mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

3. Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi 
Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  lizing  xizmati  korxonalarning  ishlab 
chiqarish  quvvatini  modernizatsiya  qilish,  xususiy  tadbirkorlikni  kengaytirish  va 
buning  natijasida  raqobatbardosh  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishga  investitsiya 
kiritishning  samarali  mexanizmi  sifatida  tobora  rivojlanib  bormoqda.  O‘zbekiston 
Respublikasining  “Lizing  to‘g‘risida”gi  qonuniga  asosan  iste’mol  qilinmaydigan, 
tadbirkorlik  faoliyati  uchun  foydalaniladigan  har  qanday  ashyolar  lizing  ob’ekti 
bo‘lishi  mumkin,  yer  uchastkalari  va  boshqa  tabiat  ob’ektlari  bundan  mustasno. 
Kelajakda  lizing  oluvchiga  lizing  bo‘yicha  topshirish  maqsadida  mol-mulkni  o‘ziga 
mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.  
Egalik  qilish  va  foydalanish  uchun  lizing  ob’ektini  oladigan  shaxs  lizing 
oluvchi  deb  hisoblanadi.  Lizing  beruvchi  lizing  ob’ektini  kimdan  olayotgan  bo‘lsa, 
shu  shaxs  sotuvchi  deb  e’tirof  etiladi.  Lizing  beruvchi  mol-mulkni  bo‘lajak 
foydalanuvchidan  sotib  olgan  taqdirda  yoxud  lizing  beruvchi  kelajakda  mol-mulkni 


sotuvchiga  lizing  bo‘yicha  topshirish  uchun  undan  shu  mol-mulkni  sotib  olish 
maqsadida  uni  mablag‘  bilan  ta’minlagan  taqdirda  bir  shaxsning  o‘zi  ham  lizing 
oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.  
Lizing  xizmatlari  yuridik  shaxs  huquqiga  ega  bo‘lgan  xo‘jalik  yurituvchi 
sub’ektlarga  lizingga  beruvchilar  tomonidan  lizing  mol-mulkini  sotib  olish  uchun 
moliyalashtirilgan  mablag‘larning  to‘lanishi  muddatliligi  ta’minlanganligi  va 
qaytarilishi shartlarida taqdim etiladi. 
Lizingda  taraflar  roziligiga  ko‘ra  qonunlarda  belgilangan  me’yorlarda  lizing 
ob’ektini  jadal  amortizatsiya  qilinishini  qo‘llashga  ruhsat  etiladi.  Lizing 
shartnomasiga  bog‘liq  ravishda  sarflangan  mablag‘lar  qaytarilishining  kafolati 
sifatida  lizingga  oluvchidan  garov  ta’minoti,  bank  kafolati  yoki  uchinchi  shaxs 
kafilligi  ko‘rinishidagi  ta’minlash  berilishini  hamda  kafilning  moliyaviy  ahvoli 
to‘g‘risidagi moliyaviy hujjatlarni ham taqdim etilishi talab etiladi. 
Lizingga  oluvchi  lizing  buyicha  olingan  (olinayotgan)  mol-mulkni  yong‘in, 
bo‘ron,  dovul,  jala,  portlash,  ko‘chki,  tuprokni  cho‘kishi,  yemirilishi,  sel,  yashin 
urishi, zilzila, yo‘l-transport xodisalari, o‘g‘rilik, olib kochish, bosqinchilik, uchinchi 
shaxs  tomonidan  ataylab  kilingan  xatti-harakat  natijasida  shikastlanish  va  yo‘qotish 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tarzdagi  har  kanday  yetkazilishi  mumkin  bo‘lgan  zarardan 
lizingga  beruvchi  foydasiga  sug‘urtalashni  amalga  oshiradi  va  sug‘urta  polisini 
lizingga  beruvchiga  takdim  etadi.  Lizingni  amalga  oshirish  quyidagi  bosqichlarga 
bo‘linadi: 
-  mol-mulkni  lizingga  olish  bo‘yicha  lizingga  oluvchi  tomonidan  lizingga 
beruvchiga  lizing  obektining  rusumi,  soni  va  sotuvchi  (ishlab  chiqaruvchi)sini 
qursatgan xolda buyurtma xat bilan murojaat qilinishi; 
-  lizingga  oluvchi  tomonidan  taqdim  etilgan  hujjatlar  asosida  uning  tulov 
qobiliyatini  o‘rganilishi  va  lizingning  butun  muddati  uchun  lizing  tulovlarining 
qoplanishi  prognozini  ko‘rsatuvchi  biznes-reja,  loyihasini  ekspertizadan  o‘tkazilishi 
hamda natijasi buyicha Ekspert xulosasining chiqarilishi; 
-  chiqarilgan  Ekspert  hulosasining  ko‘rib  chiqilishi  va  mol-mulkni  lizingga 
berish, berishni rad etish masalasida yakuniy qaror qabul qilinishi; 


-  Ekspert kengashi yig‘lishida mol-mulkni lizingga berishni rad etish to‘g‘risida 
qaror  qabul  qilingan  taqdirda,  bu  xaqda  Buyurtma  bergan  xo‘jalikka  sababi 
qo‘rsatilgan holda xabarnoma yuborilishi; 
-  Eqspert  kengashi  yig‘ilishida  ijobiy  qaror  qabul  qilingan  taqdirda,  lizingga 
oluvchi va lizingga beruvchi o‘rtasida lizing shartnomasini tuzilishi; 
-  lizing  ob’ekti  uchun  lizingga  beruvchi  va  sotuvchi  o‘rtasida  oldi-sotdi 
shartnomasini tuzilishi; 
-  lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ektini sug‘urtalashni amalga oshirilishi va 
sug‘urta polisini lizingga beruvchiga taqdim etilishi
-  lizingga oluvchi tomonidan lizingga beruvchiga ta’minot (garov, bank qafolati 
yoki uchinchi shaxs qafilligi shartnomasi) taqdim etilishi
-  lizing  shartnomasida  belgilangan  miqdordagi  avans  to‘lovlarini  lizingga 
oluvchi tomonidan to‘lab berilishi; 
-  lizingga  beruvchi  tomonidan  qarz  (yoki  qredit)  mablag‘larini  shartnoma 
asosida lizing loyihasiga jalb etilishi; 
-  oldi-sotdi  va  lizing  shartnomalarida  nazarda  tutilgan  muddatlarda,  lizing 
ob’ektini  o‘rnatilgan  tartibda  sotuvchidan  lizingga  beruvchiga  va  lizingga 
beruvchidan lizingga oluvchiga rasmiylashtirib berilishi
-  lizing  shartnomasida  nazarda  tutilgan  tartibda  lizingga  oluvchi  tomonidan 
lizing  ob’ektini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tqazilishi  hamda  yagona  nomer  belgisi,  texnik 
pasport va texnik talonni olinishi; 
-  lizingga beruvchi va sotuvchi ortasida oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha yaruniy 
hisob-kitoblarni amalga oshirilishi
-  lizingga  oluvchi  tomonidan  lizing  shartnomasida  belgilangan  muddatlarda  va 
miqdorlarda lizing to‘lovlarini to‘lanishi; 
-  lizing  shartnomasida  nazarda  tutilgan  tartibda  lizingga  beruvchi  tomonidan 
lizingga  oluvchining  lizing  ob’ektidan  qanday  sharoitlarda  va  maqsadli 
foydalanilayotganligini texnik monitoringdan o‘tkazilishi; 
-  lizingga  oluvchi  tomonidan  barcha  lizing  to‘lovlari  (va  lizingga  beruvchining 
lizing  shartnomasi  bo‘yicha  qilgan  harajatlari)ni  to‘liq  to‘lab  lizing  ob’ektini  sotib 


olinishi  va  lizing  ob’ektiga  bo‘lgan  mulq  xuquqining  tomonlar  o‘rtasida 
rasmiypashtirilgan  “Dalolatnoma”  asosida  lizingga  beruvchidan  lizingga  oluvchiga 
o‘tishi. 
Taraflar  o‘rtasida  lizing  shartnomasi  tuzilgandan  so‘ng,  lizingga  oluvchi 
tomonidan  sug‘urta  tashkiloti  bilan  lizingga  olinayotgan  ob’ektni  sug‘urtalash 
bo‘yicha  sug‘urta  shartnomasi  tuzilib,  ichida  lizingni  butun  muddati  uchun  lizing 
shartnomasida  belgilangan  muddatda  (masalan,  10  kunlik)  sug‘urta  polisi  olib 
lizingga  beruvchiga  takdim  etiladi.  Lizingga  beruvchi  tomonidan  sotuvchidan  lizing 
ob’ekti  mulk  kilib  sotib  olinadi  va  lizing  shartnomasida  belgilangan  shartlarda  haq 
evaziga  egalik  qilish  va  foydalanish  uchun  lizingga  oluvchiga  o‘rnatilgan  tartibda 
rasmiylashtirilib berilganidan keyin lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi. 
Lizingga beruvchi tomonidan har bir lizingga oluvchi nomiga alohida hujjatlar 
yig‘ma jildi tuziladi va unda lizingga oluvchining quyidagi hujjatlari jamlanadi: 
-  Lizingga oluvchining Buyurtma xati; 
-  Yuridik shaxsning davlat statistika organlaridan  ruyxatdan  o‘tganligi haqidagi 
guvohnomasi nusxasi; 
-  Oxirigi  hisobot  sanasiga  hududiy  soliq  inspeksiyasi  tomonidan  tasdiqlangan 
buxgalteriya balansi (balansdagi 2-shakl, byudjetga to‘lovlar, debitorlik va kreditorlik 
qarzlari haqidagi ma’lumotnoma bilan birga); 
-  Lizingning  butun  muddati  uchun  lizing  to‘lovlarining  koplanishi  prognozini 
ko‘rsatuvchi Biznes-reja; 
-  Lizingga oluvchining ''Biznes rejasi"da bankdan olingan maksadli kreditlardan 
lizing to‘lovlarini to‘lash uchun yo‘naltirilishi mumkinligni nazarda tutilgan bo‘limi 
(beti)dan ko‘chirma (lizingga oluvchining imzosi va muxri bilan tasdiklangan xolda). 
Lizingga  beruvchi  lizingga  oluvchining  lizing  ob’ektidan  kanday  sharoitlarda 
foydalanayotganligini  va  uni  belgilangan  maqsadga  muvofiq  ishlatayotganligini 
lizing  shartnomasi  shartlariga  hamda  qonun  hujjatlari  talablariga  muvofiq  nazorat 
qilishga  haqlidir.  Nazorat  sifatida  lizing  ob’ekti,  lizingga  beruvchining  vakolatli 
vakili yoki lizingga beruvchi tomonidan berilgan vakolatli shaxslar tomonidan texnik 
monitoringdan o‘tkaziladi. Texnik monitoring davomida quyidagilar aniqlanadi: 


-  lizing  ob’ektining  texnik  holati  (butligi,  sozligi)  va  lizingga  oluvchi 
tomonidan 
lizingga 
beruvchining 
ruxsatisiz 
uchinchi 
shaxslarga 
berib 
yuborilmaganligi; 
-  lizingga  oluvchining  lizing  ob’ektidan  uning  o‘z  belgilangan  vazifasiga  va 
ishlab  chiqaruvchi  zavod  tomonidan  belgilab  qo‘yilgan  texnik  talablar  me’yorlari 
doirasida foydalanilayotganligi; 
- belgilangan muddatlarda lizing ob’ektiga texnik servis xizmatlari yoki kapital 
ta’mirlash amalga oshirilayotganligi
-  lizing  ob’ektining  konstruksiyasiga  vakolatli  organ  yoki  lizingga 
beruvchining ruxsatisiz texnik o‘zgartirishlar kiritilmaganligi; 

lizing  ob’ektidan  jadal  yemirilishga  olib  keladigan  darajada 
foydalanilmayotganligi; 

lizing 
ob’ektidan 
moto-hisoblagichni 
ataylab 
buzgan 
holda 
foydalanilmayotganligi; 
- lizing ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va yagona nomer belgisini 
olinganligi,  agar  ushbu  rusumdagi  texnikalar  uchun  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  yagona 
nomer belgisini olish amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lsa; 
-  lizing  ob’ektiga  texnik  servis  xizmatlarini  ko‘rsatilishi  bo‘yicha  respublika 
qishloq  xo‘jaligi  mashinasozligi  zavodlarining  hududiy  (yoki  boshqa  ta’mirlash) 
korxonalari  bilan  tegishlicha  shartnomalarning  tuzilganligi,  agar  ularni  tuzish 
shartligi lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa; 
-  lizing  ob’ektini  o‘rnatilgan  talablar  darajasida  saqlanayotganligi,  agar  u 
saqlovga qo‘yilgan bo‘lsa; 
-  lizingga  oluvchi  tomonidan  lizing  ob’ektini  tegishlicha  boshqarish  huquqini 
beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxsga boshqaruvga berilganligi
-  lizingga  oluvchi  tomonidan  lizing  ob’ekti  uchun  lizing  shartnomasida 
belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing to‘lovlarining to‘lanayotganligi. 
Lizing  shartnomasida  taraflarning  kelishuviga  muvofik  texnik  monitoring 
predmetining boshka yunalishlari ham nazarda tutilishi mumkin. 


Lizing  to‘lovlarining  summasi  lizingga  beruvchining  lizing  ob’ektini  sotib 
olish  uchun  qilgan  harajatlarining  hammasi,  lizingga  beruvchining  daromadi, 
shuningdek,  agar  lizing  shartnomasida  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  lizing  ob’ektini 
yetkazib berish, belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish, 
ro‘yxatdan  o‘tkazish,  texnik  servis  ko‘rsatish,  ta’mirlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
lizingga beruvchining boshqa harajatlaridan iborat bo‘ladi. 
Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va 
bo‘lib-bo‘lib  to‘lanadi.  Lizing  to‘lovlarining  miqdorlari  va  davriyligi  lizing 
shartnomasi  bilan  belgilanadi.  Lizing  to‘lovlari  lizingga  oluvchi  tomonidan  lizing 
shartnomasida  ko‘rsatilgan  to‘lov  jadvali  asosida  to‘lanadi.  To‘lov  jadvali  lizing 
shartnomasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Lizing to‘lovlari lizingga 
oluvchining  o‘z  xohishiga  qarab,  to‘liq  yoki  qisman  shartnomada  belgilangan 
muddatlardan  oldin ham to‘lanishi  mumkin. Lizing to‘lovi pul o‘tkazish  yo‘li  bilan 
amalga  oshirilganda  lizingga  oluvchi  lizing  to‘lovini  amortizatsiya  ajratmalari, 
foizlar,  komission  va  qo‘shimcha  to‘lovlarga  alohida  ajratib  ko‘rsatish  orqali 
aniqlashtirib beradi. 
Lizingga  oluvchi  tomonidan  lizing  shartnomasining  amal  qilish  muddati 
tugagunga  qadar  barcha  lizing  to‘lovlari  lizingga  beruvchining  lizing  shartnomasi 
muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda 
to‘langan  taqdirda,  agar  lizing  shartnomasida  boshqacha  qoida  nazarda  tutilgan 
bo‘lmasa, lizing ob’ektiga  bo‘lgan mulk huquqi lizingga oluvchiga o‘tadi.  Shunday 
qilib,  lizing  O‘zbekistonda  iqtisodiy  rivojlanishning  muhim  moliyaviy  vositasi 
hisoblanar  ekan,  uning  ko‘magida  korxonalarning,  ayniqsa  kichik biznes va  xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiya imkoniyatlari ancha kengayadi va yangi sifat 
pog‘onasiga  ko‘tariladi.  Amaldagi  lizing  sohasiga  oid  qonunchilikda,  buxgalteriya 
hisobotlari,  bojxona  tadbirlari  va  me’yoriy  hujjatlarda  ba’zi  noaniqlik  va  ziddiyatlar 
mavjudligiga  qaramay,  lizing  munosabatlarining  rivojlanish  dinamikasida  ijobiy 
tendensiyalar kuzatilmoqda.  
 



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish