Ekskursiya metodi
Ekskursiya metodi sinf sharoitida dars jarayonida qo’llaniladigan o’qitish metodidan tubdan farq qiladi. Bu metod bilan o’rganilayotgan narsa va hodisalarni tabiiy sharoitda (zavod, fabrika, tabiatni kuzatishga) yoki maxsus muassasalarga (muzey, ko’rgazma va hokazolarga) tashkiliy ravishda boriladi. Ekskursiya vaqtida kuzatish, zarur materiallarini yozib olish, rasmga tushirish, o’lchash, hisoblash ishlarini olib borish mumkin. Ekskursiya davomida suhbat o’tkazish, hulosalar yasash, o’z fikrlarini umumlashtirish va yakun yasash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |