2-rasm. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti tuzilmasi10. -O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi munosabati bilan jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha markazlashtirilgan jamg’arma;
-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi;
-O’zbekiston respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi;
-Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi;
-Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini rivojlantirish jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi;
-O’zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi;
-Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish hamda transformatsiya va xususiylashtirish jamg’armasi;
-“O’zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg’armasi
-O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi;
-O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
Byudjet nazariyasi va amaliyoti bir joyda qotib turmaydi, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar, har bir davrning rivojlanish ustuvorliklari, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning oldidagi vazifalardan kelib chiqqan holda o’zgarib turadi, takomillashib boradi. Xususan, “iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish”1 maqsadida “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli Qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi negizida Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilindi. Bugungi kunda ushbu qayta tashkil etilgan jamg’armaning mablag’lari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan fan va ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi keng ko’lamli tadbirlar va dasturlarni moliyalashtirishga safarbar etilmoqda.