3. Katta tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarligi.
Katta tarbiyachi oliy pedagogik ma’lumotga (maktabgacha pedagogika fakulteti) ega bo`lgan yoki o`rta pedagogik (maktabgacha bo`limi) ma’lumotga va kamida 3 yil pedagogik stajiga ega bo`lgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi.
O`z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga uz vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun katta tarbiyachi qanday rahbarlik sifatlariga ega bo`lishi kerak?
Katta tarbiyachi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmasiga ham ega bo`lishi zarur.
Tajribali katta tarbiyachining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: goyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishga qarab farqlanadi.
Katta tarbiyachi talablarni qo`yishda talabchan va qat’iy bo`lishi kerak. Raxbarning o`ziga buysinuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodolovchi bu sifatlar raxbarlik uslubining muhim xislatini - talabchanlikni xosil kiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixoxlik, odamlarga xurmat bilan birga qo`shib olib borish zarur. Talabchanlik – bu qattiqqo`llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbexlar, xayfsanlarning foydasidan ko`ra zarari ko`proq va bu odatda raxbarning kuchligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi.
Maktabgacha tarbiya muassasa ta’lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obrusi kup jixatdan pedagoglar jamoaining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa raxbar yadrosida birlik va uzaro tushunishning mavjudligiga bog`lik bo`ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mexnat aktivligi va ijodiy ishlash extiyojini ragbatlantirish; kabul kilingan karorlar echimini ta’minlash kabi sotsial – psixologik masalalarini xal qilish katta tarbiyachi uchun birmuncha murakkablik qiladi.
Xar bir yosh mutaxassis – ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy – tajribaliroq va obro`lirok tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb maxoratini egallab olishi osonlik bilan bo`lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilgor metodlari va usullarini egallashga, uz bilimlarini doimo tuldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo`llash katta tarbiyachining vazifasi hisoblanadi.
Katta tarbiyachining doimiy hujjatlari qatoriga gruppalardagi ta’lim-tarbiyaviy va sog`lomlashtirish ishlarini kontrol qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda katta tarbiyachi o`zining gruppalarda bolalarning o`quv, o`yin, mexnat faoliyatlarini o`rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning programmaning turli bo`limlari bo`yicha egallagan bilim, ko`nikma va malakalarining analizi; bolalarning xulq-atvor madaniyati, ma’naviy-irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko`nikmalarini egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Katta tarbiyachi tarbiyachilar ishidagi ijobiy momentlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning kiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini analiz qiladi hamda ishni yaxshilashning konkret yo`llarini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |