Mavzu: jamlanma byudjet tushunchasi va uning tarkibiga kiruvchi jamg'armalar mohiyati kirish


Konsolidatsiyalashgan byudjetning istiqbollari va kelgusi yillar uchun prognozi



Download 1,69 Mb.
bet9/12
Sana18.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#818872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi jsi jdix

Konsolidatsiyalashgan byudjetning istiqbollari va kelgusi yillar uchun prognozi.
2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSH dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.
2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda 2022 yil uchun davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari 177,7 trln so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan transfertlardan tashqari), davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 58 trln so‘mni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 14,8 trln so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan transfertlardan tashqari) tashkil etadi.
Qonun loyihasida taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, 104 ta davlat OTMlari uchun davlat budjetidan jami 3 trln 640,9 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 51 tasi bo‘yicha 2 trln 378 mlrd so‘mi (65 foizi) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilayotgan mablag‘lar tarkibida, qolgan 53 tasi bo‘yicha deyarli 1 trln 263 mlrd so‘mi (35 foizi) 16 ta sohaviy vazirlik va idoralarga ajratilayotgan mablag‘lar tarkibida aks ettirilmoqda.

6-rasm. Konsolidatsiyalashgan byudjetning 2020 yilgi prognozi va 2023-2024 yildagi mo`ljallari, trln.so`m.
Hisob palatasi tomonidan 2021 yilda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalarini tahlil qilish, ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni maqbullashtirish imkoniyatlari yuzasidan tanqidiy ko‘rib chiqish jarayonida Maktabgacha ta’lim vazirligiga ajratilgan 158,8 mlrd so‘m mablag‘lardan 101,1 mlrd so‘mi foydalanilmaganligi sababli, maqbullashtirildi.
Qonun loyihasida Maktabgacha ta’lim vazirligiga 2021−2022 o‘quv yilida 5 132 ta tayyorlov guruhlari va 4 768 ta xona tashkil etish uchun jami 166,8 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.
«Budjetnomada 2022 yilda budjet muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi indeksatsiyasi (7%) kutilayotgan inflyatsiya darajasidan (9,0 foiz) past miqdorda belgilanayotganligi, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga, elektr energiyasi 33 foizga, tabiiy gaz 21 foizga, issiq suv va issiqlik energiyasi 21 foizga, sovuq suv va kanalizatsiya 33 foizga oshirilishi kutilmoqda», — deyiladi Hisob palatasi xulosasida.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish:
Shuningdek, davlat budjetida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2022 yil uchun 1 trln 849 mlrd so‘mdan ko‘proq subsidiya mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari uchun resurslar xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
Xulosada aytilishicha, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining xulosalariga (2018 yil iyul oyida berilgan) asosan aholini uy-joy bilan ta’minlash uchun keyingi 25 yil davomida yiliga 145 000 ta uy-joylar qurilishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Hisob palatasi tomonidan ushbu subsidiya mablag‘lari tahlil qilgan holda 2022 yil budjet loyihasida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m (250,3 mlrd so‘m qo‘shimcha) subsidiyalar ajratilishi tavsiya etildi.
2022 yilda 25 676 ta fuqarolarga kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun qariyb 1 trln 524 mlrd so‘m;
2 900 ta fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun 53,6 mlrd so‘m;
2020 va 2021 yillarda to‘lab berilgan subsidiyalarning foiz to‘lovlari uchun 17 808 ta fuqarolarga 357,9 mlrd so‘m,
7 352 ta harbiy xizmatchilarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarni bir qismini qoplash uchun 164,5 mlrd so‘m.
Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan xarajatlar:
2022 yil uchun davlat budjeti loyihasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar uchun 23,2 mlrd so‘m yoki YAIM ga nisbatan 2,8 foiz miqdorida ko‘zda tutilgan.
Budjetnomada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiya xarajatlari doirasida quyidagilar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda:

Prezidentning farmon va qarorlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish:
Prezident topshiriqlari asosida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida 47 tlrn 576 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘lar nazarda tutilgan.
Jumladan, davlat budjetidan 2022 yilda sohalar kesimida quyidagi davlat dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
- ta’lim sohasida hozirgi kun talablari darajasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish dasturlari uchun 5 trln 412 mlrd so‘mdan ko‘proq;
- fanni rivojlantirish dasturlari uchun 563,6 mlrd so‘m;
- sog‘liqni saqlash sohasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha davlat dasturlariga 4 trln 205 mlrd so‘mdan ko‘proq;
- madaniyat sohasidagi davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun 418,5 mlrd so‘m;
- jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlariga 588,7 mlrd so‘m;
- tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash xarajatlari uchun jami 2 trln 889 mlrd so‘m;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat dasturlari va tadbirlar uchun jami 2 trln 327 mlrd so‘m, shundan: zararkunandalarga qarshi kurashish xarajatlarini qoplash hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash xarajatlariga 50 mlrd so‘m;
- jismoniy shaxslar tomonidan xonadonlarda yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiyalar uchun 120,2 mlrd so‘m;
- 63 paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarda hamda uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 736,0 mlrd so‘m;
- geologiya-qidiruv ishlari xarajatlariga qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish uchun 1 trln 200 mlrd so‘m;
- «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarining xarajatlari uchun 1 trln 100 mlrd so‘m;
- O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi xarajatlariga 80,0 mlrd so‘m;
- issiqlik ta’minoti korxonalari uchun aholiga tariflarni past narxlarda ushlab turish natijasida ko‘rilgan zararni qoplash xarajatlari uchun 1 trln 152 mlrd so‘mdan ko‘proq;
- mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga utilizatsiya xarajatlariga 100 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilmoqda.
Tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriluvchi xarajatlar tahlili:
Hisob palatasi xulosasida 2022 yil uchun 1 AQSH dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilingan.
Qonun loyihasida davlat qarzi hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmi va manzilli ro‘yxati Hisob palatasi tomonidan tahlil qilinganda, 2022 yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasida ko‘zda tutilayotgan loyihalarni davlat budjetiga tegishli ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, qonun loyihasida Xalq ta’limi vazirligining 3 ta loyihasi bo‘yicha 85,0 mln dollar (962,2 mlrd so‘m) moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, haqiqatda ushbu loyihalar Investitsiya dasturi loyihasida istiqbolli bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘yicha qarz bitimlari imzolanmagan (2022 yilda imzolanishi ko‘zda tutilgan).
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining «O‘zsuvta’minot» AJ ga tegishli 11 ta loyihasi doirasida 720,5 mlrd so‘m (63,6 mln dollar) moliyalashtirish ortiqcha rejalashtirilgan bo‘lsa, «Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish» loyihasini moliyalashtirish uchun 253,9 mlrd so‘m (22,4 mln dollar) mablag‘lar umuman ko‘zda tutilmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yilda moliyalashtirilishi mo‘ljallangan jami 12 ta loyiha uchun 561,5 mlrd so‘m (49,6 mln dollar) mablag‘lar qonun loyihasida ko‘zda tutilmagan.
Xuddi shunday, Suv xo‘jaligi vazirligi loyihalari bo‘yicha 51,7 mln dollar (585,2 mlrd so‘m), Innovatsion rivojlanish vazirligi bo‘yicha 19,5 mln dollar (220,7 mlrd so‘m), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bo‘yicha 9,6 mln dollar (108,7 mlrd so‘m), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘yicha 4,5 mln dollar (50,9 mlrd so‘m) farqlar mavjudligi aniqlangan.
Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari tahlili:
Ma’lumotlarga ko‘ra, konsolidatsiyalashgan budjet loyihasida Davlat maqsadli jamg‘armalarining 2022 yilgi jami daromadlari (transfertlarni hisobga olmagan holda) 31,7 trln so‘m, xarajatlari esa 58,5 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.
Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalarini taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan ishlab chiqish maqsadida davlat maqsadli jamg‘armalarining 2022 yil boshidagi kutilayotgan 6,1 trln so‘mlik qoldiq mablag‘lari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Davlat budjetidan davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘zlariga yuklatilgan davlat funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun 25,4 trln so‘mlik maqsadli transfertlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Xulosa
1. O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini, ular o’rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. Tarkibiy jihatdan konsolidatsiyalashgan byudjet davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini o’z ichiga oladi.
2. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir.
3. Davlat maqsadli jamg’armalari aholining bir qator ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va konstitutsion huquqlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari fondidir. Davlat maqsadli jamg’armalari mamlakat YaIMning ma’lum ijtimoiy maqsadlar uchun qayta taqsimlash va foydalanish shaklidir. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: daromad manbalarining aniq belgilanganligi; mablag’larning qat’iy maqsadli ishlatilishi; mablag’larning shakllanishi va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti sifatida faoliyat ko’rsatishi; byudjetdan tashqari ekanligi.
4. Iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiya siyosatini amalga oshirish O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining asosiy maqsadidir.
5. Davlat byudjetining tarkibi va hajmi quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; korxonalar, tashkilotlar, va muassasalarning xo’jalik yuritish usullari; iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etishda davlatning tutgan o’rni; iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarni markazlashgan moliyaviy resurslar hisobidan ta’minlanish darajasi;
6. Davlat maqsadli jamg‘armalar moliyaviy barqarorligi quyidagi mezonlarga ham bog‘liq bo‘ladi: davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari; YaIM tarkibidagi soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlarning ulushi; aholining turmush darajasi; soliqlar, majburiy ajratmalarning aholi va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida taqsimlanish xususiyatlari; davlat moliya siyosatining asosiy yo‘nalishlari; byudjet defitsiti darajasi va boshqalar;
7. O’zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjetining samarali ijrosini ta’minlashda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
- davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlari bilan bog‘ liq munosabatlar doirasida byudjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini takomillashtirish lozim;
- byudjetdan mablag oluvchi byudjet tashkilotlarining o‘z harajatlarini mablag bilan ta’minlashda mustaqil o‘z faoliyati natijasida shakllanadigan mablaglardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Masalan, bo‘sh turgan obyektlarni ijaraga berish, o‘z faoliyatidan kelib chiqqan holda tijorat asosida ko‘riladigan daromadlar tizimini shakllantirish va o‘z navbatida bu yo’l bilan byudjet mablag‘lariga bo‘lgan talabni qisqartirib, aksincha o‘z daromadlari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish zarur;
- byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishni takomillashtirishda zarur ma’lumotlar bazasini etarli va sifatli darajada shakllantirish kerak;
- byudjet xarajatlarining moliyalashtirish samaradorligining asosiy mezoni sifatida, ko’p hollarda, ijtimoiy-iqtisodiy tavsifdagi natijalar asos qilib olinadi, navbatdagi vazifa ushbu xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini baholash mezonlari va mexanizmini ishlab chiqish zarur bo’ladi. Bu esa byudjet xarajatlarining samaradorligini aniqlashda bosh omil hisoblanadi;
- yaxlit byudjet siyosatining samaradorligi, byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosiga bevosita bog’liqdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohadagi xarajatlarning zalvorli yuki, mahalliy byudjetlarga tushayotgan hozirgi bir sharoitda mahalliy byudjetlarining barqaror daromad manbaini shakllantirish bo’yicha islohotlarni yanada chuqurlashtirishni talab qiladi. Shuning uchun: hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishning asosiy omili sifatida kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish; hududlarga xorijiy investitsiyalarni keng joriy etish; past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni sog’lomlashtirish va boshqalar;
- soliqlarning rag’batlantiruvchi funksiyasini oshirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida qoladigan mablag’larni qo’shimcha ish o’rinlarni yaratish, texnik modernizatsiyalash va innovatsion faoliyatga yo’naltirilishini ta’minlash;
- byudjet mamlakat iqtisodiyotining asosiy o’zagi bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjetni ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tizimi manzilligini kuchaytirish va davlat dasturlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmining samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi;
- moliyalashning turli manbalari hisobidan Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining resurs bazasini yanada mustahkamlash, resurslarini iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Jamg’arma rolini oshirish, strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash zarur.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish