Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 6 bo`lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 18 sahifani tashkil qiladi.
Asosiy qism:
1. Tarbiyachi shaxsi haqida umumiy tushuncha. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tarbiyachi atrof xayot tabiat, jamiyat xodisalar, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi.
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir utsasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rish kerak. Tarbiyachining maxsus tayyorgarligi bo‘lishi kerak.
Tarbiyachining o‘ziga talabchanligi, o‘zining har bir xatti-xarakatini nazorat qilib bora olishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni muvafaqiyatli amalga oshirishning garovidir. Bunga quydagilar kiradi.
A) bolaning sog‘ligini saqlash va mutsaxkamlash:
B) aqliy qobiliyatlarni o‘tsirish:
V) jamiyatimizning, milliy madaniyatimizning g‘oyaviy-axloqiy printsplariga mos keluvchi e’tiqot va qarashlarini tartib toptirish:
G) Ona vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish, mas’uliyat, o‘rtoqlik, do‘tslik xissini, xalollikni tayinlash.
Pedagog bolalarga alohida yondoshish bilan uning shaxsiy xususiyatlari va qiziqishlarini jamoa qiziqishiga bo‘ysindira olish sadoqatli bo‘lish ta’minlash zarur.
Tarbiyachi har bir bolaga alohida yondoshibgina qolmay, inoq bolalar jamoasini uyushtira olish va tashkil qilish yo`llarini bilishi kerak.
Tarbiyachining eng zarur sifatlaridan biri chidamlilik, bolalar jamoaini tashkil qila bilish va unga raxbarlik qilish, jamoat ishida aktiv, ilg‘or bo‘lish, o‘rtog‘lariga g‘amxo‘r, o‘zaro yordam bera bilishdan iboratdir.
Tarbiyachi va maktabgacha ta’lim muassasa xodimlarining ko‘rinishida go‘zallik, oddiylik, ozodalik bo‘lishi lozim.
Tarbiyachining o‘zi bunda shaxsan namuna ko‘rsatish lozim, chunki bolalar taqlidchan bo‘ladilar.
U quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak.
Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-xarakati sabablarini to‘zri taxlil qilib unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa oladigan bo‘lishi kerak.
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka ko‘nikmalaridan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish ularning diqqatini jalb qilib, faollikni o‘tsirish bolalarning xulqini, xatti-xarakatini haqiqiy baholay olishi kerak.
Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yish, ya’ni bilimni egallagan bilimlari bilan to‘g‘ri baholay olishi va bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo‘lishi va ularni sekin-atsa murakkablashtirib berishi kerak.
Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi har bir a’zoni etiborga olgan xolda rahbarlik qila bilish ularning faoliyatiga (o‘quv, o‘yin, mexnati) mazmunli bo‘lishi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlash zarur.
Bolalarning ruxiy va jismoniy xolatni aniqlay bilish va buni bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.
Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini taxlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo`llarini topa olishi kerak.
Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishning mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanish lozim.
Pedagog bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo‘lishi, sabr-toqatli, yumshoq, bolaning kuch va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi bolaga mehr-oqibat bilan munosabatda bo‘lsa, bolalar bilan uning o‘rtasidagi mexribonlik, g‘amxo‘rlik, munosabatlari yuzaga keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun bizda pedagogika oliy o‘quv yurtlari tarmoqlari tashkil etilgan.
Pedagogika o‘quv yurtlarida beriladigan ta’limning mazmuni o‘quvchilarda nazariy, amaliy jixatdan, shuningdek ijtimoiy foydali mexnatga tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha tarbiya xodimlarining nazariy bilimlari bilan qurollantirishdan ko‘zlangan maqsad maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni maktabda bilim asoslarini egallashga tayyorlash uchun ularni xar tomonlama rivojlantirishdir.
Pedagog praktika bo‘lajak pedagogni o‘z kasbining moxir utsasi qilib tayyorlashda muxim vositadir.
Tarbiyachilik sa’natini egallash har qanday o‘quv fanini o‘zlashtirishdan ham murakkabdir.
O‘qish davridagi jamoatchilik ishlari faol fuqoroni, uning g‘oyaviy yo`nalishini va pedagogik malakalarni shakllantirishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |