Mavzu: jamlanma byudjet tushunchasi va uning tarkibiga kiruvchi jamg'armalar mohiyati kirish


-rasm. Davlat maqsadli jamg’armalarining tasniflanishi11



Download 1,69 Mb.
bet7/12
Sana18.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#818872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi jsi jdix

3-rasm. Davlat maqsadli jamg’armalarining tasniflanishi11
Ammo, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ- 2847-sonli Qaroriga12 muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg’armasi negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi. Shunga muvofiq mamlakatimizda bugungi kunda jami 6 ta davlat maqsadli jamg’armalari faoliyat yuritmoqda.
Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilg’or o’quv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash, jamlanadigan mablag’lardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli Qarori13 qabul qilindi. Mazkun Qarorda Jamg’armaning asosiy vazifalari, daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi. Pensiya jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashidir.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi davlat aktivlarini xususiylashtirishdan va Byudjet Kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xarajatlar moliyalashtirilishini ta’minlash uchun yagona ijtimoiy to’lovdan ajratmalar va Byudjet Kodeksining 56-moddasida nazarda tutilgan boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʼllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʼarmasi respublika milliy manfaatlarini inobatga olgan holda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va ularni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro huquq normalari va qoidalariga asoslangan faoliyatini amalga oshiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʼarmasi belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan, Aholi bandlikka ko’maklashish markazlarida ish izlovchi sifatida ro’yhatdan o’tgan, haq to’lanadigan jamaot ishlariga yo’naltirilgan fuqarolar ishtirokini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. Shuningdek respublikaning barcha hududlarida ishsiz va band bo’lmagan aholini keng jalb jalb etgan holda jamoat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʼdorchilik va issiqxona xoʼjaligini rivojlantirish jamgʼarmasi mablag’larini shakllantirish manbalari O’zbekiston Respublikasining TIF TN kodi 07 va 08 bo’lgan tovar guruhlari bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlarini import qilishdan tushgan bojxona to’lovlari summasining 10 foiziga teng ajratmalar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari va grantlari kabi mablag’lar belgilangan bo’lib, ular bog’larda va issiqxonalarda irrigatsiya tadbirlarini o’tkazish, suv yetkazib berish, artezian quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig’imlar xarid qilish uchun sarflanadi.
Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi mablag’lari etib budjetdan ajratiladigan subsidiyalar, korxonalarning alkogolli mahsulotlar ulgurji savdosi sof foydasidan 5foiz miqdordagi ajratmalar, “Enologiya labaratoriyasi” DUK va “Uzumchilik o’quv markazi” DUKning ajratmalari, xalqaro kreditlar va grantlar belgilangan bo’lib, ular uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish uchun sarflanadi.
Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʼarmasi mablag’larini shakllantirish manbalari etib O’zbekiston Respublikasi budjetiga tushadigan mablag’larni 29 foizdan 10 foizga kamaytirgan holda, mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lanadigan to’lov summasining 19 foizi, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarining grantlari va texnik ko’mak mablag’lari, jamg’armaning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini joylashtirishdan tushgan daromadlar belgilangan bo’lib, ular tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o’z vaqtida yangilash, tez tibbiy yordam xodimlarini o’qitish, malakasini oshirish va ularga ustamalar to’lash, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi yo’nalishlarga sarflanadi.
Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʼarmasining maqsadi nogironligi bo’lgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam berish va reabilitatsiya sifatini oshrish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga ko’maklashishdir. Jamg’arma mablag’lari esa nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10foizi miqdordagi ajratmalar, nogironligi bo’lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10foizi miqdoridagi ajratmalar, yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisoblanadi.
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʼarmasining asosiy vazifasi etib umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining kutubxona jamg’armalari uchun umumta’lim fanlari bo’yicha darsliklar va o’quv-metodik majmualar bilan ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari va homiylik xayriyalarini, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlarini, darsliklar va chet tillari bo’yicha mashq daftarlarining ijara to’lovlarini jamlash, ushbu mablag’lardan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasining asosiy vazifasi etib kichik tadbirkorlik subyektlariga qayd etilgan maqsadlarga kredit ajiratish uchun tijorat banklariga, jumladan, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish, kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50foizigacha, ammo 500ming AQSH dollaridan ko’p bo’lmagan yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo’yicha kafil bo’lish belgilangan.
Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʼarmasi aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo’lgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag’ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Jamg’arma mablag’ini shakllantirsh manbalari esa telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni amalga oshrish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’lashdan tushuvchi mablag’ning 50foizi, 2018-yil 1-yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to’lashdan tushgan mablag’ning 20foizi, 2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to’lashdan tushgan mablag’ning 70foizi, yuridik va jismoniy jshaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari hisoblanadi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʼmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari
-Turizm sohasini qoʼllab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag'larini shakllantirish manbalari joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, turizm bazalari va majmualari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oilaviy mehmon uylari, o‘tovli oromgohlar, sanatoriylar va boshqa mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatuvchi obyektlar) undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘imdan tushumlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari!, xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar bo‘yicha tushumlar, turistik (mehmonxona) yig‘im o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undirilgan penya, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
turizm sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish, turizm infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash, turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, shu jumladan sohaviy xorijiy o‘quv markazlarida va ta’lim muassasalarida stajirovkalardan o‘tish, hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish, xorijiy turizm yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turistik Tashkiloti (YNVTO)ga a’zolik badallari to'lash, Qo‘mita, shu jumladan uning hududiy boshqarmalari va “Ipak yo‘li ofisi” UK faoliyatini moliyalashtirish, vakillik xarajatlari va sovg‘alar xarid qilish, Qo‘mita xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Qo‘mita tomonidan davlat unitar korxonalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (ko‘rsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun jalb etilgan kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni qaytarish, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat unitar korxonalariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, a’zolik badallarini to‘lash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq to‘lash uchun xorijiy valyutada mablag‘lar ajratishiz,Turizmni rivojlantirish instituti hamda Kongress va ko‘rgazmalar markazi faoliyati moliyalashtirish.
Yoshlar-kelajagimiz Jamg'armasining asosiy vazifasi hisoblanadi:
tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish uchun yillik 5 foiz stavka bo'yicha tijorat banklariga moliyaviy resurslar ajratish, tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan (bunda, bank marjasi 2 foizni tashkil etadi) imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish, tadbirkorlik sub`yektlariga “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida beriladigan tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 1 mlrd. so'mdan oshmaydigan miqdorda Jamg'arma kafilligini berish, Bunda, Jamg'arma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal umumiy miqdori Jamg'arma mablag'larining 25 foizidan oshmasligi kerak. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg'arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish, tegishli ko'nikmalarga ega, band bo'lmagan yoshlar yashaydigan uy xo'jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko'maklashish. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: daromadlarning prognoz qilingan qismini oshirib bajarish hisobiga respublika budjetidan 2018-yil avgustda, 1-oktabrgacha va 1-dekabrgacha teng ulushlarda ajratiladigan 500 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz moliyaviy yordam, har chorakda Jamg‘armaga o‘tkaziladigan, vazirlik, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan yillik tushumlarning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni 13-bandiga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasiga har oyda tushadigan mablag‘larning 10 foizi, mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — jismoniy va yuridik shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklarining depozitlari hamda boshqa moliyaviy aktivlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar, Davlat dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha beriladigan Jamg‘armaning kafilligidan tushadigan daromadlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash Jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish, xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari,
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Byudjetdan tashqari fondlar haqida gap ketganda shuni ta’kidlash lozimki, bu fondlar har doim ham davlatga tegishli bo`lmaydi, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy- iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojlarning kengayishi jamiyat a’zolarining kengayib borayotgan turli xil ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan nodavlat maqsadli fondlarining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo`ldi. Maqsadli jamg`armalarni quyidagi xususiyatlar bo`yicha tasniflash mumkin (4-rasm).


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish