Мавзу: ив-группа бош группачасига умумий характеристика


Faollashtiruvchi savollar



Download 1,02 Mb.
bet8/45
Sana30.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#196130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
3-китоб(1)

Faollashtiruvchi savollar:

  1. Amepist nima?

  2. Tabiiy slikatlarga misollar ayting?

  3. Rangdor shishalarga asos solgan olim kim?

  4. Kvarts qaerlarda ishlatiladi?

Uyga vazifa.

Keyingi mavzuni o’qish va o’rganish “Inert gazning kashf qilinishi”.
MAVZU: INERT GAZNING KASHF QILINISHI.

Reja:

  1. Atmosfera tarkibi.

  2. Inert gazning fizikaviy xossalari.

  3. Argon misolida gazsimon elementlarning kashf etilishi.

Tayanch iboralar: to’zon, spirt, efir, Rekey, Ramzey, argan, niton, nolinchi gruppa, inert gaz, Jansi.

Atmosfera havosi ko’pgina gazsimon moddalar aralashmasidir. Havo tarkibiga, uning atom massasini hosil qilgan O2 va N2 dan tashqari inert gazlar deb ataluvchi gazlar (bu gazlar XIX asr oxirlarida kashf etilgan), so’ngra CO2 va H2O bug’i ham kiradi. Havoda yana to’zon va bahzi tasodifiy qo’shimchalar ham bo’ladi. tabiatda CO2 yog’och va ko’mirning yonishi, hayvonlarning nafas chiqarish, chirishi va xokozolarda natijasida hosil bo’ladi. Suv bug’i havoda juda xilma-xil miqdorda bo’ladi. Suv bug’i havoning o’zgarmas qismidir. Temperatura qanchalik yuqori bo’lsa, havoda suv bug’i shunchalik ko’p bo’lishi mumkin. Shuning uchun qish paytiga qaraganda yozda namlik kam bo’ladi.

Havodagi to’zon,asosan yer qobig’ini hosil qilgan mineral moddalarning eng mayda zarrachalari, ko’mir zarrachalari, o’simlik changlari, shuningdek turli bakteriallardan iboratdir. Miqdori o’zgarib turadi, qishda kamroq, yozda ko’proq. Yomg’ir tomchilari o’zi bilan birga to’zon va bakteriallarni yuvib ketganidan, yomg’irdan keyingi havo tozaroq bo’lib qoladi.

To’zon CO2 va H2O bug’i tozalangan sof havo mutloqo rangsiz, tiniq bo’ladi, uning mazasi ham xidi ham bo’lmaydi. 1 litr toza havoning og’irligi 0 0C da va 760 mm simob ustun bosimda 1.293 ga teng. Havo 140 0S pan past 80 da va 40 atmosferaga yaqin bosim ostida quyuqlashib, taxminan 190 0C qaynaydi, rangsiz tiniq suyuqlikka aylanadi. Suyuq havo qo’sh devorli shisha idishlarda saqlanadi. Spirt, efir va ko’pgina gazlar suyuq havoda qattiq xolatga oson o’tadi. Masalan; suyuq havo orqali karbonat angdrid o’tkazilsa, u qorga o’xshash oq massaga aylanadi. Suyuq havoga tushirilgan simob bug’lanuvchan qattiq metalga aylanadi. Ko’pgina moddalar suyuq havo bilan sovutilganda o’z xossalari butunlay o’zgartiladi. Rux, qalay shu qadar mo’rt bo’lib qoladiki, ularni osonlik bilan kuuknga aylantirish mumkin. Qo’rg’oshindan yasalgan qo’ng’iroq jaranglaydigan ovoz beradi. Suyuq havoda sovutilgan rezina koptok esa yerga tashlanganda, shisha singari chil-chil bo’lib ketadi. O’zi yaliglanib turgan cho’p suyuq havoga tushirilsa, toza kislorodda yongandek darxol ravshan alangalanib, yona boshlaydi: cho’g’languncha qizdirilgan po’lat pero suyuq havoda ko’zni qamatiradigan alanga berib yonadi.

O’tgan asrning oxiriga qadar havo faqat kislorod va azotdan iborat deb o’ylashar edi. Biroq, 1894 yilda ingliz fizigi Geley havodan olingan azotning zichligi azot birikmalaridan olingan sof azotning zichligiga qaraganda xamisha ozroq ortiq bo’lishiga e’tibor berdi. Havodan olgan azotning bir litri 1.2572 gr bo’lsa, azotning birikmalaridan olingan azotning bir litri 1.2505 gr keladi. Ximiya professori Ramzey, Releyning kashfiyotiga qiziqib qaradi va aztning zichligidagi farq unga og’irroq biror boshqa gaz aralashganligidan ko’rib chiqdi degan fikrni aytdi. Bu olimlar atmosfera azotini tekshira boshladilar. Ramzey taxmini qilgan gazni azotdan ajratib olmoq uchun reaktsiya vaqtida azotni magniy bilan birikib, magniy nitrat hosil qila olishdan foydalandi. Atmosfera azotini cho’g’ holiga keltirilgan magniyli nay orqali bir necha marta orqali o’tkazib, qoldiqqa magniy metali bilan birikmaydigan ozroq miqdor og’ir gaz hosil qildi. Reley boshqacha rol tutdi: u azot va kislorod aralashmasiga elektr uchqunlari ta’sir ettirdi. Bunda azot bilan kislorod birikib azot (II) oksid hosil qildi va u modda keyin azot (IV) oksidga aylanadi. Azot (IV) oksidni ishqor eritmasiga yuttirildi. Natijada Reley ham elektr uchqunlari ta’sirida atmosfera azotidan kislorod bilan birikmaydigan ozroq miqdorda gaz ajratib oldi. Shunday qilib havoda o’sha vaqtgacha ma’lum bo’lmagan yangi gaz borligi topildi va unga argon deb nom berildi.

Argon gaz bo’lib, havodan deyarli bir yarim marta og’ir, bir litr argon n.sh 1.7809 g keladi; uning atom og’irligi 39.9 ga teng. Argon ximiyaviy jihatdan butunlay passiv, (argon so’zi grekcha so’z bo’lib, nafaol demakdir) u har qanday sharoitda ham hech qaysi element bilan birikmaydi.



Argondan keyin, yana to’rtta gazsimon element geliy, neon, kripton, ksenon, kashf etildi. Bular havoda oz bo’ladi. Ular inert gazlardir. Ularning molekulalari faqat birgina atomdan tuzilgan. Boshqacha aytganda, ularning atomlari molekulalar bo’lib birikkan emas. Radiaktiv o’zgarishlarni tekshirish vaqti kashf etilgan ruteniy, radon ham inert gazlarga kiradi. Oldin bu element emanatsiya yoki niton deb atalgan. Geliydan tashqari elementlarning tashqi qavatida 8 ta elementi bor. Geliyda 2 ta bo’ladi va barqaror, shuning uchun inert gaz atomlari element berishga ham, element olishga ham moyil emas.


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish