`yiladi, pedagogik kengash ishdan tashqari vaqtda o`tkaziladi.
Pedagogik kengash qarorining loyixasini ma’ruzachi (maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi.
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o`rganish, barcha ilg`or tajribalarini analiz qilish va praktikaga joriy etish maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo`lishi kerak.
Tajribani o`rganish va umumlashtirish gruppalardagi tarbiyaviy ishlar xolatini sistemali tarzda analiz qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o`rganishning asosiy yo`llaridan biri gruppalarga planli tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda rejim momentlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-xarakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Katta tarbiyachining kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetidir. Pedagogik jarayoni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik maxoratlarini oshirish va mustaqil o`qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko`rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir.
Pedagogika kabineti bolalar muassasasi an’analari jamg`ariladigan joydir. Metodistning vazifasi– jamgarilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo`llashga o`rgatishdir.
Pedagogika kabinetida to`g`ri yo`lga qo`yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni xar tomonlama rivojlantirish vazifalarini xal qilishga yordam beradi.
Pedagogikaning kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalariga metodik yordam ko`rsatish, ularning goyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik maxoratlarining o`sishi uchun sharoit yaratishdir. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagogika kabineti, shuningdek ilgor pedagogik tajriba to`planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang`ich markaz hamdir. Kabinetning muxim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o`z mexnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko`rsatishdir.
Pedagogika kabineti bu vazifalarni xal etishi uchun metodist kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo`yishi, uni sistemalashtirish va puxta o`ylab chiqishi kerak.
Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani propaganda qilish va yoyish maqsadida «axborot xizmati» uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma-xil axborot bulletenlari, bolalar ta’limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo`yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi xavolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, praktika», «Metodik burchak» stendlari va xokazolar bo`lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarning nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o`rin oladi.
Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishni o`rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta’lim muassasasi metodistining maxoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog`liq bo`ladi.
Katta tarbiyachi kabinetining ishlash soatlarini aniqlashi, tarbiyachilarga o`z vaqtida yordam ko`rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani xal qilishda maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri faol ishtirok etadi.
Pedagogika kabineti ishining eng muxim tomonlaridan biri bolalar muassasasi xodimlariga mustaqil o`qishlarini yaxshilashda yordam kursatishdir.
Metodika kabineti ishida katta o`rinni yosh tarbiyachi bilan ishlash egallashi kerak. U quyidagi komponentlardan iborat bo`ladi.
XULOSA
Tarbiyachi bolalarni tarbiyalash, bir jamoaga uyushtirish ishini amalga oshirishda, maktabgacha ta’lim muassasa pedagoglar jamoasiga suyanmog‘i kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasining xar bir tarbiyachisi o‘z xamkasblari bilan tarbiyaga almashishi, boshqalardan o‘rganish kerak.
Tarbiyachining madaniyati uning atrof muxitga estetik didik qarashi, qanchalik rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining moxir utsasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: Sharq, 1997 y.
O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».T.:Sharq, 1997 y.
I.Karimov. Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «Sharq»-1997 y.
O.Xasanboeva va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. 2007 yil.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V.I.loginova va P.G.Samorukovalar tahriri otsida. –T.O‘qituvchi. 1992 yil.
P.YUsupova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. -T., 1993.
S.A.Kozlova, T.A.Kulikova. Doshkolnaya pedagogika. -M., 2000
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha tarbiya Kontseptsiyasi. Toshkent 1992 y.
Maktabgacha tarbiya muassasasi to‘g‘risidagi Nizomi-1995y.
«Bolalar bogchasidagi ta’lim dasturi»- Toshkent.1993, 1999, 2000y.
M.Inomova «Oilada bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar». T. «Fan». 1995 y. 226-bet.
www.ziyonet.uz Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish.
www.ziyonet.uz Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha pedagogika
www.ziyonet.uz «Maktabgacha pedagogika o'qitish metodikasi
www.ziyonet.uz G.Yo`ldosheva. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Maruzalar matni. Qarshi, 2008.
www.ziyonet.uz Berdieva M.M. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Termiz, 2003.
www.ziyonet.uz R.Aleuova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi Ma'ruza matni. Nukus, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |