O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXIV ISHINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Respublikada arxiv ishini va ish yuritishni yanada rivojlantirish, arxiv hujjatlari saqlanishini ta’minlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqning normativ va metodik bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
3. Davlat budjeti mablag‘lari, respublika arxiv muassasalarining budjetdan tashqari daromadlari va grant mablag‘lari Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dastur tadbirlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini hamda arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirishning belgilangan maqsadli mo‘ljallariga erishilishini ta’minlasin.
5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari idoraviy arxivlar faoliyatini rivojlantirish, idoraviy saqlashdagi Milliy arxiv fondi hujjatlarining saqlanishini va ilmiy-texnik jihatdan ishlanishini ta’minlash, shuningdek arxiv ishi va ish yuritish xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda:
ushbu qarorda nazarda tutilgan maqsadli mo‘ljallarga erishish tadbirlarini, shuningdek 2011-yilgacha arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturini amalga oshirishga;
idoraviy saqlash bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ilmiy-texnik jihatdan ishlashga va ularning saqlanishini ta’minlashga, shuningdek vazirliklar, idoralar va respublika boshqa tashkilotlarining har yilgi takliflariga muvofiq xodimlar malakasini oshirish tadbirlariga zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/174/0343-son)
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va Moliya vazirligi bilan davlat yangi arxivlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlar loyihalarini kelishib olsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-avgust,
194-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 347-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/174/0343-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |