SLOVENIYA RESPUBLIKASI
Maydoni-20,3 ming kv.km. Aholisi-2,1 mln kishi. Poytaxti-Lyublyana shahri (350 ming kishi). Janubiy Yevropada Bolqon yarim orolining shimoli- g’arbida joylashgan davlat. G’arbdan Italaya shimoldan Avstriya sharqdan Vengriya, janubdan Xorvatiya bilan chegaradosh. Davlat tuzuimi-respublika. Davlat boshlig’i- president, hukumat boshlig’i- bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyati parlament. Davlat tili-sloven, serb-xorvat tillari. Aholi zichligi har kv.km. maydonga 98.5 kishidan to’g’ri keladi. Aholining tabiiy o’sishi har ming kishiga 2 ta. O’rtacha umr ko’rish erkaklarda- 71, ayollarda- 78 yoshga teng. Sloveniya - BMT ga a’zo.
Mamlakat hududini eramizdan oldingi 1 asrda rimliklar bosib olgan. VI asrdan slovenlar yashaydi. 1335 yildan to 1918 yilgacha Gabsburglar tomonidan boshqarilgan. 1929 yildan Yugoslaviya tarkibida bo’ladi. 1941 yil 25 iyun o’z mustaqilligiga erishadi.
Iqlimi mo’tadil kontinental. Yanvar oyining o’rtacha harorati +2C, + 4C, iyulniki +12C, +15C, yog’in miqdori 500-700 mm atrofida. Eng baland joyi Triglavtog’i 2863 m. Asosiy daryolari Sava va Drava. O’rmonlar 45% maydonni egallaydi.
Sloveniya industrial- agrar mamlakat, iqtisodi o’ta darajada rivojlangan. Qo’ng’ir ko’mir, marganes, kaolin, temir rudalariga boy. Qora va rangli metallurgiya taraqqiy etgan. Mashinasozlikda radiopremnik, televizor, sovutgichlar, elektr va gaz plitalar, kir yuvish mashinalari, dengiz va daryo kemalari, temir yo’l vagonlari, stanoklar va elektrotexnika jihozlari ishlab chiqariladi. Zamonaviy to’qimachilik, daraxtga ishlov berish hamda oziq-ovqat sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakat hududining 25% idan qishloq xo’jaligida foydalaniladi.
Yirik shaharlari: Maribor (180 ming kishi), Sels (120 ming kishi), Kran (100 ming kishi). Transportida avtomobil va temir yo’l transporti yetakchi. Pul birligi-tolar.
ITALIYA RESPUBLIKASI
ITALIYA (Italia), Italiya Respublika-si (Republika Italiana) —Yevropa janubida, O’rta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarimoroli, Sitsiliya, Sardiniya va boshq kichik orollarni o’z ichiga olgan. Poytaxti-Rim shahri. Hududi-311230 km2. Aholisi- 57998400 kishi (2003y). Tili – italyan. Dini – aholilisining asosiy qismi protestantlar, musulmonlar, yahudiylar. Pul birligi- yevro. Ma’muriy jihatdan 20 viloyatga bo’linadi.
Janubiy Yevropada, Apennin yarimorolida joylashgan. Shimolida Avstriya (chegara uzunligi – 430 km) va Shveysariya (740 km) shimoli- g’arbda Fransiya (488 km) sharqda - Sloveniya (199 km) bilan chegaradosh. Sardiniya , Sitsiliya, Elba orollari va bir qancha kichik orollar ham Italiyaga qarashli Italiya hududi janubda va g’arbda O’rta yer dengizi, sharqda Adriatika dengizi bilantutash, chegarasining 1899,2 km. Hududining 80% tog’ va qirlardan iborat.Italiyaning shimolida Alp tog’lari joylashgan. Alp va Apennin tog’lari oralig’ida Po daryosi vodiysi bilan Lombar tekisligi joylashgan.
Italiyaning asosiy daryolari- Po, Tibr. Haydaladigan yerlar mamlakat hududuning 32% o’rmon va butazorlar 22% yaylov va o’tloqlar 17% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |