O’qitishning amaliy ishlar metodi
Amaliy metodlarga masalalar echish, chizmalar tayyorlash, yozma mashqlarni bajarish kabilarni kiritish mumkin. Nazariy jihatdan egallangan bilimlar amalda qo’llab ko’riladi. Grafik jadval, kartalar chizish ham tegishli ko’nikma va malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari metodi.
Laboratoriya mashqlari frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, praktikumlar o’qitishning texnik vositalari va o’quv qurollari tipidagi boshqa asbob-uskunalar bilan mashg’ulotlar tarzida o’tkaziladi. Laboratoriya metodining boshqa o’qitish metodlaridan farqi, shundaki, bu metod bilan ish qo’rilganda har qaysi talaba nimanidir mustaqil, shaxsan tajriba qilib kuradi. Dars pedagog rahbarligida talabalarning mustaqil tajriba o’tkazishlariga qaratilgan bo’ladi. Laboratoriya mashg’ulotlarida mustaqillik, aktivlik, tashabbuskorlik oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |