Isitmani organizm uchun ahamiyati
Isitmada tana haroratini ortishi, uning asosiy belgisi hisoblansada, isitma ayrim organ va tizimlarni funksiyalariga ta’sir etadi. Bu ta’sirlar ko‘p omillarga: qo‘zg‘atuvchini turiga, kasallik xarakteriga, organizmni umumiy reaktivligiga bog‘liq bo‘ladi.
Isitma M.N.T. faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda bemorni boshi og‘riydi, uyqusi keladi, apatiya, hamma joyi ezilib og‘rishi mumkin. Ba’zi bir infeksion kasalliklarda po‘stloq va po‘stloq osti tizimlarda qo‘zg‘alish ustun turadi.
Hayvonlarda isitma paytida barcha shartli reflekslar tormozlanadi. EKG o‘zgaradi. Oliy nerv faoliyati buzilishi va isitmani darajasi o‘rtasida parallel bog‘lanish yo‘q. Mas: isitmada ham javrash, galyusinatsiya, xushdan ketish kuzatilsa, ba’zida esa aksincha.
YU.Q.T.S. tana harorati 1oS oshsa, yurak urushi 8-10 taga ortadi. Lekin, qorin tifida endotoksin yurak urushiga aksincha ta’sir etadi. Isitma davrida yurakning minutli hajmi taxikardiya hisobiga ortadi.
YUrak faoliyatini tezlashuvi, vegetativ nerv tizimini simpatik bo‘limining tonusi ortishi bilan tushuntirilsa, yurak urushini tezlashuvi qizigan qonni sinus tuguniga ta’siri bilan tushuntiriladi. Bunda qon bosim aytarli o‘zgarmaydi. Nafas tezlashadi, terlamaydigan hayvonlarda xansirash, issiqlik chiqarishni eng muxim mexanizmidir.
OIT appetit yo‘qoladi, so‘lak ajralishi pasayadi, og‘iz quruqlashadi. Appetit yo‘qolishini aniq mexanizmi yo‘q, ishtaha markazi faoliyati bo‘g‘iladi deb tushuntiriladi. Oshqozon va oshqozon osti bezi sakretsiyasi pasayadi, HCl ozayadi. Ichaklarni motor–evakuator faoliyati buziladi, qabziyat, meteorizm kuzatiladi. Insonlar ozib ketadi.
Oqsil almashinuvi – manfiy oqsil (azot) balansi, siydik orqali azot chiqariladi, hamma infeksion kasalliklarga xos emas. Uglevod va yog‘ almashinuvi aytarli o‘zgarmaydi.
Isitmani boshlanishida organizmda suv ushlanadi, keyin diurez ortadi, keyin pasayadi. Turli organlar, mushak va yallig‘lanish o‘chog‘ida suyuqlik ekssudat tarzida ushlanadi.
Tana haroratini ortishi kokklar, spiroxet va viruslari ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Polimielit virusini reproduksiyasi 40oS da darhol to‘xtaydi. Ko‘pgina mikroorganizmlar 40oS da ko‘payishi tezlashadi, biroq dori preparatlarga chidamliligi pasayadi, m: tuberkulez tayoqchasiga streptomitsinni ta’siri tana harorati 42oS da, 37oS dagiga nisbatan 100 barobar yuqori. Fagotsitoz kuchayadi, antitela ishlab chiqarishi ortadi, interferon sintezi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |