Merinoslar - bir tekis mayin junli qo‘y zoti. Mayin junli qo‘ylar vatani o‘rta Osiyo 19-asr va 20-asr boshlarida merinosning boshqa mamlakatlardan keltirilgan bir necha turi, shuningdek, rus mutaxassislari yetishtirgan zotlari Rossiyada ko‘paytirildi. Rus mutaxassislari tomonidan merinosning yanada mahsuldor askaniya va merinoslar, ozarbayjon tog‘ merinosi, kavkaz, oltoy, salsk, stavropol va boshqa zotlari yetishtirilgan. Merinosning bo‘yin, ba’zan, tana terisi ham burmali bo‘ladi. Juni ingichka (ko‘ndalang kesimi 15-25 mk) momiq tolalardan iborat, uzunligi 6-8 sm; yiliga bir marta qirqilib, qo‘chqorlaridan 8-12 kg, sovliqlaridan 4-6 kg jun olinadi. 35-45% sof jun chiqadi. Qo‘chqorlarining vazni 80-100 kg, sovliqlariniki 40-60 kg.
Degeres qo‘ylar - yarim mayin, uzun junli yangi qo‘y zoti.Qozog'istonda shiropshir zot qo‘yni dumbali (jaydari) sovliqlar bilan chatishtirib yetishtirilgan. Sutdan ajratilgan erkak qo‘zilarining vazni 40-44 kg, urg‘ochilariniki 35-38 kg, bir yarim yoshlik qo'chqorlarining vazni 70-80 kg, sovliqlariniki 53-60 kg, yetuk yoshdagi qo‘chqorlarining vazni 110-118 kg (ayrimlari 135 kg), sovliqlariniki 61-67 kg (ayrimlariniki 84 kg), so‘yilganda 60-62 kg go‘sht-yog‘ qiladi. Sovliqlaridan 3-3,5 kg, qo‘chqorlaridan 4-6 kg jun qirqib olinadi. Bulardan 66-68% toza jun chiqadi. Juni oq, uzun, sifati va yigirilish xususiyati a’lo darajada. O'bekistonga 1959 yildan keltirila boshlagan. Degeres qo‘chqorlaridan Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida dumbali qo‘ylarni yaxshilashda foydalanilmoqda.
O’zbekistonning rejali qo’y zotlari bo’lib qorako’l, xisor, jaydari hisoblanadi.
Qorako’l zoti – eng qadim va eng asl barra teri beruvchi qo’y zoti hisoblanadi. Uning shakllanishi qadimgi Xorazm va Buxoro davlatlari xududlarida kechgan, bunda O’rta Osiyo xalqlarining katta xizmatlari bor. O’rta Osiyoda qorako’lchilikning ravnaqini XVII asr boshlaridan hisoblash mumkin. Qorako’l qo’ylari dag’al junli yog’li dum qo’ylar toifasiga kiradi. Ularning juni asosan ko’kish va oqish bo’ladi. Bir qo’ydan 2,5-3,5 kg. jun qirqib olinadi. Qo’chqorlari 65-88 kg., sovliqlari esa 43-55 kg. bo’ladi. Qo’zilarining tug’ilgandagi vazni 4,5 kg. bo’ladi. Qo’zilariso’yilgan sovliqlar sog’ilib ular sutidan pishloq tayyorlanadi. O’rtacha 100 sovliqdan 105-120 qo’zi olinadi. Qorako’l qo’ylari bir necha tusda bo’ladi. Ulardan 85% qora tusda (arabi), 10% ko’k tusda (sherozi) va 5% sur qo’ylari tashkil qiladi. Qorako’l qo’ylari ichida mustahkam, nozik, o’ta nozik va dag’al tana tuzilishidagi qo’ylarni ajratish mumkin. Qorako’l qo’ylari chidamli, ular sahro va yarim sahro yaylovlarini samarali foydalanadilari. O'zbekistonning asosiy qo’y zoti bo’lib ular soni 5 mln. boshdan ortiq. Qorako'lchi-selektsionerlar, mutaxassislar hamda cho‘ponlar tomonidan sur qo‘ylarning sermahsul «Surxon» turi, «Nurota» turi, kumush sur qo‘ylarning «Qoraqum» turi, tilla, kumush sur teri beradigan «Qizilqum» turlari yaratilgan. Shuningdek qorako‘lchi seleksionerlar «Muborak», «Nishon» «Konimex», «Jinov», «Ravnina» va boshqa sermaxsul zotdor turlarini chiqardilar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarining asosiy vazifasi qorako‘l terini ko‘plab yetishtirish, teri sifatini tobora yaxshilash, ayniqsa, yarim dora qalami gulli jaket nav terilarni ko‘proq beradigan zotdor turlarini takomillashtirishdan qora rangli teri yetishtirish bilan bir qatorda ko'k sur, guligaz (pushti) va boshqa qimmatbaho rangli terilar yetishtirishni ko‘paytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |