2. Katta tarbiyachining vazifasi, huquqi va unga quyilgan talablar. Pedagoglar jamoasi yosh pedagogda yana quydagi sifatlarni shakillantirish kerak: pedagog maxoratni egallashga sidqidildan intinish: o‘z ish natijalari uchun javobgarlik xissini sezish: o‘z ishiga sodiqlik: insoniy izlanishga mutsaqil intilish: shaxar, rayon miqyosidagi metodik ishlarida faol qatnashish. Shunday qilib,umumiy maqsad bilan birlashgan pedagoglar jamoasi yosh mutaxasisida pedagogik maxoratni shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini tayyorlash maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha tarbiya fakultetida yoki pedagogika va psixologiya fakultetlarida maktabgacha tarbiya muassasalari uchun kadrlar tayyorlanadi.
Tarbiyachining ishi juda xam mas’ulyati va qiyin ishidir. Asosiy qiyinchilik shundan iboratki, har bir guruhda 25 va undan ortiq bola tarbiyalanadi. Ular biri-birlaridan psixologik xususiyatlari bilan farq qilib, har biri turli qobiliyat, qiziqish va xarakterga egadir.
Tarbiyachining xuquqi va vazifalari maktabgacha ta’lim muassasasining utsavida belgilangan va ular quyidagilardan iborat:
O‘rta maxsus bilim yurtini bitirgan kishi tarbiyachi bo‘la oladi. Tarbiyachi faqat ratson, shahar xalq ta’limi bo‘limlari orqali ishga tayinlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri tarbiyachining bo‘shashi yoki ishga olinishi haqida xalq ta’limiga habar beradi.
Tarbiyachining ish kuni-6 kun
Pedagoglarning mehnat otpuskasi 36 kun.
U programma, metodik ko‘rsatmalar va qat’iy plan asosida ishlaydi.
Ota-onalar bilan muntazam ravishda alohida bo‘ladi. Shuning uchun u o‘z utsida ishlab, malakasini oshirib borishi lozim.
Mutlaqo hamma soxada mukammallashmoq, chuqur bilim va madaniyatni egallamoq, axloqli kishilarni tarbiyalashda va bularning hammasini bolalarga singdirmoq tarbiyachining muxim vazifalaridan hisoblanadi.
Bundan tashqari, tarbiyachila, rahbar xodimlar sistemali ravishda o‘z mutaxassislari bo‘yicha ya’ni metodik adabiyotlarni, maktabgacha tarbiya muassasalarining ilg‘or tarbiyalarini o‘rganishlari, xalq ta’limi qoshida tashkil etilgan metod birlashmalariga qatnashishlari kerak.
Pedagoglik mahoratini ko‘rsatib ishlagan maktabga tarbiya xodimlari mukofotlanadilar.
Eng muhimi-tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mexnatsevarligi, tashshabbuskar-ligini to‘g‘ri taqdirlash va mutsaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratish kerak.
Ta’lim to`g`risidagi qonunning 4-bo`limi «Ta’lim tizimi boshqarish» bo`limida uning 25- moddasida shunday deyiladi: Ta’lim soxasida yagona davlat sistemasini amalga oshirish Davlat boshqaruv organlariga rahbarlik qilish ta’limni rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan biridir. Maktabgacha tarbiya to`g`risidagi Nizomda ham Maktabgacha tarbiya muassasalarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan.Maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida (44 yil) va 1977 yilda har bir bolalar muassasasi tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan katta tarbiyachining ish jarayonida huquq va vazifalari, huquqlari aniqlab belgilab beriladi, ya’ni katta tarbiyachi, birinchidan, kamida 3 yillik o`rta maxsus va 5 yillik oliy ma’lumotiga ega bo`lgan yetakchi metodik jihatdan kuchli ma’naviy siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida 1 ta xorijiy tillarni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, katta tarbiyachi quyidagilarni bilishi shart.
Katta tarbiyachi:
maktabgacha bolalar muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
“Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya programmasi”ning bajarilishini ta’minlaydi va kontrol qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to`g`ri uyushtirilishi uchun javobgar;
ilgor pedagogik tajribani o`rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik sovetda ko`rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; maktabgacha bolalar muassasasidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo`llanmalar va o`yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o`rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh gruppalari tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha bolalar muassasasi va maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo`yicha ishni uyushtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |