Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidagi “Mohlaroyim-Mehrigiyo Oltinsoy” xususiy ishlab chiqarish korxonasi va NNT o’quv markazi rahbari Nazarova Bibisora Normamatovnaman, xozirda kichik ishlab chiqarish seximizda o’n besh nafar xotin qizlarni ish bilan band qilganmiz. Surxondaryo viloyat Bandlik Boshqarmasi bilan shartnoma qilganman. Kelgusida ish o’rinlar sonini 40-50 taga etkazmoqchiman. Ayollar daftarida turadigan ishsiz ayollarni kasb-hunarga o`qitib ish bilan ta`minlamoqchiman, ish o’rinlarini ko’paytirish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinkalari va xom ashyo olishimga yordam bering!
Cheksiz hurmat bilan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi “Mohlaroyim-Mehrigiyo Oltinsoy” NNT o`quv markazi rahbari Nazarova Bibisora Normamatovna
Do'stlaringiz bilan baham: |