Endokrin tizimi pirogenlar ta’sirida, aktivlashadi, gipofiz va buyrak usti bezining po‘stloq qismi ham mustasno emas.
Endokrin tizim faoliyatini buzilishi, moddalar almashinuvini buzilishiga, MNT reaktivligiga, vegetativ tizimni o‘zgarishiga va termoregulyasiya markazi faoliyati o‘zgartirishiga olib keladi. Mas: qalqonsimon bez giperfunksiyasida doim subfebril harorat kuzatiladi. Tiroksin oksidlanish jarayonini kuchaytiradi va issiqlik hosil bo‘lishini oshiradi. Bu bezni gipofunksiyasida, aksincha harorat pasayadi, agar hayvon boshqa kasalliklar bilan og‘risa, isitma kuchsiz bo‘ladi. Hayvonni gipofizi olib tashlansa, isitma kuchsiz namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |