Iqtisodiyoti va transport kommunikatsiyalari. Hozirgi kunda Italiya Yevropaning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi Sanoatning asosiy tarmoqlari: avtomobilsozlik (dunyoda 5- o’rinda) kimyo sanoati, metallurgiya, po’lat eritish, oziq-ovqat sanoati to’qimachilik kiyim kechak va poyabzal ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondiradi.Italiyada xizmat ko’rsatish va turizm rivojlangan. 2004-yil YIM miqdori 1609000 mlndollarni ( aholi jon boshiga 27700 dol) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari YeIH mamlakatlari, AQSH, OPEK mamlakatlari.
Temiryo’llarning umumiy uzunligi 20011 km, avmobil yo’lari 294410 km, ichki yo’llari 2400 km. Dengiz portlari- Ankona, Venetsiya, Genuya, Sardiniya, Spetsiya, Livorno, Neapol, Palermo (Sitsiliya) Taranto, Triyest.
Transporti. Yo’lovchilarning 90% dan ko’prog’i yuklarning 80% dan ortig’i avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yo’llari uzunligi - 304 ming km, temir yo’llari uzunligi 19,6 ming km chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati orqali tashiladi ( eksport yuklarning 60-65%, import yuklarning 80-90% ). Asosiy portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol.
Tashqi savdosi. Italiya iqtisodiyot ko’p jihatdan tashqi savdoga bog’liq . Italiya chetga sanoat mashina - uskunalari transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va q.x. mahsulotlari va b.chiqariladi. Chetdan ko’mir, neft, temir, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek mashinalar, yog’och, qog’oz, oziq-ovqat keltiradi. Iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlari AQSH, Rossiya.
O’zbekiston -Italiya munosabatlari.
O’zbekiston suverenitetini tan olingandan so’ng 2la mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yo’lga kirishildi. 1996 yil iyunida va 2000 yil noyabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimovning Italiyaga, 1997 yil mayda Italiya prezidenti, 1997 yil sentyabrda Italiya bosh vazirining O’zbekiston Respublikasiga tashriflari yakunida iqtisodiy madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik sayyohlikni rivojlantirish, investitsiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash to’g’risida muhim bitim va shartnomalar imzolandi.
Mazkur tadbirlarning samarasi o’laroq ikka mamlakat o’rtasida o’zaro mol
yetkazib berish 1992 yilgi 19 mln, 461 ming 800 dollarning 2000 yilda 112,8 mln dollarga yetgan. Italiya O’zbekiston bilan tovar aylanmasi hajmi jihatidan 10 o’rinda, Yevropa Ittifoqi mamlakat orasida GFR va Buyuk Britaniyadan so’ng 3-o’rinda. Eng muhimi aksiriyat yillarda O’zbekistonItaliya bilan savdoda ijobiy saldoga ega bo’lib keldi. Yangi xarid qilganidan ko’ra ko’proq mahsulot sota boshladi.
O’zbeliston Italiyaga paxta tolasi rangli metallar va ulardan yasalgan buyumal, ipak- ip gazlama, kalava ip va boshqa mahsulotlar sotsa, Italiyadan asbob- uskunalar, mebel, plastmassa, go’sh va baliq mahsulotlari, sariyog’ va o’simlik yog’i, kiyim-kechak va boshqalarni sotib olinadi. “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi neft konlarini qidirib toppish va ishlatish, turli texnologiya asbob-uskunalarni neft va gaz korxonalarini keltirib o’rnatish borasida italyan firmalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Jumladan, Sho’rtan, Ko’kdumaloq korxonalarida noyob italyan asbob-uskunalari o’rnatildi.
O’zbekmebel” davlat aksiyadorlik birlashmasi yangi texnologiya va asbob-uskunalar xarid qilish yuzasidan Italiya firmalari bilan yaqin aloqa o’rnatgan. 1994 yilda “Kosta” firmasidan parket va duradgorlik buyumlari ishlab chiqaruvchi texnologiya liniyasi sotib olinadi. 1995 yilda “Nichem”, “Fravol“ firmalaridan xarid qilingan qurilmalar O’zbekistondagi mebel firmalari mahsulotining sifatini oshirdi, mehnat unumdorligini ko’tardi. O’zbekiston respublika Qishloq va sut xo’jaligi, sog’liqni saqlash vazirliklari, “O’zoziq-ovqatsanoat”, “O’zeltexsanoat” uyushmalari, “O’zfarmsanoat” konserni, “O’zbeksavdo” kompaniyasi, “ Yog’moytamakisanoat” uyushmasi bilan amaliy hamkorlikni yo’lga qo’ygan. O’zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Italiyaning 14 banki bilan vakillar munosabati o’rnatgan. Mazkur banklar O’zbekistondagi ko’pgina qurilishlarga moliyaviy mablag’ ajratgan. 1998 yil 13-27 mayda Toshkentdagi san’at muzeyida 2-12 iyunda Samarqand- dagi Chet tillar unversitetida rassom Karlo Karr asarlari ko’rgazmasi, shu yili 25-26 oktyabrda Buxoroda, 31 oktyabrda Toshkentda italyan pioninochisi Pomerantsning konsertlari bo’lib o’tdi. 21-30 okttyabrda Milandagi katolik unversitet olimlardan iborat delegatsiya O’zbekistonda bo’ldi.
O’zbekton bilan Italiya o’rtasida madaniy va ma’rifiy sohalarda ham hamkorlik yo’lga qo’yilgan. 1997 yil mayda Italiya Prezidentining O’zbekiston Respulikasiga rasmiy tashrifi vaqtida madaniy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida imzolangan bitim ikkala mamlakat xalqlarning tili va adabiyotini o’rnatishga, o’quv va i.t. institutlari, olimlar va tadqiqotchilar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, san’at, musiqa, raqs, teatr, kino ustalarining o’zaro muloqotlariga, arxeologiya hamda badiiy merosni o’rganish va saqlash sohasidagi ko’maklashuvga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |