O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA KAFEDRASI
5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi ABULLAJONOVA GULINING
MAVZU:KATTA TARBIYACHI – MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING METODIK ISHLARI BO‘YICHA RAHBARI
mavzusidagi
KURS ISHI
Qayddan o‘tkazildi
№_______
«____»____ 2019 yil
|
|
Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi
Ilmiy rahbar: _______ katta o`qituvchi I.A.Oxunov (imzo)
Himoyaga tavsiya etildi
Kafedra mudiri: _______ p.f.n., dotsent M.Artikova
(imzo)
«____» _______ 2019 yil
|
Andijon – 2019
MAVZU: KATTA TARBIYACHI – MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING METODIK ISHLARI BO‘YICHA RAHBARI
KIRISH
Asosiy qism:
Tarbiyachi shaxsi haqida umumiy tushuncha.
Katta tarbiyachining vazifasi, huquqi va unga quyilgan talablar.
Katta tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi.
Pedagogik kengash – ishini tashkil etishdagi roli.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va nazorat.
Ilgor ish tajribalarini urganish, umumlashtirish va ommalashtirishdagi roli.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Mustaqil O`zbekiston o`z siyosatida insonparvarlik va gumanizm shartlari talablari va qoidalariga asosan milliy, azaliy tajribalariga tayanib xalq hayotini va jamiyat faoliyatini tashkil qilmoqda. O`zbekiston Konstitusiyasi va qonunlari inson manfaatlarini himoya qilishga uni qadrlashga har bir shaxsning barkamollashuviga qaratilgan. Insonparvarlik mavzusining nazariy va amaliy muammolarini yoritishda O`zbekiston olimlari oldida ulkan vazifalar turibdi. Insonparvarlik g`oyalari mazmuni va tamoyillari o`zbek milliy mentalitetining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalq tafakkurida doim mavjud bo`lgan narsalar bevosita mutafakkirlar ijodida ham o`z ifodasini topmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o’stirib borishiga g’amxurlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha tarbiya muassasasi manfaatlaridan kеlib chikib, ularni ratsional va o’z vaqtida joydan-joyga ko’chirib turilishi ta'minlaydi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi, “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” ning yaratilishi amalga oshirilishi, O`zbekistonnig xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan mustaqil, ijodiy tafakkurli, malakali, insonparvar, vatanparvar, salohiyatli yoshlarni tayyorlash, maqsadini ko`zlaydi. Huddi mana shu fazilatlarning mohiyatini farzandlarga to`la yetkazish har bir shaxs o`zining yashash tarzi va faoliyatlarida aks ettirishi zarur.
Insonparvarlik sifatlarini tarbiyalashda oilaviy tarbiyaning o`rni ahamiyatidir. Oilaning jamiyatdagi o`rni yuksak nufuzga, e'tiborga ega ekanligi bois, oilaga asosiy qonunimiz – Konstitutsiyada alohida bob ajratilgan. O`zbekiston Ryespublikasi “Oila kodeksi”da e'tirof etilgan huquq normalariga to`la mos ravishda tuzilganligi, ayniqsa, “oila – jamiyatning tayanch tuzilmasidir” degan qoidaga asoslangani bejiz emas. Shu bilan birga, O`zbekistonda 1998 yilning “Oila yili” deb e'lon qilinganligi hamda “Oila manfaatlarini ta'minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi” qabul qilinganligi va uning hayotga to`la tadbiq e'tilganligi bilan, ulkan ma'no kasb etadi. O`zbekiston Ryespublikasi birinchi Prezidyentining 2004- yil 25 maydagi “O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Farmoni va unda belgilangan vazifalar yangi davlat va yangi jamiyat sari taraqqiyotimiz manfaatlari hamda maqsadlari bilan uzviy bog`liqdir1. Oilaviy tarbiyada o`zbek xalq pedagogikasi va an'analarning o`rni, oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi, oilada ota-ona va farzandlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi masalalari esa oila ma'naviyati bo`limida aks ettirilgan. Hozirgi davrda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har jihatdan kamol toptirishga nihoyatda katta e’tibor bermoqda va bolalar muassasalari xodimlariga yuksak talablar qo‘yilmoqda. Bu talablar mamlakatimizning siyosiy, madaniy va iqtisodiy yuksalishda hamda O‘zbekitson xalqining madaniy jixatdan ravnaq topishdan kelib chiqadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya ishini amalga oshirishda tarbiyachi asosiy rol o‘ynaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining ishi juda qiziqarli, maroqli va shu bilan birga, nihoyatda mas’uliyatlidir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachi yangi jamiyat kishisini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi keng doirada bilimga ega bo‘lishi kerak. Ayniqsa, shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirish vazifasini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachisi keng nazariy ma’lumotga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |