Etiologiya
Isitma reaksiyasi evolyusion jarayonda organizmni katta molekulyar ta’sirlovchilarga, moslashish reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Isitma yuzaga chiqishida infeksion va noinfeksion agentlar muhim rolь o‘ynaydi. Evolyusion taraqqiyotda isitma reaksiyasi, organizmga mikroorganizm va ularning toksinlari kirishiga javoban ro‘y beradi. SHu bilan birga, infeksiyaga aloqasi yo‘q agentlar m: qon quyishda, davolash maqsadida oqsil yoki lipidlarni organizmga yuborilganda ham isitmani kuzatish mumkin.
Pirogen moddalarni shunday xususiyati borki, ular organizmga tashqaridan tushsa yoki o‘sha erda hosil bo‘lsa isitma chaqiradi.
Pirogen moddalarni organizmga qaerdan tushganligiga ko‘ra: endogen va ekzogen turlari tafovutlanadi. Ekzogen pirogen moddalar organizmga tashqaridan tushadi, 40-90 daqiqa ichida isitma chaqiradi. Endogen pirogenlar organizmning o‘zida hosil bo‘ladi: 1. YAllig‘lanish o‘chog‘idagi birlamchi va ikkilamchi alьteratsiya mahsulotlari 2. Nekroz o‘chog‘idan tushgan mahsulotlar (miokard infarkti) 3. Steroid gormonlarni metobolitlari 4. Antigen-antitelo kompleksi 5. Neytrofil va makrofag mahsulotlari. Pirogenlarni tabiatiga ko‘ra: tabiiy va sun’iylari tafovutlanadi.
Birlamchi pirogen moddalar organizmga tushib, isitma chaqirmaydi, balki organizmni xususiy hujayralariga ta’sir etib, maxsus oqsil tabiatli (ikkilamchi) moddalar sintezini induksiyalaydi. Natijada ushbu moddalar termoregulyasiya markaziga ta’sir etib, isitma chaqiradi, shuning uchun, birlamchi pirogen moddalar “lixoradkani etiologik omili” bo‘lsa, ikkilamchi pirogen moddalar esa “lixoradkani patogenetik omili” bo‘lib hisoblanadi.
Birlamchi pirogenlar organizmga mikroblar bilan kiradi, o‘zini bakterial toksinlardek tutadi. Lekin bulardan, gramm (-) enzotoksinlar yaxshi o‘rganilgan. Ular lipopolisaxaridlar, ya’ni murakkab biopolimerlardir. Ushbu murakkab moddalar, uch qismdan: ikkita polisaxarid va bitta lipiddan iborat. Organizmda intoksikatsiya va isitmani lipid qismi chaqiradi. Endotoksinni 0,0001 mkg/kg quyonlarda isitma chaqiradi. Inson, hayvonlardan itlarda, pirogen moddalarga sezuvchanlik bir xil bo‘ladi.
Zamonaviy tibbiyotda endotoksinlarga qiziqish ortmoqda. Ko‘plab kasalliklarda, o‘sma, miya zahmi va boshqa kasalliklarda endotoksin ta’siri tufayli kasallikni kechishi ancha engillashgan. SHundan, bakterial pirogenlar klinikada qo‘llanilib kelingan, lekin bunday bakterial pirogenlar isitmadan tashqari, gemorragik shok ko‘rinishidagi intoksikatsiya, tromboz, SHvarsman fenomeni tipidagi terini zararlanishi va boshqa zararli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
SHuning uchun, toza pirogen moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, lekin, bu ish hozirgacha to‘la amalga oshmagan. Pirogen dorilarni boshlang‘ich manbasi gramm (-) bakteriyalardir. Pirogenal, pirogen, piromen, pireksallar shular jumlasidandir.
Birlamchi pirogenlar, mikroorganizmlar bog‘liq bo‘lmagan holda organizm o‘zida ham hosil bo‘lishi mumkin. M: suyak singanda, qon quyilganda, yurak infarktida. Ushbu holatlarda hosil bo‘lgan moddalar haqiqiy pirogen moddalarga o‘xshab, organizmga ta’sir etadi, ba’zida ularni yolg‘on pirogen moddalar deb ham ataydilar.
Ekzotoksin sintez qiluvchi mikroorganizmlar ham isitma chaqiradi (difteriya, stolbyank) lekin ularni mexanizmi yaxshi o‘rganilmagan.
Xozirgi kunda juda kuplab moddalar, o‘zining spetsifik funksiyalari bilan bir qatorda, pirogenlik xususiyatini xam namoyon qiladi. Interleykinlar 1,6, o‘sma nekroz omili, interferon, limfokinlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |