ETIOLOGIK OMILLAR
Birlamchi pirogenlar organizmni xususiy to‘qimalarida hosil bo‘ladi
|
Leykotsitardan (ikkilamchi)
pirogenlarni sintezi (LP, IL-1)
|
LP qonga tushishi. PGE va boshqa
mediatorlarni hosil bo‘lishi
|
-
Gipotalamusni sovuq va issiqni sezuvchi oldingi neyronlarida sezuvchanligini o‘zgarishi
|
-
Termoregulyasiya markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqishi issiq ajratishni kamayishi, aksincha issiqlik hosil bo‘lishini ortishi kuzatiladi
|
-
Tana haroratini yangi o‘rnatilgan nuqtaga ko‘tarilishi, ayni, shu nuqtada temperatur gomeostazi ushlanadi
|
-
Elektrofiziologik izlanish natijalari isitma mexanizmini quyidagicha tushinishimizga yordam beradi. Gipotalamusning termoregulyasiya markazida issiq, sovuq hamda harorat o‘zgarishini sezmaydigan, “kar” neyronlar mavjud. “Kar” neyronlarni roli shundaki, ular standart harakterdagi signallarni generatsiyalaydi, bu signallarga esa haroratni sezuvchi neyronlar tenglashishi lozim. Agar pirogen moddalar ta’sirida haroratni sezuvchi neyronlar funksiyasi o‘zgarsa, tenglashish signali ham o‘zgaradi, harorat gomeostazi uchun “o‘rnatilgan nuqta” yuqori darajada ko‘tariladi. Bundan tashqari, organizm harorat gomeostazi uchun “o‘rnatilgan nuqta” yuqori darajada ko‘tarilishini boshqacha tarzda ham tushintiriladi, ya’ni pirogenlar ta’sirida sovuqni sezuvchi neyronlar aktivligi ortadi, aksincha issiqni sezuvchi neyronlar aktivligi pasayadi, natijasida termoregulyasiya markazini sezish bo‘sag‘asi sovuq tomonga suriladi, buning natijasida u normal haroratni ham sovuq deb qabul qiladi. Issiqlik ajratish va hosil qilish o‘rtasida mutanosiblik kelib chiqadi.
Isitma reaksiyasini yuzaga chiqishida, boshqa biologik aktiv moddalarni, ayniqsa gormonlarni ham roli bor. Ular mustaqil tarzda isitma chiqarmasada, termoregulyasiya markaziga ta’sir etib, uning ishini tezlashtiradi, ya’ni pirogen moddalarga nisbatan sezuvchanlikni yo oshiradi yoki pasaytiradi.
Isitmani kelib chiqishida, termoregulyasiyaga javobgar po‘stloq va po‘stloq osti tuzilmalarni funksional holati katta ahamiyatga ega.
Klassik tajribada kuzatilganidek, ko‘kimtir tanaga issiq ukol qilinsa, tana harorati ortadi. Itga 10 marotaba indeferent signal bilan bakterial kulьtura yuborilsa, so‘ngra kulьturasiz ham shartli signal tana haroratini oshirganligi ma’lum.
Gipnoz, insonni ruxiy kasalligi qo‘ziganda, inson isterikaga tushib qolganda, psixogen isitma kuzatiladi. Oratorlarda, artistlarda, imtihon topshirayotgan talabada emotsional isitma kuzatiladi.
Farmokologik moddalar po‘stloqdagi qo‘zg‘aluvchanlik va tormozlovchi jarayonlarni mutanosibligini buzadi. Mas: hayvonga kofein yuborilganda termoregulyasiya markazini pirogen moddalarga sezuvchanligini oshiradi, brom natriy yuborilganda esa aksincha holat kuzatiladi.
Agar, hayvonning po‘stlog‘i, talamus va targ‘il tanasini olib tashlansa, isitma kuzatiladi, lekin tana harorati o‘ta yuqori bo‘ladi. Bu xolat po‘stloqni tormozlovchi ta’sirini yo‘qolishi bilan tushuntiriladi.
Gipotalamus – asosiy termoregulyasiya markazi bo‘lib hisoblanadi. Barcha uchta gurux yadrolari isitma reaksiyasida ishtirok etadi.
Gipotalamusni orqa va o‘rta qismi, simpatik nerv tizimi orqali organizmda issiqlikni ushlab qolishda ishtirok etadi. Bu holat periferik qon tomirlarni toraytirish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarni kuchaytirish va mushaklar tonusini ortishi hisobiga yuzaga chiqadi.
Oldingi qism yadrolari esa issiqlikni organizmda ajralishini kuchaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari orqali, qon tomirlarni kengaytirish, terlashni kuchaytirish, nafas olishni tezlashishi hisobiga ro‘yobga chiqadi.
Oldingi va o‘rta yadrolar ta’sirlanganda hayvon tanasi 2-3oS ga ortishi kuzatiladi. Ushbu yadrolar zararlansa “isitma” chiqishi ham buziladi.
Oldingi yadrolar jarohatlanganda, tana harorati pasayadi. Agar gipotalamus butunlay jaroxatlansa gomoyoterm hayvon, poykiloterm hayvonga aylanib qoladi.
Orqa miyadan termoregulyasiya markaziga impulьslar boradi, shuning uchun ko‘krak sohasida nervlar qirqilsa, ximik termoregulyasiya buzilmaydi, lekin fizik termoregulyasiya buziladi. Isitma reaksiyasi saqlanadi, lekin tashqi muxit harorati ko‘tarilsa tezda qizib ketadi.
Orqa miyani bo‘yin sohasidan qirqilsa, ham ximik, ham fizik termoregulyasiya buziladi. Hayvon poykiloterm bo‘lib qolishi mumkin. Isitma reaksiyalari bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |