Davlat nomi
|
Poytaxti
|
Maydoni
(ming km.kv)
|
Aholisi
(mln. kishi)
|
Urban-ya
|
Pul birligi
|
Polsha
|
Varshava
|
312,7
|
38,4
|
60
|
Zlotiy
|
Ruminiya
|
Buxarest
|
238,4
|
19,8
|
55
|
Ley
|
Slovakiya
|
Bratislava
|
49
|
5,4
|
54
|
Slovak kronasi
|
Chexiya
|
Praga
|
78,8
|
10,6
|
73
|
Chexiya kronasi
|
Belorussiya
|
Minsk
|
207,6
|
9,5
|
78
|
Belorussiya rubli
|
Bolgariya
|
Sofiya
|
110,9
|
7,1
|
73
|
Lev
|
Moldoviya
|
Kishinyov
|
33,8
|
3,6
|
42
|
Moldoviya leni
|
Ukraina
|
Kiyev
|
603,7
|
42,7
|
74
|
Grinya
|
Vengriya
|
Budapesht
|
93
|
9,8
|
71
|
Forint
|
Sharqiy Yevropa
|
|
1,728
|
146,9
|
69
|
|
Sharqiy Yevropa
Belorussiya Respublikasi
Maydoni: 207,6 ming km2. Aholisi: 9,7 mln. kishi (2007), 9,5 mln (2016). Rasmiy tillari: belorus, rus tillari. Aholisining diniy tarkibi: pravoslavlar - 80%, katoliklar, protestantlar - 20%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: belorus rubli. Bеlorus rеspublikasi 1991 yil 25 avgust kuni mustaqillikka erishdi va 2000 yilda Rossiya bilan ittifoqqa kirdi.
Belarus Respublikasi - Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Davlatni prezident boshqaradi. MDH a’zosi. Aholisining etnik tarkibi: beloruslar - 81,2%, ruslar- 11,4%, polyaklar- 3,9%, ukrainlar - 2,4%. Yirik shaharlari: Gomеl (506 ming kishi), Vitеbsk (400 ming kishi), Mogilеv (380 ming kishi), Grodno (300 ming kishi), Brеst (280 ming kishi), Bobruysk (230 ming kishi), Borisov (130 ming kishi).
Aholi zichligi har 1 kv.km. yеrga 128 kishidan to`g`ri kеladi. Aholining yillik o`sishi esa 0,32% ga tеng. Tug`ilish har ming kishiga 9, o`lim darajasi esa 13 kishini tashkil etadi va o`rtacha umr ko`rish erkaklarda 64 yosh, ayollarda 78 yoshga tеng.
Tabiati. Belorusiya Sharqiy Yevropa tekishgining g‘arbiy qismini egallagan. U yer bir qancha tepaliklar va pasttekisliklardan iborat. Mamlakatning g‘arbiy qismida Polesye botqoqlangan pasttekisligi joylashgan. Belorussiya hududida 10 mingdan ko’proq ko‘l mavjud bo`lib, ulardan 4 mingga yaqini muzliklardan hosil bo’lgan. Iqlimi: mo’tadil kontinental. G’arbdan, ya’ni Atlantikadan mamlakatga ko’pincha iliq va nam havo oqimi kelib turadi. O’rmonlar davlat hududining 36 foizini egallagan. G’arbiy qismda qadimiy o’rmonlar saqlanib qolgan. Belorus, Naliboks, Grodnens va Rujans zich o’rmonlari bunga misol boia oladi. Mamlakatning 12% hududini botqoqliklar qoplagan.
Xo‘jaligi. Davlat iqtisodiyoti Rossiyaniki bilan chambarchas bog’liq. Mamlakatda kaliy tuzi, qurihsh mollari va torf qazib olinadi. Tabiiy gaz va neft Rossiyadan Belorusiyaga import qilinadi. Qora metallami qayta ishlash, mashinasozlik va asbobsozlik, avtomobilsozlik, elektron, harbiy, kimyoviy va boshqa sanoatlar yaxshi rivojlangan. Mamlakatda chorvachilik majmualari va parranda yetishtirish fabrikalari mavjud. Arpa, bug’doy, suli, sholi, kartoshka, zig’ir, kanop, qand lavlagi yetishtiriladi.
Transport tarmogida avtomobil va tеmir yo`l transporti yеtakchi, avtomobil yo`llarining umumiy uzunligi 98200 km, tеmir yo`llar uzunligi esa 5570 km.ga tеng. Belorusiya ma’danli o’g’itlami, mashinasozlik mahsulotlarini, sut mahsulotlami eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |