9 – MAVZU: INVESTITSIYA FAOLIYATIDA KAPITAL QURILISH
9.1 – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar.
Reja:
1.
Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. “Qurilish industriya”si
tushunchasi
2.
Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi
1. Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. “Qurilish industriya”si tushunchasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy adabiyotlarda bir-biri bilan o‘zaro
chambarchas bog‘liq kapital qurilish va kapital qo‘yilma tushunchalari yuzaga keladi.
Kapital qurilish – asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning
shakllaridan biri. Kapital qo‘yilmalar esa kapital qurilishni amalga oshirishning
moliyaviy manbasi hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida yangi
qayta qurilgan, hamda kengaytirilgan joriy asosiy jamg‘armalar tashkil qilishga
mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘lar. Mablag‘lar muntazam tayyorlov bosqichidan
qurilish ishlab chiqarish bosqichiga aylanadi, shundan so‘ng mahsulotni sotish
bosqichiga o‘tiladi, bunda ular jamg‘arma bo‘lib o‘zgaradi. Ma’lumki, yangi
korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini
texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy,
moddiy va mehnat harajatlari yig‘indisi kapital qo‘yilmalarni anglatib, o‘z navbatida,
kapital qo‘yilmalar iqtisodiy jihatdan kapital investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli
bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish
sohasida kiritiladigan investitsiyalarni, qo‘yilmalarni harajatlar majmuasini anglatadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda kapital qo‘yilmalarning mohiyatiga quyidagicha
ta’riflar berilgan: “kapital qo‘yilmalar – bu asosiy kapitalga yo‘naltirilgan real
investitsiyalarni (qo‘yilmalarni), shu jumladan, yangi qurilish, faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalarni texnik qayta qurollantirish, ta’mirlash, kengaytirish, mashina va
uskunalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek, uy-joy hamda madaniy-
maishiy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan harajatlardir”
1
.
Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida bunday investitsiyalar
1
Neshitoy A.S. Investitsii: Uchebnik. – 4-ye izd. – M.: «Dashkov i K
0
», 2006. – S. 13.
kapital hosil qiluvchi investitsiyalar, deb ham nomlanadi. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra,
kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan
qo‘yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital qo‘yilmalar aholining ijtimoiy
ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan
hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan jami
harajatlarni aks ettiradi.
Kapital qo‘yilmalar quyidagi harajatlarga yo‘naltiriladi:
•
qurilish-montaj ishlari;
•
turli jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish;
•
boshqa har qanday harajatlar – loyiha qidiruv ishlari, qurilish maydonini
tayyorlash kabilar.
Yuqorida qayd qilingan uch elementning o‘zaro nisbati kapital qo‘yilmalarning
tuzilishini tashkil qiladi. Shuningdek, kapital qo‘yilmalar o‘z tarkibiga ham egadir,
ya’ni tarmoq, texnologik va takror ishlab chiqarish shular jumlasidandir. Birinchisi –
bu iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni miqdoriy nisbatini aks
ettiradi. Kapital qo‘yilmalar iqtisodiyot tarmoqlarida buyurtmachilarga ularning
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji, rivojlanish va haqiqiy ishlab chiqarish kuchlariga
qarab taqsimlanadi. Bu esa soha tuzilishini tashkil qiladi.
Kapital qo‘yilmalarning texnologik tarkibi – bu mashina va asbob-uskunalarni
sotib olishga va qurilish montaj ishlarini amalga oshiriga ketadigan harajatlar
orasidagi nisbatni aks ettiradi. Amalda asosiy fondlarni aktiv qismini (mashina va
asbob-uskunalarni) takror ishlab chiqarishni kapital qo‘yilmalardagi ulushini oshirish
yo‘li bilan ularni texnologik tarkibini takomillashtirish sarflar samaradorligini
oshirishni muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Kapital qo‘yilmalarning texnologik tarkibi
qurilish
montaj
ishlarining,
jihozlarning,
asbob-uskunaning,
shuningdek,
jamg‘armaning mulkiy hajmi hisobidagi turlicha harajatlarning ratsional hajmini
aniqlashga xizmat qiladi. Kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilishini qurilish-
montaj ishlariga sarflayotgan harajatlar miqdorini kamaytirish yo‘li bilan amaldagi
asosiy jamg‘armalardan ham to‘liq foydalanish imkonini beradi. Faoliyat
yuritayotgan korxonalarning quvvatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni texnik qayta
qurollantirish, kengaytirish qayta qurish va yangi korxonalarni qurish kapital
qo‘yilmalarni takror ishlab chiqarish aks ettiradi.
Kapital qo‘yilmalarni takror ishlab chiqarish tarkibi ularni bir tomondan yangi
qurilishlarga, ikkinchi tomondan mavjud korxonalarni qayta qurish va texnik qayta
qurollantirishni va kengaytirishga saflanadigan mablag‘lar miqdori o‘rtasidagi
nisbatni aks ettiradi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligiga ularni texnologik tarkibi, ya’ni
qo‘yilmalarni umumiy yig‘indisida sarflarni alohida turlari – uskunalar, asboblar va
ishlab chiqarishda ishlatiladigan buyumlar; qurilish ishlari; loyiha va boshqa ishlarga
saflarni nisbati katta ta’sir ko‘rsatadi. Kapital qo‘yilmalarning tarkibida
uskunalarning ulushini, hamda ishlab chiqarish ishtirokchilarini – asosiy fondlarni
faol qismini qurilish ishlariga nisbatan ko‘payishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni
birligiga kapital qo‘yilmalarni pasayishiga olib keladi va ularni iqtisodiy
samaradorligini oshiradi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibini yangilashga: sanoatning texnik darajasini
oshishi, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning o‘sishi,
uskunalarni takomillashtirishga, ishlayotgan korxonalarni kengaytirish va qayta
qurishga, ularning kooperatsiyalashuvi va guruhlarga birlashtirish va hokazolarga
sharoit yaratadi. Aytish joizki, kapital qo‘yilmalarni tarkibini yaxshilashda
rejalashtirishni yaxshilashga va qurilish ishlarining qiymatini pasaytirishga qaratilgan
tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Yangi texnikani joriy qilish asosida
ishlayotgan korxonalarni qayta qurish qisqa muddatlarda ishlab chiqarish quvvatlarini
oshirishga va yangi korxonalarni qurishga qaraganda kamroq kapital saraflashga
imkon yaratadi.
Hozirgi vaqtda ishlab turgan korxonalarga kapital qo‘yilmalarni sarflanishi
texnik taraqqiyotning jadallashib borishi va ishlab turgan texnikaning eskirib
borishiga bog‘liqdir. Agarda mamlakatni yangi tabiiy boyliklar konlarini ochilishi
bilan bog‘liq bo‘lgan mintaqalarda kapital qo‘yilmalarni yangi korxonalarni qurishga
va yangi quvvatlarni barpo qilishga sarflanishi to‘g‘ri bo‘lsa, boshqa mintaqalarda,
ayniqsa qayta ishlash sanoatidagi, ishlayotgan korxonalarni qayta qurish, texnik qayta
qurollantirish to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi sharoitda ilgari qurilgan ko‘pgina korxonalarda
eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash zarurati yuzaga kelgan. Bu ishlab
chiqarishning intensivlashga va texnikani hozirgi zamon talablariga javob berishiga
va mehnat unumdorligini oshishga olib keladi. Qator mintaqalarda qayta qurish ushbu
mintaqa iqtisodiyotini ko‘p qirrali rivojlantirish, korxonalarni zarur buyumlar bilan
ta’minlanishi uchun ham zarurdir. Ammo ishlayotgan korxonani qayta qurish har bir
holatda chuqur iqtisodiy asoslarni talab qiladi. Tajribani ko‘rsatishicha ayrim
korxonalarda dastlabki iqtisodiy hisob-kitoblarni qilinmaganligi natijasida qayta
qurish bo‘yicha samarasiz ishlarni amalga oshirildiki, oqibatida qayta qurishga
ketgan sarflardan ham oshib ketdi.
Hozirgi paytda kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish birinchi navbatda
korxonalarni texnik qayta qurollantirish, mexanizatsiya va avtomatizatsiya, uni
ixtisoslashtirish, texnologiyani yaxshilash va tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab
chiqarishni rivojlantirish fondi va bank kreditlari hisobiga korxonalarni texnik
qurollantirish ko‘payib boradi.
Kapital qo‘yilmalar dastavval boshlangan qurilishlarni tugatish va ishga
tushirish lozim bo‘lgan ob’ektlarga yo‘naltiriladi, shuning asosida ishlab chiqarish
quvvatlarini va asosiy fondlarni ishga tushirishga erishish mumkin bo‘ladi. Kapital
qurilish asosiy fondlarni barpo etishning barcha bosqichlarini (ob’ektni
loyihalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonni) qamrab
oladi. Uning asosiy hal qiluvchi bosqichi qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda
qurilayotgan ob’ektning ishga tushirilishini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu bosqich
moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘i bo‘lgan “qurilish industriyasi” bilan
amalga oshiriladi. Kapital qo‘yilmalarni samaradorligini oshirish vazifasini bajarish
uchun har bir sarflangan so‘m uchun mahsulot ishlab chiqarishni o‘sishini oshirishga
erishish va uning keng miqyosda tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- alohida tarmoqlarga va korxonalarga kapital qo‘yilmalarni yo‘nalishini
iqtisodiy asoslash;
- o‘zining texnik darajasi bo‘yicha fan va texnika yangi yutuqlariga javob
beradigan va mehnat unumdorligini o‘sishini, mahsulot tannarxini pasayishni va
ishlab chiqarishni foydaliligini o‘sishini ta’minlaydigan qurilishlarni va loyihalarni
sifatini oshirish;
- qurilishlarni va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni tezlashtirish,
loyiha–smeta hujjatlari va moddiy-texnik resurslar va ishlab chiqarishni tashkil
qilishni ta’minlash.
Kapital
qo‘yilmalarni korxonalarda belgilangan me’yorlar doirasida
rejalashtirish uning iqtisodiy rivojlanish rejasining ajralmas qismi bo‘lib,
korxonaning ishlab chiqarishini va uni ishlab chiqarish salohiyatini takomillashtirish
asosi bo‘lib xizmat qiladi. Rejalashtirish kapital qurilishni uzluksizligini ta’minlaydi
va ularni o‘z vaqtida amalga oshirishni imkon yaratadi. Aytish joizki, sarflanayotgan
kapital qo‘yilmalarining 65,1 foiz ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ob’ektlarga
va 34,9 foiz ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ob’ektlarga sarflanmoqda. Barcha
kapital qo‘yilmalarning asosiy qismi – 46,5 foiz qurilish-montaj ishlariga, 41,5 foiz
asbob-uskunalar va jihozlarga, mavjud inventarlarni ta’mirlashga va qolgan 12 foiz
boshqa turli xil jarayonlarga sarflanmoqda
2
. Ishlab chiqarish ob’ektlari bo‘yicha
davlat kapital mablag‘lari sarfining takror ishlab chiqarish tuzilishini olib qaraydigan
bo‘lsak, shu narsa ayon bo‘ldiki, bu maqsadga yo‘naltirilayotgan barcha kapital
qo‘yilmalarining yarmidan ko‘prog‘i ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta
qurollantirish va ularni rekonstruksiya qilishga ketmoqda.
Kapital qo‘yilmalarni to‘g‘ri rejalashtirish uchun va qurilish ishlab chiqarishini
to‘g‘ri tashkil qilish uchun mahalliy tashabbusni kengaytirish lozim. Rejalashtirsh
kapital qurilish muntazamligini ta’minlashi va qurilishlarni o‘z vaqtida tugatilishiga
sharoit yaratishi lozim. qurilish nisbatan ishlab chiqarish siklini qayta muddat talab
qilishligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham tayyorgarlik davri uzoq vaqtni o‘z
ichiga oladi. Kapital mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha rejalarni yo‘qligi qurilish va
rekonstruksiya qilish ishlarini qimmatlashtiradi. Kapital qo‘yilmalar joriy
rejalashtirishni va qurilish-montaj ishlarini asosi bo‘lgan istiqbol rejalarini ishlab
chiqish muhim bo‘lib hisoblanadi. Istiqbol rejalardan kelib chiqib ishlarni yillar
2
www.stat.uz
ma’lumotlari bo‘yicha
bo‘yicha, yangi talablar asosida taqsimlash uchun aniqlashtirilgan rejalar va dasturlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha reja topshiriqlari muayyan tarmoqlar, iqtisodiy
mintaqalar va korxonalar bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishlarida mo‘ljallangan
o‘sishni ta’minlovchi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirishni
ta’minlaydi. Shuning uchun ham sanoatdagi kapital qo‘yilmalar rejasi sanoat ishlab
chiqarishining ishlab chiqarish dasturi bilan bog‘liq ravishda tuziladi. Shu bilan birga
kapital qo‘yilmalar rejasi boshqa rejalar bilan muvofiqlashtirib tuziladi, bu esa o‘z
navbatida kapital qurilishlarni o‘z vaqtida moddiy va moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash imkoniyatini beradi.
Kapital qo‘yilmalarni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash yoki sanoatda kapital
qo‘yilmalarini tarmoqlararo tarkibi o‘sha davrning xo‘jalik-siyosiy vazifalari bilan
belgilanadi. Mohiyat jihatidan yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta
qurollantirish va amaldagi ob’ektlarni modernizatsiya qilish yo‘li bilan ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlarini barpo etish jarayoni kapital
qurilishni anglatadi. Uning yordamida jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy
fondlar yangilanadi.
“Kapital qurilish” tushunchasi adabiyotlarda va amaliyotda ikki xil tarzda
talqin qilinadi:
– moddiy ishlab chiqarishning tarmog‘i sifatida;
– ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida.
Tarmoq sifatida kapital qurilish quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha
harakterlanadi: aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish; texnologik
jarayonlarning umumiyligi; malakali mutaxassislarning mavjudligi. Ishlab chiqarish
faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarishi asosida
korxonalar bino va inshootlarini barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: qurilishni
amalga oshirish uchun uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini
tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o‘tkazgichlar va h.k.) barpo
etish va boshq. Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa
ob’ektlar ko‘p qirrali, konstruksiyasi murakkab bo‘lgan ob’ektlar hisoblanadi. Bu
qurilish ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan harakterlanadi.
Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi.
Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog‘ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab
chiqarish bloklari va konstruksiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab
chiqarishini
bino
va
inshootlarni
montaj
qilish
va
yig‘ish jarayonini
mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.
Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo‘yicha keng
ko‘lamdagi o‘zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy
elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yig‘ma qurilishni rivojlantirish; qurilish-
montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab
chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish. Kapital qurilish ko‘p aloqalarni
harakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning asosiy xususiyati: ob’ektlarni
qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi; moddiy, mehnat va pul
resurslari harajatlarining ko‘pligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligidir.
Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga doir
ob’ektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish,
mamlakatning
ishlab
chiqarish
salohiyatini
oshirishdan
iboratdir.
Aholi
farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining yanada
rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Kapital
qurilish o‘z vazifasini bajara turib, investitsiya jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi.
Investitsiya jarayonlarida kapital qurilishning o‘rni va ahamiyatini aniqlash uchun
kapital qo‘yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo‘ladi.
Kapital qurilish – asosiy vositalarni yaratish va ularni rekonstruksiya qilish,
shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan asosiy fondlarni texnik jihatdan qayta jihozlash
bo‘yicha faoliyat. Kapital qurilish harayoni loyihalash va tadqiqot, qurilish montaj
ishlari, qurilish montaj ishlari, qurilish materiallari va transport xizmatlarini o‘z
ichiga oladi
3
. Qurilish tarmog‘i qurilayotgan obektlarning harakteri va maqsadiga
qarab bir necha quyi tarmoqlarga bo‘linadi (9.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |